7. Dasturlash tizimlari.
Dasturlash tizimlari — ma’lum bir dasturlash tilida yangi dastur yaratish tizimlari.
Zamonaviy dasturlash tizimlari foydalanuvchiga dastur tuzish uchun ko‘plab qulay
imkoniyatlar yaratadi. Bunday vosita va imkoniyatlar:
kompilyator va interpretator;
dastur matnini yaratish va tahrirlash vositalari;
standart dasturlar bibliotekasi va funksiyalar;
tuzilgan dasturga o‘zgartirish kiritish va sozlash vositalari
foydalanuvchi uchun qulay interfeys;
ko‘poynali ishlash rejimi;
grafik imkoniyatlar bibliotekasi; bibliotekalar bilan ishlash utilitalar;
assembler;
yordam fayllari;
boshqa spetsifik imkoniyatlar.
Keng tarqalgan dasturlash tizimlari – Turbo Basic, Quick Basic, Turbo Pascal, Turbo C.
Bugungi kunda Windows operatsion sistemasi muhitida ishlaydigan dasturlar tuzishga
muljallangan dasturlash tizimlariga ehtiyoj ortmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |