4-mavzu : Gapning uyushiq bo`laklari.
Test savollari:
1.Yuklama yordamida birikkan uyushiq bo‘lakli gapni toping.
a)Bulbul goh sayraydi, goh tinadi.
b)U she’rlarni, maqollarni chaqqonlik bilan o‘qigan hamda yod olgan.
c)Vatan va xalq - egizak.
d)U davra o‘rtasiga o‘tirdi-da, sekin so‘zlay boshladi.
2.Quyidagi gaplarning qaysi biri uyushiq bo‘lakli gap emas?
a)Berilgan gaplarning hammasi uyushiq bo‘lakli gaplardir.
b)Safsatabozlik va vaysaqilikdan hazar qil.
c)Tilning go‘zalligi uning aniqligi va mazmundorligidadir.
d)U kunlarni tiklar xayolim, yodga kelar barcha, barchasi.
3.Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim.
Gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
a)to‘ldiruvchi
b)ega
c)aniqlovchi
d)ot
4.Shu yerda, jiydazor yonidagt xilvat joyda, u menga o‘z o‘tmishini, to‘g‘rirog‘i, shu yozda boshidan kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani hikoya qilib berdi.
Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
a)hol va aniqlovchi
b)faqat to‘ldiruvchi
c)faqat aniqlovchi
d)hol va to‘ldiruvchi
5.Qaysi gapdagi aniqlovchi narsa-buyumning qarashliligini ifodalagan?
a)Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig‘ila boshladi.
b)Bu kitoblar kimniki?
c)Yangi binolar qishloqning husniga husn qo‘shmoqda.
d)Shu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi.
6.Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l so‘z turkumlari bilan ifodalangan?
a)Podsho goh kulib, goh jiddiy o‘y bilan quloq soldi.
b)U hayajon bilan, tez-tez va bo‘g‘ilib so‘zlar edi.
c)Ufqga tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg‘ish, qahrabo tusda tovlanadi.
d)Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |