Reja: Adabiyot-so’z san’ati


-Dars.Oraliq nazorat-2.Pahlavon Mahmud ruboiylari


Download 1.36 Mb.
bet30/38
Sana04.08.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1665059
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org

14-Dars.Oraliq nazorat-2.Pahlavon Mahmud ruboiylari.

Reja:

1.Pahlavon Mahmud hayoti to’g’risida

2.Pahlavon Mahmud ruboiylari tematikasi
Adabiyot tarixi qiziqarli hodisalarga boy. Ayrim manbalarning teriga («Avesto»), toshga («O'rxun-Enasoy obidalari»), metall va sopol buyumlarga yozilgani yaxshi ma'lum. Har xil idish va buyumlarda ham badiiy parchalar aks etgan.
Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o'rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan. Ularning saqlanib qolishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim o'rin tutadi. Adibning asarlari turli qo'lyozmalar orqali ham yetib kelgan, ammo ular, asosan, XIX asrda ko'chirilgan. Qadimgi manbalar haligacha topilgan emas.
Adib haqida ko'pgina manbalarda ma'lumotlar mavjud. Shamsiddin Somiyning «Qomus ul-a'lam», Lutf Alibek Ozarning «Otashkadayi Ozariy», Kamoliddin Husayn Fanoiyning «Majolis ul-ushshoq» singari asarlarida, qator lug'atlarda shunday ma'lumotlar keltirilgan. Ularda ko'rsatilishicha, adibning «Pahlavon» unvoni bilan shuhrat qozonishiga Mahmudning jismoniy jihatdan baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakiliga aylangani sabab bo'lgandir. Hatto uni «kuragi yerni ko'rmagan» pahlavon sifatida tilga olishadi.
Mahmudning Puryoyvaliy, Puryorvaliy taxalluslari ham pahlavonlik bilan bog'liq. Jumladan, «G'iyos ul-lug'at»da bu haqda shunday deyiladi: «Puryoyvaliy (yoki Puryoyi Vali) xorazmlik Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat qozongan keksa pahlavon, kurashxonadagi pahlavonlarning boshlig'i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashchi kurashxonaga kirmoqchi bo'lsa, dastlab Puryoyvaliyning qadamiga (oyog'iga) bosh qo'yadi. Shu jihatdan
Puryoyvaliy so’zi majozan aziz va mukarram ma'nosini ham bildiradi».
Uning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashhur bo'lgan. Bir jangda u Hindiston shohi Roy Ropoy Cho'nani o’limdan qutqarib qoladi. Shunda shoh «Nimani istasang, shuni bajaraman» deb va'da beradi. Shunda pahlavon Mahmud: «Sizning qo'lingizda Xorazmdan kelib asir tushgan bandilar bor. Ularni ozod qilib, vatanga qaytishga ruxsat bersangiz» deydi. Shoh ularni ozod qiladi.
Pahlavon Mahmud Qitoliy taxallusi bilan ham ijod qilgan. Ushbu taxallus ham pahlavonlik bilan bog'liq. «Qitol»ning ma'nosi «bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq» demakdir.
Pahlavon Mahmud, asosan, po'stindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan.
Badiiy ijod sohasida esa uning «Kanz ul-haqoyiq» nomli masnaviysi haqida ma'lumot bor. Shoir, asosan, ruboiylar bilan mashhurdir. Umar Xayyomdan keyin ruboiyda shuhrat qozongan shoir Pahlavon Mahmud hisoblanadi.

-112-
Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qilgan. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To'xtasin Jalolov, Vasfiy, Matnazar Adbulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan.


Pahlavon Mahmud ruboiylari chuqur, ixcham, ta'sirchanligi bilan ajralib turadi.
Buni «Yomon bilan ulfat bo'lma» ruboiysida ham ko'rish mumkin:
Yomon bilan ulfat bo'lma, yur yiroq,
Yoiingga don sochib, qo'yadi tuzoq.
Yoyni egri ko'rib, to'g'riligidan —
O'q undan qanchalik qochganiga boq.
Adib yomon fe'l-atvorli kishilardan uzoq bo'lishga chorlamoqda. Bu g'oya badiiy jihatdan betakror mahorat bilan tasvirlangan. Yomonlik hiylakorlik va aldovga tenglashtirilmoqda. U yo’lga don sochib, tuzoq qo'ygan firibgarga o'xshaydi. Yaxshi xulqli odam yomonlikdan o'zini asramog'i kerak. Bunga qiyos qilib kamon (yoy) va o'q orasidagi munosabat eslatilmoqda. Zero, yoyning egriligini ko'rib, undan uzoqlashish uchun o'q o'zini olib qochadi.
Yomon va yaxshi, to'g'ri va egri (yomonlik va yaxshilik, to'g'rilik va egrilik) orasidagi farq bu tasvirda juda ochiq, aniq va eng muhimi, ta'sirchan ifodalanmoqda.
Pahlavon Mahmud ijodida ulug' alloma Najmiddin Kubro boshlab bergan juvonmardlik tariqati an'analari munosib davom etganini ko'rish mumkin. Juvonmardlikning asosiy mohiyati saxovat, shafqat, tamadan xoli bo'lish va muhtojlar g'amiga sheriklikda namoyon bo'ladi.
Adib she'riyati hayotiy falsafa bilan yo'g'rilgan. Ularni o'qish orqali hayotdagi sabab va oqibat, butun va qism, tasodif va qonuniyat orasidagi bog'lanishlar tahliliga duch kelamiz:
Gurkiragan olov — dilim yo'ldoshi,
To'lqin urgan daryo — ko'zlarim yoshi.
Ko'zagarlar yasayotgan har ko'za —
Ko'hna do'stlar xoki — qo'li yo boshi.
Bu yerda badbinlik, tushkinlik kayfiyatlari emas, balki hayot hodisalariga ochiq
ko'z bilan qarashga da'vat mavjud. Umr insonga berilgan imkon ekan, uni g'aflatda o'tkazmaslik lozim, degan aqida ruboiy matni mag'zini tashkil qilmoqda.
Dastlab e'tiborni tortayotgan holat — o'xshatishlarning mutlaqo yangiligi. Olov — ko'ngil, daryo — ko'z yoshi, tuproq (xok) — inson tanasi. Ayni paytda shu o'xshatishlarga asos bo'layotgan so'zlar ham tasodifiy emas. Bu yerdagi olov oddiy olov emas. U «gurkiragan» sifatlovchisi bilan birga kelmoqda. Shoir uchun ayni mana shu holat muhim. Bu o'rinda hayot hodisalariga befarq bo'la olmaydigan qalb tug'yoni mavjud. Shoirning qalbi ham gurkiragan olov kabi ehtirosli. Bunday yoniq qalb uchun iztirob begona emas. Ko'zdagi yosh ana shunga ishora. Ammo u ham tasodifiy emas. Bu iztirob ostida insoniyatning achchiq qismati: har doim yo'qlik olamiga o'tib turishi yotadi. Ana shu hayotiy
-113-
mazmun oxirgi ikki misrada aniq ifodalangan. Shoir talqinida ko'zagarlar qo'lidagi tuproq o'tgan ajdodlarning xoki turobga aylangan tana a'zolaridan boshqa narsa emas. Bu yerda hayot va o'lim falsafasi, «Moddiy dunyoning abadiyligi» haqida bahs ochilmoqda.
Juvonmardlik oqimiga xos asosiy tamoyillar quyidagi ruboiyda yanada ochiqroq ko'rinadi:
Ko'nglim oppoq, na kek va na kiynam bor,
Dushmanim ko'p va lekin men hammaga yor.
Mevali daraxtman, har bir o'tkinchi,
Tosh otib o'tsa ham menga bo'lmas or.
Hech kimga nisbatan adovat saqlamaslik, hatto dushmanlarga ham do'stlik ko'rsata olish juvonmardlikdagi asosiy tamoyillardan biri. Bu oqim ixlosmandlari hammaga yordam berish va naf yetkazishni yuksak insoniy burch sifatida anglashgan. She'rdagi «Mevali daraxt» timsoli bejiz emas. Undan har bir kishi («Har bir o'tkinchi») bahra olishi mumkin. Boshqalarning bunday bahramandligi pokiza ko'ngil egasida e'tiroz uyg'otmaydi («Menga bo'lmas or»). Shu bilan birga, uning bag'ri nihoyatda keng, har qanday ta'na-dashnomga («tosh otib bo'lsa harm) mardona chidaydi. Bunday fazilat faqat komil insonlargagina nasib etadi.
Pahlavon Mahmud ruboiylarida donolik, bilimdonlik, mehr, shafqat, muruwat, sadoqat, mardlik, oliyhimmatlik kabi ijobiy xislatli kishilar ulugianadi. Ularga zid holatlar esa juda qattiq qoralanadi:
Qora tosh sira ham bo'lmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard.
Quloq solgin Puryoyvaliy so'ziga,
Qo'rqoqlardan biron chiqqanmidi mard.
Birinchi misrada oddiy hayot haqiqati aks etgan: tabiatdagi qora tosh lojuvard bo'lib, shaklini o'zgartirishi mumkin emas. Bu fikr toza qalbga aslo chang va gard yuqmasligi orqali yana bir marta tasdiqlanmoqda. Demak, hayotda har bir hodisaning o'z o'rni, mazmun va mohiyati bor. Shundan so'ng adib kitobxon
e'tiborini o'ziga qaratadi («Quloq solgin Puryoyvaliy so'ziga»), qo'rqoq va mardorasidagi masofaga urg'u beradi. Shoir asosiy fikrni bayon etishda o'xshash hayotiy voqealar tizmasidan ham, o'zaro zid qo'yish usulidan ham foydalanadi.
Quyidagi ruboiyda esa fikr o'xshatishlarni ketma-ket rivojlantirib, tasvirni yuqori pardalarga ko'tarish asosida ifodalangan:
Uch yuz Ko'hi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermaq falakka bo'yoq.
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan ko'ra yaxshiroq.
Shoir nodonlikni qattiq qoralaydi. She'rdagi qat'iy hukm ana shu. Dastlabki misralarda amalga oshirish mumkin boimagan ishlar bilan shug'ullanish nechog'lik azob ekanligi ta'kidlangan. Dunyoda haybatiga ko'ra tengi boimagan
-114-
Ko'hi Qof tog'ining toproqlarni kelida tuyib chiqish, albatta, bajarib bo'lmaydigan ish. Falak — osmon uchun dil qonidan bo'yoq qilib berish ham mashaqqat. Yoki inson bir asr — yuz yil zindonda yotishi naqadar dahshat va azob. Ammo bu mashaqqat va qiyinchiliklar shoir nazarida nodon bilan bir davrada bo'lish, u bilan suhbatlashishdan ko'ra yengil, huzurli va ma'quldir.
Pahlavon Mahmud insonning ma'naviy jihatdan boy bo'lishini nihoyatda istaydi. Bunday kishi boshqalarnigina emas, o'zining ham qadriga yetmog'i, o'z qadrini baland tutmog'i shart.
Borma aytmaganning dasturxoniga,
Qo'l uzatsang, qadring tushar, noniga.
Qo'shma o'zgalarning barra kabobin,
Qotgan non-u sovuq suving soniga.
Bu yerda oddiy hayotiy chizgilar asosida inson o'zligini, o'z qadrini anglashi shart ekanligi juda yorqin va ta'sirchan ifodalanmoqda. Taklif qilinmagan joyga bormaslik, o'zga­larning barra kabobini o'zining qotgan noni va sovuq suviga teng ko'rmaslik aslida insonning ma'naviyati boyligini, aniqrog'i, baland himmatini ko'rsatadi.
Bunday darajaga erishmoq uchun inson oqillik darajasiga ko'tarilmog'i kerak. Shundagina u tama, hirs va hasadlardan xoli bo'ladi. Shoir aytganidek, oqilning aqli hirs bandlariga giriftor bo'lib qolmaydi:
Oqil aqli hirsga giriftor bo'lmas,
Hasad qilgan bilan tilla xor bo'lmas.
Nomard it kabidir, mard — buyuk daryo,
Daryo it damidan hech murdor bo'lmas.
Bu yerda ham yana mardlik, himmat, oliyjanoblikning ulug'lanishi ko'zga ochiq ko'rinib turibdi. Buning ustiga ezgulikning, insonparvarlikning buyuk va mangu bir harakat ekanligi alohida ta'kidlanmoqda. Nomardning itga qiyoslanishi va mard kishining daryoga o'xshatilishi zaminida bu harakat mohiyati ochib berilmoqda. Oqar daryo uchun itning bir marta dam urishi uning pokizaligiga putur yetkazmaydi. Shuningdek, mard, himmatli va oliyjanob insonning umri davomida qiladigan ezguliklariga nomardning hasad qilishi yoki tosh otishi hech mone bo'lmaydi. Ana shu buyuk himmat insonga qo'shimcha kuch-quvvat, iroda va jur'at bag'ishlaydi. Bunday inson o'zgalarga madad berishdan tashqari o'ziga mustahkam ishonch paydo qilishga ham imkon tug'diradi. Oxir-oqibatda chumoli
ham o'zini sher darajasida tasawur va idrok eta oladi:
Olam fili qaytarolmas jur'atimiz,
Charxdan zo'rroq qudratimiz, shavkatimiz.
Gar chumoli kirib qolsa safimizga,
Sher etajak uni darhol davlatimiz.
Ma'rifatli inson, ma'naviyati boy shaxs butun inso-niyatni ulug'laydi. Har bir insonning qadriga yetadi, inson manfaatlari uchun xizmat qilishdan tolmaydi, bularning barchasi o'z-o'zidan buyuk insonparvarlikni yuzaga keltiradi:
Podsholik istasang bo'l el gadosi, O'zingni unut-u, bo'l el oshnosi.

-115-
El toj kabi boshiga ko'tarsin desang, El qo'lin tutgin-u bo'l xoki posi.


Bularning hammasi Pahlavon Mahmudning inson ma'-naviyatini naqadar teran va nozik his etganini, insonlarning ana shunday buyuk fazilatlar bilan ziynatlanmog'ini qanchalik chuqur orzu qilganini ko'rsatadi. Bunday fazilatlar egasi bo'lish zamondoshlarimizning ham muqaddas burchidir.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling