Savol va topshiriqlar:
1. Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiy haqida qanday ma'lumotlar bergan?
2. «Hibat ul-haqoyiq»ning ma'nosi nima? Adib asariga nima uchun shu nomni qo'ygan deb o'ylaysiz?
3. «Koshg'ariy tili» ifodasi nimani anglatadi?
4. Ahmad Yugnakiy asarini kimga bag'ishlagan?
5. Asar qayerda yozilgan?
6. Asarning tuzilishi haqida nimalar deya olasiz?
7. Shoirning bilim va bilimdonlik haqidagi fikrlarini sharhlab bering.
8. Adib Ahmad va Yusuf Xos Hojib o'rtasida qanday fikrdoshlik bor? Ularning o'ziga xosligi nimalarda ko'rinadi?
9. Har ikki adibning so'z bobidagi o'xshatishlarini qiyoslang. Ularning yaqin va farqli jihatlarini belgilang.
10. Adib Ahmadning tilga doir fikrlarini hadislar bilan qiyoslang. Ularning o'xshash va tafovutli tomonlari haqida gapirib bering.
11. Ahmad Yugnakiyning o'zbek adabiyoti hamda adabiy til tarixida tutgan o'rni haqida nimalar deya olasiz? Misollar bilan izohlang.
12. Asardagi o'xshatish-sifatlash, jonlantirish, talmehlarni belgilang.
13. Qadimgi turkiy adabiyotda alliteratsiya asosiy mavqe tutgan edi. Ahmad Yugnakiy ham bu san'atdan foydalanganmi? Misollar bilan isbotlashga urinib ko'ring.
14. Ahmad Yugnakiy ijodiga xalq og'zaki ijodining ta'siri boiganmi? Ular qaysi o'rinlarda ochiqroq ko'rinadi?
15. Asar vaznini aniqlang. 2-3 bayt taqteyini yozib chiqing. Bunda bo'g'inlar taqsimotiga e'tibor bering.
16. «Didaktika» nimadegani? Didaktik adabiyot-chi? Unga qaysi namunalarni kiritish mumkin?
-97-
17. Didaktik adabiyotning ildizlari qayerdan va qachondan boshlangan deb o'ylaysiz? Fikringizni misollar bilan tushuntirib bering.
18. O'gitnomalarning uslubi haqida nimalar deya olasiz? Muallif bayoni bilan qahramonlar nutqida qanday ayirmalar bor?
19. «Hibat ul-haqoyiq»ning bir necha to'rtliklariga sar- lavhalar topishga urinib ko'ring. Sarlavha topishda nimalarga tayandingiz?
-98-
12-Dars.Ahmad Yassaviy. Hikmatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |