Reja: Adabiyot-so’z san’ati
Download 1.36 Mb.
|
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Char-xi kaj-raf- tor e-lin-din yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i- lo-tun fo-i-lun Chiq-ma-dim hij- ron qi-shin-din yo-za-men Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun Bir me-ni yor- liq bi-la yod et-ma-ul Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun Har ne-cha ul shah-ga qul-luq yo-za-men Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun Lutfiy shaklan ixcham qit'alarida ham nihoyatda teran mazmunni qisqa va lo'nda ifodalash mahoratiga ega. Qit'a shaklan g'azalga o'xshasa-da, uning dastlabki ikki misrasi o'zaro qofiyadosh bo'lmaydi. Tuyuq va ruboiylarga xos bo'lgan a-a-b-a qofiyalanish tartibi ham bu janrda uchramaydi. Qit'ada faqat juft misralargina o'zaro qofiyadosh bo'la oladi. To'ng'a sig'masmen farahdin gul kabi, Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang'a. Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim, Shukrlillahkim, kelur bir-bir manga. Ushbu qit'a ikki bayt, to'rt misradan iborat. Lirik qahramon — oshiq o'z ma'shuqasiga intiladi. Uning bir qadam bosib kelishini orzu qiladi. Shunday hodisa bo'lsa, u bunday baxt-u iqbol, xursandchilik (farah)dan ichiga sig'may ketadi. Bu go'yo o'z to'niga sig'masdan ochilib ketgan gulga qiyoslanmoqda. Lirik qahramon bu o'xshatish bilan kifoyalanmoqchi emas. Unga bu hali kamlik qiladi. Shunga ko'ra u o'xshatishni yana bir pog'ona yuqoriga ko'taradi: Yorning kelishi go'yo ketgan davlatning qaytishiga nisbat beriladi. Savol va topshiriqlar: A 1. Lutfiyning tarjimayi holi haqida qisqacha gapirib bering. 2. Lutfiy va Navoiy munosabatlaridagi o'ziga xosliklar nimalardan iborat? 3. Lutfiy g'azallarini mavzularga ko'ra qanday guruhlarga ajratish mumkin? 4. Darslik-majmuadan Atoiy va Lutfiy g'azallarining baytlari miqdorini aniqlang. 5. Lutfiy g'azallaridan bitta, tuyuqlaridan ikkitasini yod oling. 6. Lutfiyni Shosh (Toshkent)ga nisbat bergan adabiyot- shunos kim edi? 7. Lutfiyning san'atkorligini g'azallarida qoilangan tasvir vositalari asosida izohlang. -151- 8. Lutfiy tuyuqlaridan ikkitasining vaznini rukn va hijolarga ajratish orqali aniqlang. 9. Lutfiy qifalarini Xorazmiy qit'alari bilan qiyoslang. Hajm va mavzuda qanday tafovutlar mavjud? -152-
http://fayllar.org Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling