Tuproqqa antropogen ta’sirlar
Biosferaning mineral asosi hisoblangan litosferaning yuqori qismi eng ko‘p va katta antropogen ta’sirlarga duchor bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, XXI asr boshlanishiga qadar litosferani qayta o‘zgartirish jarayonida undan 125 mlrd t ko‘mir, 32 mlrd t neft, 100 mlrd t boshqa foydali qazilmalar qazib olingan. SHuningdek, 1500 mln ga er haydalgan, 20 mln ga er botqoqlashgan, 2 mln ga er eroziyaga uchragan. Ayrim mamlakatlarda terrikonlar (kondan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumi) balandligi 300 m ga etgan bo‘lsa, oltin koni shaxtalari chuqurligi 4 km, neft koni quduqlariniki esa 6 km dan oshib ketgan.
Tuproq – atrofdagi tabiiy muhitning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri. Tuproqning asosiy ekologik vazifasi uning bitta umumlashgan ko‘rsatkichi – tuproq unumdorligi bilan tavsiflanadi.
Odatda, tuproq deyilganida er yuzasining o‘simliklar bilan qoplangan va yashash uchun turli maqsadlarda foydalaniladigan unumdor qatlami tushuniladi. Tuproq unumdorligi tuproqning o‘simlikni etarli miqdorda suv va oziq moddalar, zarur sharoitlar bilan ta’minlash xususiyatini ifodalaydi. Dehqonchilikda tuproq unumdorligi tuproqning ekin ekishga yaroqli ekanligini belgilovchi asosiy mezondir. Tuproq unumdorligi ikki xil bo‘ladi: tabiiy (tabiiy sharoitda shakllanadi) va sun’iy (agrotexnik tadbirlar vositasida odam mehnati bilan shakllanadi).
Sug‘oriladigan erlar (tuproqlar) qishloq xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. CHo‘l hududlardagi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar tarkibida chirindilar miqdori o‘rtacha 0,60-0,95 % ni, qadimdan sug‘oriladigan erlarda 0,85-1,1 % ni, o‘tloq tuproqlarda esa 1,25-1,60 % ni tashkil etadi.
Qabul qilingan tasniflashga muvofiq sug‘oriladigan erlarning unumdorlik darajasi turlari, toifalari va bonitet ballari bo‘yicha aniqlanadi (15.1-jadval).
15.1-jadval
O‘zbekistondagi sug‘oriladigan erlarda tuproqlarning unumdorlik darajasi (turlari, toifalari va bonitet ballari bo‘yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: |