Reja: Aniqlovchi a Sifatlovchi aniqlovchi


Download 1.95 Mb.
bet6/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1274058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili umumiy 10 talik

To'pim, to'p - to'p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Undalma bir so'z bilan shuningdek, so'z birikmasi bilan ifodalanadi. Bir so'z bilan ifodalangan undalma yolg'iz undalma deb yuritiladi. Masalan:
Qo'llarim gullagan edi, bahorim,
Qara, gullab turgan qo'llarim xazon. (U.A.)
So'z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deyiladi. Masalan:
Nechun bu tuproqni deb yig'ladi Furqat.
0, Koshgar tuprog'i, qishloqmiding sen. (E. V.)
Kelinglar, go'zal gullar,
Keling, oshiq bulbullar. (Sh. R.)
Undosh ma'nosim kuchaytirish uchun ba'zan undalma takrorlanadi: Qushlar, qushlar, hoy qushlar! Qanot qoqib kelinglar! (Z. D.)
Undoshni kuchli ifodalash uchun undalmaning oldidan ba'zan ey, yo. hoy kabi undovlar keladi. Bunday holatda undov bilan undalma orasiga vergul qo'yilmaydi:
Ey, quyosh, ko'rsat yuzing,
Tundan bag'ir qonlanmasin. (S. A.)
Undalma gap boshida kelsa, yozuvda undalmadan so'ng vergul qo'yiladi: O'quvchilar, topshiriqlarni o'z vaqtida bajaringiz. Agar gap boshida kelgan undalma hayajon bilan aytilsa, undan so'ng undov belgisi qo'yiladi: O'rtoqlar! Aziz o'rtoqlar! Haqiqat o'z o'rnini topdi.
Undalma gap ichida kelsa uning har ikki tomonidan vergul qo'yiladi: So'zla. ko'zgujon. haqiqatni et bayon. (P.)
Undalma gap oxirida kelsa undan oldin vergul qoyiladi: O'zbekistonni gullarga burkaylik. do'stlar! Topshiriqni o'z vaqtida bajarganingiz uchun rahmatazamatlar.
Kirish so'z va kirish birikma
So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.)
Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.)
Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling