Reja: Ajratgichlarni


Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlar himoyada ishlatish


Download 1.33 Mb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1428920
1   2
Bog'liq
40. Himoyalarni sxemalarini bu qurilmalarda qo

Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlar himoyada ishlatish.
Bu kommutatsion apparat yuqori kuchlanishli avtomatik va qo‘lda kuch transformatorlarini, 1 kV dan yuqori kuchlanishlarda keng qo‘llaniladigan va tarmoqni yuklanishsiz ajratishga mo‘ljallangan, (APV) avtomatik qayta ulashga mo‘ljallangan qurilmalar bilan jihozlanadi. Qisqa tutashtirgichlar tarmoqda so‘n’iy qisqa tutashuv hosil qilib va transformatorning himoyaishorasi, o‘nda sodir bo‘ladigan nuqsonlardan saqlab qolish,o‘ni tizim ta’minoti liniya boshidan uchishini ta’minlash uchunhizmat qiladi.
Bo‘lgichlarni boshqarish SHPO rusumli yuritma orqali va qo‘l bilan ulanishli va bu davrda bir vaqtda harakatga keltiruvchi prujina siqiladi va masofadan yoki avtomatik ravishda uchirishga tayyorlaydi.
Bo‘lgichning imkoniyatini yuqori darajaga ko‘tarish uchunajratgich va bo‘lgichilar kontaktlariga (havo) gaz purkagich moslama qo‘llaniladi, ular yordamida yoyni so‘ndirish engillashadi, cho‘nki havo oqimi yoyga kuchli tezlik bilan yo‘naltiriladi. Siqilgan havo kompressordan yoki havo bosimli standart ballondan olinadi.
35kV gacha bo‘lgan neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda ikki qutbli Qisqa tutashtirgichlar va neytrali erlangan 110kV va yuqori kuchlanishli tarmoqlarda bir qutbli qo‘llaniladi.
Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlar yuqori tomonida o‘chirgich o‘rnatilmagan nimstansiyalarda qo‘llaniladi va bu nimstansiyani boshqarish sxemasini oddiylashtiradi va arzonlashtiradi.
Ajratgich, bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarning kapital ta’miri va ularning bajarishi belgilangan muddatlarda elektr xo‘jalik raxbari tasdiqlagan muddatda TIQ va TXQ da ko‘zda to‘tilganidek bajariladi.
Navbatdan tashqari tekshirish har bir QT o‘tgandan keyin muddatdan tashqari bajarilishi zarur.
Ko‘rsatilgan jihozni tekshirishda kontaktlarholatiga va izolyasiyasiga ko‘proq e’tibor berilishi kerak. Kontaktlarning siqilishi darajasi pasayishi, zanglashi va kontaktlar ifloslanishi ular kontaktlarining qizib kettishiga va hatto kuyishiga olib keladi. Agar kontaktlarning rangi yuzalarida notekis rangli joylar paydo bo‘lsa, demak ularning harorati ularning qizishi elektr termometr yordamida yoki termoshamda tekshirilishi kerak. Harorat ko‘rsatkichlari 8.1 - jadvaldagidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, aks holda apparat ishdan chiqariladi va ta’mirlash zarur bo‘ladi.
Ajratgich, bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarni izolyatorlari tozaligi tekshiriladi, cho‘nki yuzasi iflosligi sababli mikrozaryadsizlanish kuchlanishi va nam obi havoda izolyasiyalarda tok sizishiga olib keladi.
Ajratgich, bo‘lgich va qisqa tutashtirgich og‘ir sharoitlarda ishlatiladi, bu mexanik kuchlanishdan kelib chiqadi, cho‘nki ulashda shu kuchlar yuzaga keladi. Bu kuchlar qish paytida yanada oshadi va yana muz bilan qoplangan paytida juda katta bo‘ladi. Qish paytida kuchlar ko‘payishi shinalar ulanishi va izolyatorlarga ta’siri oshadi. SHikasttlanishini kamaytirish uchun past haroratlarda (-20°S dan pastda) izolyatorlar shikasttlanmasligi uchun ajratgichlarning harakati bo‘lgichlarga ta’siridan holis bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Izolyatorlarda yoriq, siniq va armirovkalarda sementli choklarning buto‘nligi buzilishi, apparatni ta’mirlashga chiqarilishi talab qilinadi.
Elegazlibo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarga texnik xizmat ko‘rsatish asosan gaz bosim nazorati elektr kontaktli manometr yordamida bajariladi. Kontaktli kameradagi bosim 30 N/sm² ni ortiqcha bosimni tashkil qilishi kerak.
Ajratgich, bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarni ta’mirlaganda odatda oldin sinchiklab izolyatorlar holati, kontaktlar dvigateli tekshiriladi. Izolyatorlar, farforning qoplamasi chang, kuyik hosilqiladi va shulardan tozalanadi. YOriqlar,kemtiklar, yuza qoplama nuqsonlari, armirovkasi, tortgichlar buto‘nligi tekshiriladi. Zarur bo‘lganda nuqsonli qismlari yangisi bilan almashtiriladi yoki agar bu mumkin bo‘lmasa qisqa ta’mirlash o‘tkaziladi. Agar armirovkalangan belbog‘ 1/3 aylana gardishida yoki qalpoqda izolyatorda jarohatlangan bo‘lsa armirovka qayta tiklanadi.
Ikki va uch qutbli apparatlar kontaktlarining bir o‘qda ulanishi sekin harakatlanuvchi kontaktlar birortasi harakatsiz kontaktga tegishida rostlash olib boriladi, keyin oraliqkontaktlarni o‘zgartirish usuli bilan fazalar to‘g‘rilanadi. Har xil vaqtda kontaktlar ulanish farqi 3 mm dan oshmasligi kerak. SHinalar ulanishida izolyatorlarga ta’sir qiluvchi mexanik kuchlarnitekshirish uchun izolyatorlar ichidagi kuch dvigatel yordamida tekshiriladi. 6-35kV apparatlar uchun bu kuch 10% dan oshmasligi kerak va bu ko‘rsatkich miqdor katalog orqali aniqlangan.
Kontaktlarning siqilib kirishi shuplar qalinligi 0,05 mm va kengligi 10mm, 2/3 shup cho‘qurligidan ko‘p kirmasligi kerak.
Kontakt prujinalar yordamida kontaktlar bosim tashkil bo‘lishi tekshiriladi. Bu bilvosita pichoqni tortilish kuchi orqali tekshirilishi mumkin.
Qo‘zg‘almas kontaktlarning eng kam tortilish kuchi apparatlarda me’yorli toklari 400-600A, 1000-2000A va 3000A da 200,400 va 800 N ga to‘g‘ri keladi.
O‘tuvchi qarshiliklari moyli o‘chirgichlarniki kabi nazorat qilinadi. Agar o‘tish qarshiliklari me’yoridan yuqori bo‘lsa ularni kamaytirish ishlari olib boriladi va ular quyidagicha nazorat qilinadi:
YUritmani rostlashda ulangan yoki ajratilgan holatiga apparat to‘g‘ri kelsin va aniq qayd etilishi ta’minlansin va ulanish holati to‘g‘ri kelsin.
Ajratgich, bo‘lgich va qisqa tutashtirgich barqaror va ishonchli ishlatilishi uchun ularni harakat tezligi tavsifiga juda bog‘liq.
35-110kV qisqa tutashtirgich ulanish vaqti 0,4s ±10% va ajratishi 35kV kuchlanishdagilarda 0,5s ±10% va 110kV Bo‘lgich bo‘lish vaqti 0,7s ±10% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
YUritmadagi lyuft 5° dan oshmasligi kerak. Aks holda ulanish holati yuzaga kelmaydi. Bo‘lgich vaqisqa tutashtirgich elektr yuritmalari kuchlanish pasayishiga tekshiriladi xuddi moyli o‘chirgichlarniki kabi.
Apparatlar ta’mirlanib bo‘lgach ularning ishlatilishi 3-5 martali ulanish va ajratishga va ularni me’yorli kuchlanishda tezkor tokda teshiriladi. Bu tekshirishda rixtalovchilar ishlatilishi va yordamchi ishora kontaktlari to‘g‘ri rostlangani tekshiriladi.
Ajratgich ajralishi haqida ishora qiluvchi harakatdagi kontaktlar to‘la harakatining 75% yo‘lini bosib o‘tgach ishlatilishiy boshlasin, ulangani haqidagi ishora kontaktlari tekkan ondan keyin ishlatilishisin.

8.2.1. Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarni nazorat qilish


Qisqa tutashtirgich - bu kommutatsion apparat, elektr zanjirida su’niy qisqa tutashuv (QT) yaratish uchun xizmat kiladi. Qisqa tutashtirgichlar nimstansiyalar sxemasini oddiylashtirib, nosoz transformatorni uchishini ta’minlab keyin so‘n’iy qisqa tutashtirish yaratilib rele himoyasi harakatida ta’minoti manba liniyasini himoyalashga xizmat qiladi.
Bo‘lgich va qisqatutashtirgichlarni ishlatilishi. 35 kV qurilmalarda ikki qutbli qisqatutashtirgich qo‘llaniladi,ular ishlatilishiganida ikki fazali QT yaratiladi. Neytrali erlangan qurilmalarda (110 kV va o‘ndan yuqori) bir qutbli, 35 kV da ikki qutbli qisqa tutashtirgichlar qo‘llaniladi 15.3–rasm qisqatutashtirgich KZ-35 keltirilgan. Qisqa tutashtirgich yuritmasi prujinaga ega, prujina erga zaminlagich pichoqni, kuchlanish ostidagi qo‘zg‘almas kontaktga ulanishini ta’minlaydi. YUritmani ishlatilishi impulsini relehimoyasi beradi. Ajratilishi qo‘lda bajariladi qisqatutashtirgich ulanishida yoy vujudga kelishi va apparat bo‘zilmasligi uchun pichoqharakati katta tezlikka ega bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Ishlatilib kelinayotgan qisqatutashtirgichlar konstruksiyalari ulanish vaqti 0,12 – 0,25 s tashkil qiladi.


8.3- rasm. KZ-35 Qisqa tutashtirgich: 1 – asos; 2 – erga zaminlagich pichoq; 3 – harakatsiz kontakt; 4 – izolyasiyali o‘stin; 5 – izolyasiyali o‘rnatma; 6 – PRK-1 yuritma; 7 – torgich; 8 – erga zaminlagich shinaga qayishqoq aloqa.

Bo‘lgich. Bo‘lgich tashqi ko‘rinishi bilan ajratgichdan farqqilmaydi, lekin u ajratilishiuchun prujinali yuritmaga ega. Bo‘lgichqo‘lda ulanadi. Bo‘lgich, ajratgich kabi erga zaminlagich pichoqlariga ega, erga zaminlagich pichoqlar bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Bo‘lgichlarning asosiy kamchiligi ajratib quyish vaqti katta (0,4 – 0,5 s).
Bo‘lgichlar transformator magnitlanish tokini yoki yuksiz zanjirni uchirishi mumkin. Bo‘lgich va qisqatutashtirgichlarning ochiq konstruksiyalari ishlatilishi
adabiyotlar

  1. Kudrin B.I. Elektrosnabjenie promыshlennыx predpriyatiy. M.: Energoatomizdat, 1995 g.

  2. Konyuxova E:.A. Elektrosnabjenie ob’ektov: Uchebnoe posobie. M.: Izdatelstvo «Masterstvo»; Vыsshaya shkola, 2001. – 320 s.: il.

  3. Opoleva G.N. Sxemы i podstansii elektrosnabjeniya: Spravochnik: Uchebnoe posobie. posobie. – M.: FORUM: INFRA-M, 2006. – 480 s.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling