Reja: Aniqlovchi a Sifatlovchi aniqlovchi


Kiritma gap va kiritma belgi


Download 1.95 Mb.
bet7/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1274058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili umumiy 10 talik

Kiritma gap va kiritma belgi
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi.
Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.)
Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi.


7-Mavzu : Bir bosh bo`lakli va ikki bosh bo`lakli gaplar, ularning turlari.
Reja:
1. Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
2. Bir bosh bo‘lakli gaplar
3. Egasi topiladigan gaplar
4. Egasi topilmaydigan gap
5. Nominativ (atov) gap
6. Infinitiv gaplar
Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir.
Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar
Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki ega tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishdi  (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa ham ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan iborat bo`lib, egani topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling