Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablar.
Eng avvalo, sanoat korxonalariga taalluqli bo‘lib, bu korxonalar (mazkur shahar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liklaridan tashqari) aholisi 250 ming kishi va undan ortiq bo‘lgan toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak. Ehtimoli bo‘lgan halokatli suv bosish hududining katta-kichikligini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ishlab chiqadigan muhandislik tadbirlari sxemasi asosida, shuningdek aholi punktlari, ob’ektlar, imoratlar va inshootlar qurish uchun maydonlar tanlash asosida aniqlanishi kerak. Toifalangan shaharlardagi iqtisodiyot ob’ektlarini qayta ta’mirlash va kengaytirish Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Tez yonadigan va yonilg‘i suyuqliklar (neft, benzin, moy va h.k.) ni qayta ishlash korxonalarini, shuningdek shu suyuqliklar saqlanadigan bazis omboxonalarni toifalangan shaharlardagi va ob’ektlardagi turar joy hududlariga va sanoat korxonalariga nisbatan er yuzasi qiyaligi bo‘ylab pastroqda, shuningdek magistral avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari bo‘ylab, idishlar buzilsa, yonilg‘i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib joylashtirish kerak bo‘ladi. Daryolar bo‘yida quriladigan neft va neft mahsulotlari omborlari aholi punktlariga, gidroelektrstansiyalar va gidrotexnika inshootlariga, temir yo‘l ko‘priklariga, suv o‘tkazgich stansiyalariga nisbatan daryo oqimi bo‘ylab pastroqda, kamida 100 metr oraliqda joylashtirilishi kerak. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda oraliq omborlardagi va texnologik idishlardagi bunday moddalar zahirasini ishlab chiqarish uchun kerakli minimum miqdorgacha iloji boricha maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak. Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari Respublikamizda qabul qilingan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi”gi Qonunning 11-moddasida “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarningfavqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari”da muhofaza-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan (muhofaza inshootlarining tavsifi, ulardan foydalanish yo‘llari va h.k. larga oldingi boblarda to‘xtalib batafsil o‘tilingan). Nazorat savollari. 1. Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalariga misollar keltiring 2. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz 3. Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablarga nimalar kiradi 4. Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari qanday bo’lishi ker Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling