Reja: Aholi daromadlarining mazmuni
Download 44.16 Kb.
|
asliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy daromadlar
- Aholining barcha daromadlari
- Aholi daromadlari tasnifi
- Natural daromadlar
- Nominal daromad
- Real daromad
Mavzu: Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari. Reja:
1.Aholi daromadlarining mazmuni 2.Aholi daromadlarining turlari 3.Aholi daromadlarining shakllanish manbalri. Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. "Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko’rsatadi. Bu o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin:
tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuidir. Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig’indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq. Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir: tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); investitsiya boyliklari; mehnat; tadbirkorlik faoliyati. Har bir sanab o’tilgan omillarga daromad - renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik daromadining boshlang’ich shaklini oladi. Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki:
bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha aks ettirmaydi; boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama-qarshiliklarga olib keladi;
har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi. Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. Aholi jami daromadlari tarkibi 1- rasmda ko’rsatilgan. Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi.
Aholining daromadlari darajasini oshirishda aholining ish bilan bandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda, ish bilan bandlikni takomillashtirish bo’yicha dasturlarning moliyaviy ta`minoti muammosi o’z echimini topishi kerak. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy ko’llab-quvvatlash ham to’gridan- to’gri, ham bilvosita mablag’ bilan ta`minlash yo’li bilan respublika va mahalliy byudjetlarning mablag’larini, jamoat jamg’armalari mablag’larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek, xususiy xayr-ehson va qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi lozim. Aholining turmush sharoitini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu haqda so’z borganda, avvalo keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya kilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi:
pensiya, nafaka, stipendiya) katoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qogozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi; ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o’zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchiliк minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo’ldi; uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo’nalishlari vujudga keldi: majburiy to’lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo’yilmalar shular jumlasidandir. Ta`kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi kanchalik yuqori bo’lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma`lumot olishi, bo’sh vaqtini mazmunli tarzda o’tkazishi bo’yicha imkoniyatlari shunchalik ko’p bo’ladi. Aytish joizki, mamlakatimizda rivojlanish darajasi ortgani sayin aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi: - birinchidan, daromadlar shakllari o’zgardi, ya`ni an`anaviylariga (ish haki, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qog’ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi; - ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o’zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqliк darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo’ldi. - uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yunalishlari ko’shildi: majburiy tolovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog’ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga ko’yilmalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibi jiddiy o’zgardi. Mulkchilik munosabatlarning tubdan o’zgarishi, xo’jalik yuritish va mehnat bozori hamda sarmoya yangi shkllarining yuzaga kelishi aholi daromadlari tarkibiga tegishli o’zgarishlarni olib kirdi. Aholi daromadlari tarkibida uning quyidagi shakllari ajraladi: mehnatga haq to’lash va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, shaxsiy yordamchi xo’jalik, pensiya, moddiy yordam va stipendiyadan keladigan daromad, dividend va aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar hamda chet el valyutasi savdosidan tushumlar, kreditlar, ssudalar, sug;urtalardan tushumlar, shuningdek, boshqa tushumlar. Aholi daromadlari batafsil tahlil qilish uchun ularning mavjid turlarini to’liqroq baholash maqsadida ma’lum belgilar bo’yicha ularni tasniflash lozim.
Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir. Olinish xususiyatiga bog’lik ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linaди:
ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos; mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar (mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar). Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va vaqtinchalikka bo’linadi. "Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi. Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k. Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi. Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".4 Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.
bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari. Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ishhaqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi. Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi kompensatsiya to`lovlar va h.k. Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi. Download 44.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling