Reja: Asosiy qism edafik omillar haqida tushuncha. Tuproqning eng muhim ekologik omillari


Download 50.37 Kb.
bet4/6
Sana18.10.2023
Hajmi50.37 Kb.
#1708315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdiyeva S. Edafik omillar

Tuproqlar unumdorligi turlari va toifalari (ga hisobida)

yomon

o‘rtadan past

o‘rta

yaxshi

juda yaxshi

I
toifa

II
toifa

III
toifa

IV
toifa

V
toifa

VI
toifa

VII
toifa

VIII
toifa

IX
toifa

X
toifa

0

9762

120446

754684

962047

776152

599689

300405

81329

2364

Toifalarga muvofiq bonitet ballari va ularning salmog‘i (% hisobida)

0-10

11-20

21-30

31-40

41-50

51-60

61-70

71-80

81-90

91-100

0

0,2

3,4

20,9

26,7

21,5

16,6

8,3

2,3

0,1

3. Biotik omillar va finoendifikatsiya

Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga taʼsiri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan boʻladi. Biotik omillar har xil turdagi tirik organizmlarning oʻzaro taʼsiridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi.


Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va boshqa ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b.(nima õzi bu )sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Masalan, dukkakli oʻsimliklar (beda va boshqalar) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va boshqa organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi. Biotik omillar har doim muhitning abiotik omillari taʼsiriga uchraydi va oʻz navbatida unga faol taʼsir etib, uni oʻzgartirib boradi. 
Suv rejimi sug‘orish kanallaridagi minerallashgan suvlar yoki er osti suvlari bilan sun’iy o‘zgartirilganda suvda oson eruvchan tuzlarning tuproqda to‘planishi tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi deyiladi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan erlar qariyb 50 foiz
sho‘rlangan. SHo‘rlangan tuproqlar tarkibidagi tuz miqdoriga ko‘ra kam
sho‘rlangan (0,3-1 %), o‘rtacha sho‘rlangan (1-2 %), kuchli
sho‘rlangan (2-3 %) va sho‘rxoklarga (3 % dan ko‘p) bo‘linadi. Quyi Amu­­daryo hududida, ayniqsa, Qoraqal­pog‘iston Respubli­kasida kuchli sho‘rlangan (38,8 %) tuproqlar keng tarqalgan. SHo‘rlangan tuproqlar tarkibida ozuqa birikmalaridan tashqari suvda oson eriydigan har xil tuzlar bo‘ladi.
Tuproqlar nafaqat tabiiy-iqlim sharoitiga (bug‘la­nish, quruq atmosfera yog‘inlari, sho‘r sizot suvlari er yuzasiga yaqinligi, sho‘rsevar o‘simliklar qoldiqlari va sh.k.) ko‘ra, balki sug‘orish kanallarida gidroizolyasiya yo‘qligi, dalalarni kollektor-zovur tizimisiz minerallashgan suv bilan me’yoridan ortiq sug‘orish kabi noto‘g‘ri agroirrigatsiya ishlari tufayli ham sho‘rlanishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yuqorida ta’kidlangan omillar ta’sirida sug‘oriladigan erlarda tuzlarning yillik to‘planishi gektariga o‘rtacha 10-30 tonnani tashkil qiladi. Tuproqda sho‘rlanishning ortishi ekin hosildorligini pasaytiradi. Xususan, mazkur hududlarda keyingi o‘n yillikda sug‘oriladigan erlarda tuproqlar sho‘rlanishi va shu kabi omillar ta’sirida paxta hosildorligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida gektariga 30-34 sentnerdan 14-24 sentnerga, Xorazm viloyatida esa gektariga 39-41 sentnerdan 25-33 sentnergacha kamayib ketgan. Bu holat dehqonchilik va ekologik vaziyat talab­­lariga javob bermaydi va tuproqlarning yanada emirilishiga olib kelishi mumkin.
Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi asosan sug‘orishga bog‘liq. Bunda kanallar, ariqlar va egatlardan tuproqning quyi qatlamga shimilayotgan suvlar sizot suvlari sathining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi sodir bo‘ladi. Ariqlar va kanallarda suvning filtrlanishi natijasida o‘rtacha 35-40 % suv yo‘qotiladi va ularning foydali ish ko­effitsienti past bo‘ladi. Erlarni sug‘orish (sho‘r yuvish) davrida qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, bug‘doy va sh.k.) dalalarida er yuzasidan o‘rtacha 1,0 -1,5 m chuqurlikda joylashgan er osti sizot suv­lari ko‘tarilishining oldini olish uchun suv sathini pasaytirish, kollektor-zovur tarmoqlari zichligini oshirish, ularni loyqalardan tozalash, agrotexnika tadbirlariga rioya etish, suv-er resurslaridan oqilona foydalanish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Tuproqlar sho‘rlanishining oldini olish va sho‘r yuvishning hozirda keng qo‘llanayotgan sinalgan tizimi chuqur vertikal va gorizontal drenajlar o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish hisoblanadi. SHo‘rlanishni to‘xtatish uchun drenaj tizimini barpo qilishdan tashqari irrigatsiya kanallarini betonlashtirish, suvlarni ekin dalalarilarga beton ariq-lotoklar orqali chiqarish, sug‘orish me’yoriga qat’iy amal qilish lozim bo‘ladi.
CHo‘lga aylanish jarayoni 

Download 50.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling