Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim? 
YUqorida qayd qilinganidek, sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‘ladigan 
jarayonlardan ekan, shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat 
ko‘rsatishning ayrim talablariga rioya qilish zarur. Ko‘p holatlarda aholining 
ma’lum qismi dam olish vaqtlarini tog‘li o‘lkalarda, daryo bo‘ylarida o‘tkazishga 
harakat qilishadi. Bu bejiz emas, albatta. Lekin daryo bo‘ylarida vaqginchalik 
chodir qurishdan oldin joyning tabiiy sharoiti, relefi, atrof muhitning tuzilishi 
to‘g‘risida fikr yuritilib, so‘ng to‘xtash joyini belgilash kerak. YOg‘ingarchilik 
miqdori asta-sekin ortib borishi turgan joyni zudlik bilan o‘zgartirish lozimligiga 
bildirilgan birinchi ishoradir. CHunki suv miqdorining daryo va soylarda ortib 
ketishi dam oluvchilarga ortiqcha tashvish tug‘diradi. Mabodo shunday vaziyatda 
sel oqimlari belgisi sezilgudek bo‘linsa, tezlik bilan daryo o‘zanidan iloji boricha 
uzoqroq balandroq yonbag‘irga chiqib kegish zarur. YOg‘ingarchilik o‘tib 
ketgandan so‘ng vodiyga tushishga hech vaqt shoshilmaslik kerak, chunki birinchi 
sel oqimidan so‘ng keyingilari takrorlanishi mumkin. 
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom etadi. SHuni alohida 
ta’kidlash lozimki, sellarning (keyingi bo‘limda berilayotgan toshqinlar kabi) yana 
bir xususiyati ular qo‘shni davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat xududida 
katta talafotlar keltirishi mumkin. Farg‘ona vodiysining daryolarida, Zarafshon 
daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzaraga bir necha bor guvoh 
bo‘lganmiz. Albatta, bunday holatlarda ham, oldindan sel oqimlari keladigan 
yo‘nalishlar bo‘yicha sel omborlari, ularni yo‘naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi 
maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda 
shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda yirik nisbatdagi, ayniqsa kichik 


xo‘jaliklarda 1:5000 va 1:10000 nisbatdagi xaritalar bo‘lishi kerak. SHu xaritalar 
orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular 
oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va aholining barcha 
tabaqalari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur. 
SHu o‘rinda bir tarixiy voqeani keltiramiz. 1969 yili, bahor fasli. Toshkent 
viloyatining Pskom daryosi quyi oqimida joylashgan Sijjak, Bog‘iston, Nanay 
qishloqlarining aholisi yog‘ingarchilik ko‘p yog‘ishi oqibatida sel va ko‘chkilardan 
ko‘p zarar ko‘rishgan. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlari etishtiriladigan 
maydonlarda eroziya rivojlanib sel oqimlari ostida qolib ketgan. Pskom 
daryosining hayqirib, yirik-yirik xarsang toshlarni «po‘kak» kabi oqizib ketishini 
ham hayrat, ham qo‘rquv bilan kuzatganmiz. 
Muammoning eng muhim tomoni o‘sha paytda maktab o‘quvchilariga tabiiy 
ofatlar to‘g‘risida kerakli ma’lumot berilmas edi. Go‘yo doim shunday bo‘lgan va 
bundan so‘ng ham shunday davom etadigandek. Vaholanki, bu jarayonlarga 
qarashli ma’lum chora-tadbir ko‘rish yo‘llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh 
bo‘lib turibmiz. 
Bunday vokealarni Toshkent viloyatining Oqsok-Ota, Parkent, Ohangaron
Qorabau, Bo‘zsuv; Namangan viloyatining G‘ovasoy, Uyrursoy, Sumsar, Podsho 
Ota, Qashqadaryoning Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G‘uzor va boshqa 
havzalari misolida ko‘p keltirish mumkin. 
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo‘lmasin, ularning 
tarkibiy qismi, yo‘nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon 
bo‘ladi. SHuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy 
tadbirlarda barcha fuqarolar faol yashtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq 
etishlari va xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul 
bo‘lishimizni davriing o‘zi taqozo etib turibdi. 
Toshqin 
Tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og‘ir tahlikaga 
soladigan va qiska vaqt ichida shiddatli bo‘ladigani suv toshqinlaridir. Toshqin - 
turli sabablar natijasida daryolar, soylar, dengizlar, ko‘llarda suv sathining keskin 
ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining katga maydonlarini vaqtincha suv 
bosishiga aytiladi. Toshqinlar ko‘p holatlarda kuchli jala, harorat ko‘tarilishi bilan 
qor va muzliklarning keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining 
ko‘payishidai paydo bo‘ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi 
yonbag‘irlarda ko‘chki sodir bo‘lishi qoyalardan tog‘ jinslari o‘pirilishi bilan 
havzadagi suv toshib chiqishi va to‘g‘onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida 
ham sodir bo‘lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli bo‘ladi. 
Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, dengiz 


suvini qirg‘oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‘ladi. Lekin, 
toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling