Reja: Aniqlovchi a Sifatlovchi aniqlovchi


- mavzu: Hol, uning turlari , ravish, payt, o`rin, sabab va maqsad hollari


Download 1.95 Mb.
bet3/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1274058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili umumiy 10 talik

2- mavzu: Hol, uning turlari , ravish, payt, o`rin, sabab va maqsad hollari.
 
Reja:
1. Ravish holi 2. Payt holi 3. O‘rin holi 4. Sabab holi 5. Maqsad holi 6. Miqdor-daraja holi 7. Shart holi
8. To‘siqsizlik holi 9. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
Hol
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z birikmasi orqali ifodalanadi.
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. (S.Ahmad).
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. (J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi:
1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).
3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov).
6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov).
7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov).
2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov).
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov).

3-Mavzu: Miqdor-daraja
 
Reja:
1. Miqdor-daraja holi
2. Shart holi
3. To‘siqsizlik holi
4. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
1. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov).
4.Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o‘rnini almashtirish odatda grammatik holatni o‘zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, tog`ga qarab o‘tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib ketadi shoshilmay tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq ustidan tog`ga qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo‘laklarining o‘rinlarini almashtirish grammatik holatni o‘zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega.
O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ri yoki normativ tartib deyiladi.
Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (Y.Shukurov).
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov).
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov).
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).
She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi:
Intilar borliqni inson
Barkamol etmoq uchun.
Ne ajab, insonni borliq
Barkamol etgan emas.
(E.Vohidov.)
Agar gap bo‘laklarining normativ, to‘g‘ri tartibi o‘zgarsa, inversiya hodisasi ro‘y beradi. Inversiya hodisasi ko‘proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo‘laklarining grammatik holati o‘zgarmaydi. Masalan:. Zotiljam kasali-yu yurak siqilishi nimaligini bilmaydi o‘sha xonadon ahli. (J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap oxirida kesimdan so‘ng kelgan). Chindan ham hayvonot bog‘i desa bo‘larkan bu yerni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz to‘ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin qo‘llangan.)  Qaysi bir gazetada ota-bolaning ko‘chat ekib turgandagi surati ham e’lon qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan keyin kelgan.).


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling