Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Tabiiy ofatlar, avariyalar ( AESda, temir yo‘l transportida, o‘tkir ta’sir


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

Tabiiy ofatlar, avariyalar ( AESda, temir yo‘l transportida, o‘tkir ta’sir 
etuvchi zaharli moddalar qo‘llanadigan tashkilotlarda paydo bo‘ladigan 
zaharlanish o‘choqlarining xarakteristikasi). 
Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizatsiyasining taraqqiyotiga 
qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan zaif bo‘lib bormoqda. 
Halokatlar soni esa yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda biz dunyoning 
ko‘p hududlarida turli ko‘rinishdagi avariyalar, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi 
ofatlarning sodir bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil etilgan Favqulodda 
vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi 
hayoti va sog‘ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. 
Tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi oqibatida zararlanish favqulodda vaziyatlarning 
quyidagi ko‘rinishlarini, ya’ni buzilish, yong‘in chiqishi, suv toshqini, turar joy 
inshootlarining ko‘chki, er o‘pirilishi, qor ko‘chkisi, sel quyqumlari ostida qolib 
ketishi va h.k. bilan xarakterlanadi.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning eng 
dahshatlisi zilzila hisoblanadi. Oxirgi 50 yil ichida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilalar 
ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko‘ra CHili, San-Fransisko, Tokio, 
Ashgabot va Armaniston, Toshkentdagi, Eron va boshqalar ajralib turadi. 1948 
yilgi Ashgabot (100 ming odam halok bo‘lgan, zilzilaning kuchi 8-9 ball) 
zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam 
halok bo‘lgan) oldi. U 1988 yilning 7 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Dastlabki kuchli 
silkinishning o‘zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha 
qishloqlar butunlay yakson bo‘ldi. 200 mingli Leninakan shahrining zamonaviy 
binolarining yarmidan ko‘pi quladi yoki tiklab bo‘lmaydigan ahvolga keldi. 120 
mingli aholisi bo‘lgan sanoat markazi bo‘lmish Kirovakan shahri va shahar 
atrofida joylashgan katta qishloqlari kuchli talofat topdi. YAponiyada 1995 yil 17 
yanvarda kuchli er qimirlashi ro‘y bergan. Uning epitsentri yirik Koba portining 
markazida joylashgan bo‘lib, juda katta ko‘lamdagi muhandislik va kommunal 
inshootlarning vayron bo‘lishiga, uy-joylarni buzilishiga olib keldi. Bu ofat 
natijasida uylarning buzilgan bo‘laklari ostida 5 ming odam nobud bo‘lgan va 500 
ming oila uy-joysiz qolgan.1995 yil 27 mayda Rossiya davlatining Neftegorsk 
shahrida (8 ball kuchlanishga ega bo‘lgan o‘ta kuchli er silkinishi sodir bo‘ldi. 


Ma’lumotlarga ko‘ra uning oqibatida shahardagi 95 foiz oshiq inshootlar vayron 
bo‘lgan va 1841 nafar fuqaro nobud bo‘lgan. 
Toshqinlar oqibatida paydo bo‘ladigan zararlanish o‘chog‘i quyidagilar bilan 
xarakterlanadi: 
-vayronagarchiliklar, yo‘llar va turli tarmoqlarning buzilishi; 
-qishloq xo‘jalik o‘simliklarining, ekinlarining poymol bo‘lishi; 
-odamlarning normal hayotining buzilishi;
-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatining to‘xtab qolishi; 
-odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi; 
Sel, ko‘chkilar, bo‘ron, dovul, qor ko‘chkilari, tayfun hamda turli 
zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi: 
-vayronagarchiliklar; 
-yong‘inlarning kelib chiqishi; 
-hududlarni suv bosib ketishi; 
-binolar, ob’ektlar, aholi turar joylarining suv-loy oqimi bilan bosilib 
ketishi; 
-aholining normal yashash sharoitining buzilishi; 
-odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi. 
YOng‘in natijasida paydo bo‘lgan zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar 
bilan xarakterlanadi: 
-o‘rmon o‘simliklari, binolar, inshoatlar, hamda aholi istiqomat qiladigan 
maskanlarning, turli buyumlarning yonib ketishi; 
-aloqa va elektr uzatish tarmoqlarining buzilishi; 
-qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlarning va qishloq xo‘jalik xom ashyolarining 
poymol bo‘lishi; 
-odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi; 
Atom elektr stansiyalari va boshqa radioaktiv manbalarini bilan ishlaydigan 
korxonalarda avariyalar sodir bo‘lgan zararlanish o‘chog‘ining xarakteristikasi: 
-vayronagarchiliklar; 
-yong‘inlar; 
-radionukleiddarning va inson hayotiga zararli bo‘lgan boshqa kimyoviy 
moddalarning tarqalishi;
-aholining normal yashash sharoitining buzilishi; 
-odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi. 
Radionukleidlar bilan zararlangan hududlarda odamlar va hayvonlar uch 
xildagi ionlashtirilgan nurlanishga duch keladi: 
- nur kasalligini vujudga keltiruvchi tashqi (gamma) nurlanish; 
-inson va hayvonlarning yuz qismi va terining kuyishi bilan zararlanishiga 
olib kelishi; 


-havo, suv, ovqat bilan, shuningdek teri orqali organizmga radioaktiv 
moddalar tushishi oqibatida vujudga keladigan ichki nurlanish. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM- ammiak, etilen oksidi, uglerod 
oksidi va boshqalar) ishlab chiqish va foydalanishdagi korxonalar avariyalarida 
hosil bo‘lgan o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi: 
-vayronagarchiliklar; 
-yong‘in va portlashlar; 
-KTZMlarning tarqalishi; 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling