Reja: Adabiyot-so’z san’ati


Download 1.36 Mb.
bet38/38
Sana04.08.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1665059
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org

Char-xi kaj-raf- tor e-lin-din yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i- lo-tun fo-i-lun


Chiq-ma-dim hij- ron qi-shin-din yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun


Bir me-ni yor- liq bi-la yod et-ma-ul
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun


Har ne-cha ul shah-ga qul-luq yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun

Lutfiy shaklan ixcham qit'alarida ham nihoyatda teran mazmunni qisqa va lo'nda ifodalash mahoratiga ega. Qit'a shaklan g'azalga o'xshasa-da, uning dastlabki ikki misrasi o'zaro qofiyadosh bo'lmaydi. Tuyuq va ruboiylarga xos bo'lgan a-a-b-a qofiyalanish tartibi ham bu janrda uchramaydi. Qit'ada faqat juft misralargina o'zaro qofiyadosh bo'la oladi.


To'ng'a sig'masmen farahdin gul kabi,
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang'a.
Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim,
Shukrlillahkim, kelur bir-bir manga.
Ushbu qit'a ikki bayt, to'rt misradan iborat. Lirik qahramon — oshiq o'z ma'shuqasiga intiladi. Uning bir qadam bosib kelishini orzu qiladi. Shunday hodisa bo'lsa, u bunday baxt-u iqbol, xursandchilik (farah)dan ichiga sig'may ketadi. Bu go'yo o'z to'niga sig'masdan ochilib ketgan gulga qiyoslanmoqda. Lirik qahramon bu o'xshatish bilan kifoyalanmoqchi emas. Unga bu hali kamlik qiladi. Shunga ko'ra u o'xshatishni yana bir pog'ona yuqoriga ko'taradi: Yorning kelishi go'yo ketgan davlatning qaytishiga nisbat beriladi.


Savol va topshiriqlar:
A 1. Lutfiyning tarjimayi holi haqida qisqacha gapirib bering.
2. Lutfiy va Navoiy munosabatlaridagi o'ziga xosliklar nimalardan iborat?
3. Lutfiy g'azallarini mavzularga ko'ra qanday guruhlarga ajratish mumkin?
4. Darslik-majmuadan Atoiy va Lutfiy g'azallarining baytlari miqdorini aniqlang.
5. Lutfiy g'azallaridan bitta, tuyuqlaridan ikkitasini yod oling.
6. Lutfiyni Shosh (Toshkent)ga nisbat bergan adabiyot- shunos kim edi?
7. Lutfiyning san'atkorligini g'azallarida qoilangan tasvir vositalari asosida izohlang.
-151-
8. Lutfiy tuyuqlaridan ikkitasining vaznini rukn va hijolarga ajratish orqali aniqlang.
9. Lutfiy qifalarini Xorazmiy qit'alari bilan qiyoslang. Hajm va mavzuda qanday tafovutlar mavjud?

-152-



http://fayllar.org
Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling