Reja: Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. Davlatning ijtimoiy siyosati. Aholi daromadlari va uning tarkibi


Download 54.13 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi54.13 Kb.
#1552785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.

Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
Daromad %
100 Е
80
60
40
20 F
Аholi %
0
20 40 60 80 100
CHizmaning yotiq chizig’ida aholi guruxlarining foizdagi ulushi tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OYe chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni olishini ko’rsatadi. Ya‘ni aholining 20% barcha daromadlarining 20% ni, aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni olishini bildiradi va h.k.
Demak, OYe chizig’i daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma‘lum guruxlari o’rtasidagi daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunda taqsimlanishini Lorents egri chizig’i deb nomlanuvchi OYe egri chizig’i orqali kuzatish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:

  1. Kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  2. Ta‘lim darajasidagi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  3. Tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  4. Ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatli darajadagi farqlar (bozordagi hamkorlik darajasidan kelib chiqqan holda).

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasiga daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari uchun ancha qo’lay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.

Download 54.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling