Reja: Adabiyot-so’z san’ati


-Dars.Xorazmiy “Muhabbatnoma”


Download 1.36 Mb.
bet33/38
Sana04.08.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1665059
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org

16-Dars.Xorazmiy “Muhabbatnoma”

Reja:

1. O’zbek adabiyotidagi noma janrining ilk namunasi.

2. “Muhabbatnoma” tarkibidagi janrlar rang-baranglig.i
Adabiyotimiz tarixida bir qator siymolar borki, ularning asarlari keng tarqalib,
nomlari shuhrat qozongan bo'lsa-da, tarjimayi hollari haqidagi ma'lumotlar juda kam saqlangan. Xorazmiy haqida ham shunday deyish mumkin. «Muhabbatnoma» degan yagona asari yetib kelgan bu adibning taxallusi o'z asarlarida qayd etilgan.
Asarning yozilishiga Muhammad Xo'jabek tashabbuskor bo'lgan. Adib uni «davlat humoyi» deb ta'riflagan.
Muhammad Xo'jabek qo'ng'irot urug'idan bo'lib, kichikligidan davlat ishlariga kirgan. Bir o'rinda u Oltin O'rda xoni Jonibek bilan qiyoslanadi:
Uza jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibekxonga yetansiz.
Boshqa joyda esa u «sohibqiron» deb tavsiflanadi. Asar 1353- yilda yozilgan. Jonibekxonning Oltin O'rdadagi hukmronlik qilgan 1342-1375- yillarga to'g'ri keladi. Demak, Muhammad Xo'jabek Jonibekning qo'l ostidagi a'yonlaridan, ehtimol, harbiy sarkardalaridan biri bo'lganga o'xshaydi. Adib asar yaratilgan joyni ham eslatadi:
«Muhabbatnoma» so'zin munda ayttim,
Qomug'in Sir yaqosinda bitidim.
«Bayoni voqein aytur» bobida ko'rsatilishicha adib ikki tilda ijod qilgan.
Ko'ngul bahrinda ko'p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor, —
misralari uning forsiy she'rlari ham mashhur bo'lganligini ko'rsatadi.
«Muhabbatnoma» o'n bobdan iborat. Unda g'azal, noma, soqiynoma, munojot, qit'a, masnaviy, fard kabi janrlar jamlangan. Muallif o'z fikrlarini nomalar tarzida bitadi. Noma janrining o'zbek adabiyotida shakllanishi va rivoji Xorazmiy nomi bilan bog'liq.
Nomalar oshiqning o'z ma'shuqasiga dil izhorlari tarzida yozilgan. Ularda ma'shuqa ta'rifi asosiy o'rin tutadi. Birinchi nomaning dastlabki misralariyoq xuddi shu tarzda boshlangan. Ma'shuqaning ko'rki tengsiz. U ko'rklilarning podshohi, uning go'zalligi haqidagi madh («husnung sipohi») olamni tutgan.
Ma'shuqa — pariruxsor. Ammo pariruxsorlarning ham go'zali — ko'rkaboyi.
Yuz, qosh, ko'z, xol, bo'y (qad) tasvirlari nihoyatda xilma-xil holatlarda juda go'zal va yorqin timsollarda chiziladi:
Turubdur ko'zda qaddingiz xayoli,
Aningdekkim suv uzra tol niholi.
Lirik qahramon nazarida ma'shuqa go'zallik, latofat va nazokatda tengsiz. U olamdagi eng aziz va mo'tabar inson. Mumtoz adabiyotimizda boiganidek, Xorazmiy tasvirida ham ma'shuqa beparvo, qahri qattiq, jafokor va hatto bevafodir. Shuning uchun ham ma'shuqa «nomehribon», «ahdi baqosiz»:
-124-
Qamuq yoqut erinli, so'zi durlar,
Vafosizlikni sizdan o'rganurlar.
Biroq oshiq ko'ngil izhorida sobit, u o'z ishqiga sodiq. Fikrida qat'iy:
Davr sizning durur davron borincha,
Qulungizmen tanimda jon borincha.
...Kishi qayda o'larin bilsa bo'lmas,
Haqiqat yoridan ayrilsa bo'lmas.
Hatto:
Ayturmen, yuz nechakim kelsa mehnat,

Jafo sizdin, tag'i bizdin muhabbat.


Umuman, asarda haqiqiy go'zallikni ta'rif va tavsif etish, insoniy muhabbat tuyg'ularini samimiy ifodalash, inson qalbidagi nozik kechinmalarni qalamga olish asosiy o'rin tutadi. Bu goh ma'shuqa va saboga murojaat, goh oshiq qalb izhori tarzida namoyon bo'ladi. Ularning barchasiga xos xislat yuksak badiiyatdir. Adibning o'xshatish va sifatlashlaridan boshlab, tanlagan vazni, janri, qofiya va radiflarigacha ana shunday nozik badiiyatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Agar desam seni Rustam, yorarsen,
Qiliching birla saflarni yorarsen.
Muhammad Xo'jabek madhiga bag'ishlangan bu parchada ta'riflanayotgan kishi Rustamga o'xshatilmoqda. Birinchi misra oxiridagi «yorarsen»-yaraysan, loyiqsan, arzuguliksan ma'nolarini beradi. Keyingi misradagi shu so'z esa «yormoq», «bo'lib tash!amoq» ma'nolariga ega. Bunday tajnisli qofiyalar adibning og'zaki an'analar bilan yaqindan tanishligini ko'rsatadi. Bugina emas, xalqona kinoya va qochirimlar, an'anaviy tasvir vositalari, xususan, mubolag'a va o'xshatishlarning ko'pligi ham bu fikrni quvvatlaydi.
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o'zbek adabiyotidagi yirik voqealardan bo'ldi. Uning ta'sirida keyingi asrlarda ham bir qator asarlar yuzaga keldi. Xo'jandiyning «Latofatnoma», Said Ahmadning «Taashshuqnoma» asarlari shular jumlasidandir.
Xorazmiy — zullisonayn shoir. Ikki tilda ijod qiladigan adiblar zullisonayn deyiladi. Adib asarning ikki bobini forsiy tilda yaratgan:
Qiloyin ikki bobin porsi ham,
Kim atlas to'n yarashur bo'lsa ma'lam.
Xorazmiy o'zbek adabiyotida g'azal janrining rivojiga munosib hissa qo'shgan adibdir. Uning g'azallari ishq-muhabbatni tarannum etadi. Xorazmiy tasvirida «yor» go'zallikning noyob timsolidir:
Yuzungda ko'rdum, ey jon, bayram oyin,
Munung shukronasi qurbon bo'loyin.
«Yuzda bayram oyini ko'rish» badiiy kashfiyot. Xorazmiygacha bo'lgan davrda bunday tasvirni ko'rish mumkin emas. Adib ma'shuqa yuzini bayram oyiga o'xshatyapti. Bayramdagi holat va ko'tarinki kayfiyat shu tasvirga asos bo'lgan. Bayram qurbonlik talab qiladi. Qurbonlik ham tayyor. Bu — lirik qahramon.
-125-
Misralarda boshqa ma'no ham bor. Qahramon «yuzda bayram oyini» ko'rmoqda. Yangi oyning shakli qosh bilan uyg'un. Odatga ko'ra yangi oy ko'rinishi bilan unga yetishganlik uchun shukronalar qilinadi. Baytda ana shu ko'chma ma'nd ham mavjud.
Adib go'zal mahbuba yuzini madh etishda davom etadi. Yorning yuzi shu qadar munawarki, hatto, «agar kun tug'masa (chiqmasa) ham» shu nurning o'zi olamni yoritaveradi:
Agar kun tug'masa ham yoqtu qilg'ay,
Yuzung nuri bu dunyoning saroyin.
Bu o'rinda ma'nosiga ko'ra bir-birini taqozo etadigan «kun», «yoqtu», «nur», «dunyo saroyi» so'zlarining keltirilishi bir mantiqiy izchillikni tashldl etmoqda. Qolaversa, bu tasvir birinchi baytdagi fikrni yanada rivojlantirmoqda.
Yor go'zalligi oldida o'z donishmandligi hamda barcha mo'jizalardan xabardorligiga qaramay, hatto Aflotun ham hayron-u lol bo'lib qoladi:
Gar Aflotun sening ishqingga tushsa,
Berur elga qamuq tadbir-u royin.
Mumtoz adabiyotimizda shirinso'zlik, so'zamollik shakar va to'ti bilan qiyoslanadi. Xorazmiyda ham shu timsollar mavjud:
Shakartek til bila to'ti tilingiz
Necha kun sayd etar jonlar humoyin.
Humo — afsonaviy qush. Unga duch kelish yoki uni qo'lga kiritish nihoyatda qiyin. Ammo go'zalning shakardek tili bunday qushlarni «necha kun sayd etadi».
Xorazmiy go'zallikni o'zicha tushunadi, o'zicha talqin etadi. Shunga ko'ra ham ta'rifda, «latofat to'nining bichiqchisi» saodat bilan baxt sifatida gavdalantiriladi.
Saodat birla baxt ikkisi bichti,
Bo'yungizga latofatning buqoyin.
Shoir uchun go'zallikni ta'riflash, uni madh etish va targ'ib qilish baxtdir. U xuddi shu maqsadda yordan ruxsat so'raydi:
Ijozat bersangiz, tong yoqtusidek,
Jahonga husnungiz jovin yoyoyin.
«Tong yog'dusidek» o'xshatishi bu o'rinda ikki xil talqin qilinishi mumkin. Birinchisi, ma'shuqaning husni tong yog'dusidek go'zal, benazirdir. Ikkinchisi esa tong yog'dusi dunyoga taralganidek yor husni shuhratini yoyishdir. Bu so'z o'yini juda o'rniga tushgan.
Oxirgi baytdagi iltijo ham so'z o'yiniga tayanadi:
Siza deb keldi Xorazmiyni asrang,
Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyin.
Lirik qahramon yorga o'z mehri, sadoqatini ifodalab keldi. Buning evaziga esa uning birgina o'tinchi bor: Sizni deb keldimi, siz ham uni avaylang, asrang. Hatto shohlar ham o'z saroylaridagi gadolarni avaylashadi, ularga g'amxo'rlik ko'rsatishadi. Bu bilan shoir ma'shuqani shohga, lirik qahramon — oshiqni esa gadoga o'xshatmoqda.
G'azal 7 baytdan iborat. Baytlar o'zaro mantiqiy izchilikka ega. Bunda ko'proq

-126-
fikriy tadrijiylik bor. G'azalning dastlabki bayti maqta', oxirgi bayti matla' deyiladi. Matla'-ning har ikki misrasi o'zaro qofiyalanadi. Keyingi baytlarning faqat juft misralaridagi birinchi bayt misralari qofiyadosh bo'ladi (a-a, b-a, d-a, e-a, f-a, g-a, h-a). G'azaldagi qofiyadosh so'zlar: oyin, bo'loyin, saroyin, royin, humoyin, buqoyin, yoy oyin, gadoyin.


G'azalning oxirgi baytida, maqta'da, odatda, taxallus qo'llanadi. «Xorazmiy» so'zi ana shu taxallusni ifodalaydi. G'azal aruzda bitilgan.
Yu-zung-da ko'r du-mey jon bay- ra-mo-yin
V - - - V - - - V - -
Mu-nung shuk-ro- na-si qur-bon bo'-lo-yin
V - - - V - - - V - -
Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun
A-gar kun tug'- ma-sa ham yoq- tu qil-g'ay
V - - - V - - - V - -
Yu-zung nu-ri bu dun-yo-ning sa-ro-yin
V - - - V - - - V - -
Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun

Bu yerda misralar 11 bo'g'indan iborat. Ammo bo'g'inlarning sonigina emas, balki sifati ham bir xildir. Ular ikki marta to'rt bo'g'indan va bir marta 3 bo'g'indan tuzilgan ruknlar takroriga tayanadi. Bo'g'inlarning o'zaro ketma-ketligida ham bir xillik bor. Ular bir qisqa va ikki uzun bo'g'in takroriga tayanadi.


Bunday vazn tuzilishi mafoiylun mafoiylun fauvlun ohangida o'qiladi. Bu vazn nomi hazajdir. Bir rukn (v - - -) baytda olti marta qo'llangani uchun u hazaji musaddas bo'ladi. Ammo oxirgi rukndagi bir bo'g'in qisqaigani uchun unga mahzuf nomi berilgan. Demak, g'azalda qo'llangan vazmiing to'liq nomi hazaji musaddasi mahzufdir. Asar to'lig'icha shu vaznda yaratilgan.
Xorazmiyning tili nihoyatda shirali. U o'zbek tilining nozik va nafis ichki imkoniyatlarini muhabbat bilan namoyish eta olgan. «Shakartek til», «tong yoqtusitek», «tan ichra jon», «arslon yurak», shuningdek, «oldini tutmoq», «oldin kechmoq», «yer o'pmoq», «elga bermoq» kabi ifodalar Xorazmiy tilining nafosatini belgilab beradi. Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotami Toy, Rustam, Ali, Muhammad Xo'jabek singari tarixiy hamda afsonaviy nomlar uchraydi. Muallif o'rni-o'rni bilan arabcha va forscha so'zlardan ham ustalik bilan foydalanadi.
Shuning uchun ham «Muhabbatnoma» o'zbek tili tarixini o'rganish uchun ham boy manba bo'la oladi. Uning o'sha davr tilining badiiy yodgorligi sifatidagi qadri balanddir.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling