Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari


 Translyator, interpretator va kompilyator


Download 374,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana13.09.2023
Hajmi374,78 Kb.
#1677456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Translyator, interpretator va kompilyator. 
Translyator (ingl. Translator — tarjimon) – biron-bir yuqori dasturlash tilida tuzilgan 
dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon. 
Translyatorlar kompilyator va interpretator ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Kompilyator va 
interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi. 
Kompilyator (ingl. compiler — yig‘uvchi) dasturni tulaligicha o‘qiydi va uni tarjima qiladi 
(mashina tiliga ugiradi). 


Masalan: 
Turbo Basic va Turbo Pascal 7.0 dasturlash tillari –  kompilyator hisoblanadi. 
Interpretator (ingl. interpreter — izohlovchi, og‘zaki tarjimon) dasturni tarjima qiladi va 
satrma-satr bajaradi. 
Masalan: 
Quick Basic dasturlash tillari –  kompilyator hisoblanadi. 
Dastur kompilyasiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va kompilyatorga 
ehtiyoj qolmaydi. Masalan, info.bas fayli kompilyasiya qilingandan so‘ng info.exe fayliga 
o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz xam ishlashi mumkin. Agar info.bas faylini interpretator 
qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi uchun interpretator ishga tushishi shart. SHu 
sababli kompilyator va interpretatorlarning ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi. 
Kompililyasiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilinayotgan 
dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.
Xar bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyasiya yoki 
interpretatsiyaga muljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash tili uta murakkab 
masalalar dasturini tuzishga muljallangan bo‘lib, bunday masalalarni echish uchun esa dastur 
bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab qilinadi.
Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam bosayotganlar 
uchun muljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr amalga oshirilganligi sababli 
boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba’zida bitta dasturlash tili uchun xam kompilyator, xam interpretatormavjud. Bunday 
holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan foydadlaniladi, so‘ng esa dastur ishini 
tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyasiya qilinadi. 

Download 374,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling