Rеjа: An’anaviy energiya manbalari


Download 61.42 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1578676
1   2   3   4
Bog'liq
Rеjа An’anaviy energiya manbalari

Issiqlik energetikasi. 60–yillarda respublikada elektr energiyasi xosil qilishni ko’p aytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IES ni ishga tushirish yo’nalishida olib borildi. Yirik IESlar qurilishi natijasida O’zbekiston energetika sistemasining o’rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVt ga yetdi. Yaqin yillarda Yangi Angren GRESida 8-blak va Talimarjon GRESning 1-blakini ishga tushirish rejalashtirilgan.
1.2-jadval. Respublikada eng yirik issiqlik elektr stansiyalari

Nomi

O’rnatil-gan quv-vatlari, MVt

Turbo-agregatlar soni

Qurilgan yillar

Joylashgan shaxar

Izoh

Sirdaryo GRES

3000

10

1972-1981

Shirin




Yangi Angren GRES

1800

6

1985-qurilish davom etmoqda

Nurobod

Loyiha quvvati 2400 MVt

Toshkent GRES

1860

12

1963-1971

Toshkent




Navoiy GRES

1250

11

1963-1981

Navoiy




Angren GRES

484

8

1957-1963

Angren




Taxiatosh GRES

730

5

1961-1990

Taxiatosh




Talimarjon GRES

-

-

qurilishi 1984 yilda boshlangan

Nuriston

Loyixa quvvati 3200 MVt

1.3-jadval. Yirik issiqlik elektr markazlari

Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Qurilgan yillar

Joylashgan shahri

Izohlar

Farg’ona IEM

330

1956-1979

Kirguli

Loyixa quvvati 140 MVt

Muborak IEM

60

1985-1988

Muborak


Toshkent IEM

30

1939-1954

Toshkent


Issiqlik elektr stansiyasi – organik yoqilg‘i yoqilishida ajraladigan issiqlik energiyasining elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr stansiyasidir.
Katta shaharlar issiqlik energiyasi bilan aynan IESlardan ta’minlanadi, ko‘pincha esa elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlardan (IEM) ham foydalaniladi.
Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi avvval mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantiriladi.
Bunday elektr stansiyalar uchun yoqilg‘i sifatida ko‘mir, torf, gaz, yonuvchi slaneslar, mazutdan foydalaniladi. IESlar 2 turga: faqat elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kondensatsion elektr stansiyalar (KES) va elektr energiyasidan tashqari issiq suv va bug‘ ko‘rinishidagi issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM)ga bo‘linadi.
Issiqlik kondensatsion elektr stansiyalar yuqori bo‘lmagan FIKga ega bo‘lishadi, chunki energiyaning ko‘p qismi ajraluvchi yoqilg‘i gazlari va kondensatorning sovutadigan suvi orqali yo‘qoladi.
KESlarni yoqilg‘i qazish koniga bevosita yaqin joyda barpo etish foydalidir. Shu bilan birga, elektr energiya iste’molchilari stansiyadan uzoq masofada joylashishi mumkin.
Issiqlik elektr markazi kondensatsion stansiyadan IEMda o‘rnatilgan bug‘ni ajratuvchi turbinasi bilan farq qiladi. IEMda bug‘ning bir qismi generatorda elektr energiyasini hosil qilish uchun turbinada to‘liq ishlatiladi, yuqoriroq harorat va bosimga ega ikkinchi qismi esa turbinaning oraliq pog‘onasidan ajratib olinadi va issiqlik ta’minoti uchun ishlatiladi. IEMning foydali ish koeffitsienti 60-70%ga yetadi.
IEM odatda iste’molchilar – sanoat korxonalari va turar joy massivlariga yaqin barpo etiladi. Ko‘pincha ular olib kelinadigan yoqilg‘ida ishlaydi.
Ko‘rib chiqilgan issiqlik elektr stansiyalari asosiy issiqlik agregati – bug‘ turbinaning turiga ko‘ra bug‘-turbinali stansiyalarga kiradi. Gaz-turbinali (GTQ), bug‘-gazli va dizel qurilmali issiqlik elektr stansiyalari uncha keng tarqalmagan.
Issiqlik bug‘-turbinali elektr stansiyalari ancha tejamkor hisoblanadi. Ko‘ngina IESlar yoqilg‘i sifatida ko‘mirdan foydalaniladi. 1 kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun bir necha 100 gramm ko‘mir sarf qilinadi. Bug‘ qozonida yoqilg‘idan ajraladigan energiyaning 90%dan ko‘pi bug‘ga beriladi. Turbinada bug‘ oqimining kinetik energiyasi rotorga uzatiladi.

Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling