Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari


Algoritmik til haqida qisqa ma’lumot


Download 374.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana13.09.2023
Hajmi374.78 Kb.
#1677456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
4. Algoritmik til haqida qisqa ma’lumot 
 
Amaliyotda algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi. SHuning uchun kompyuter uchun 
tuzilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak. 


Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to‘g‘ri bajarishi uchun unga beriladigan 
buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi lozim. 
SHu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili, bu tilda yozilgan algoritm esa kompyuter 
dasturi deyiladi 
Algortimlarning ijrochisi deganda EXM ni nazarda tutadi. EXM yuqoridagi usullarda 
ifodalangan algortimlarni tushunmasligi mumkin. Demak biz turli masalalarning yechish 
algortimlarni EXM larga tushunarli ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘shimcha vositaga muxtoj 
bo‘lib qoldik. SHunday vosita bo‘lib algoritmik til xizmat qiladi. Ko’pincha algoritm va 
algoritmik til tushunchalarini chalkashtirib qo‘yishadi yoki bir xil narsa deb qarashadi. Bu 
noto‘g‘ri. Algoritmik til deb algoritmlarni ijrochiga tushunarli va bir xil ko‘rinishda ifodalash 
uchun zarur bo‘lgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi. Algoritmik tillarni 
ko‘pincha dasturlash tillari deb xam yuritiladi. Xozirgi vaqtda zamonaviy EXM lar uchun 
ko‘plab dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, hammasining o‘ziga yarasha imkoniyatlari 
hamda qonun-qoidalari mavjud. BEYSIK, TURBO PASKAL, FORTRAN, C, C++, Delphi 
dasturlash tillari ana shular jumlasidandir. Bu tillar imkoniyatlarining turlichaligi bilan bir-
birlaridan farq qiladilar. Masalan, BEYSIK algoritmik tili o‘rganish uchun sodda va qulay bo‘lib, 
unchalik murakkab bo‘lmagan injenerlik masalalari uchun mo‘ljallangan. PASKAL tili esa 
dastur yozish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatoliklarning oldini olish, yangi 
tipdagi funksiyalarni aniqlash, yangi tipdagi ma’lumotlarni hosil qilish, rekursiv funksiyalar 
bilan ishlash, grafik imkoniyatlarining kengligi va boshqa ko‘plab hususiyatlari bilan boshqa 
tillardaq farq qiladi. Bundan tashqari bu til zamonaviy DELPHI dasturlash muhitini o‘rganish 
uchun asosiy poydevor hisoblanadi. PASKAL dasturlash tiliga 1069 yilda TSyurixdagi 
informatika institutining hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassisi Nikolas Virt asos solgan. 1981 
yilda bu tilning halqaro standart versiyasi taklif qilingan. IBM PC kompyuterlari uchun 
BORLAND firmasi PASKAL tilining TURBO PASKAL versiyasi ishlab chiqildi. Hozirgacha 
TURBO PASKAL ning 7 dan ortiq versiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular halq xo‘jaligining 
turli tarmoqlari masalalarini Yechishda keng foydalanilmoqda. Jahondagi etuk dasturchilarning 
ko‘pchiligi shu tilda ijod qilishgan. TURBO PASKAL dasturlash tili EHM dasturiy ta’minotini 
hamda turli amaliy xarakterdagi dasturlar dastasini yaratishda eng ko‘p qo‘llaniladigan 
dasturlash tillaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Download 374.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling