Reja: Asosiy qism edafik omillar haqida tushuncha. Tuproqning eng muhim ekologik omillari


Download 50.37 Kb.
bet5/6
Sana18.10.2023
Hajmi50.37 Kb.
#1708315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdiyeva S. Edafik omillar

CHo‘lga aylanish deganda, ayrim hududlarda tabiiy va antropogen omillar ta’sirida tuproqlar, biota va mavjud ekologik tizimning tanazzulga yuz tutishi va oqibatda tabiiy-iqtisodiy salohiyatning pasayishi tushuniladi. Butun jahonda 1 mlrd ga er cho‘lga aylanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
CHo‘lga aylanish jarayonining asosiy omillari va sabablari quyidagilardan iborat:
1)  tabiiy omillar va sabablar:
 noqulay iqlim (uzoq davom qiladigan qurg‘oqchilik);
 tuproqlarning sho‘rlanishi;
 engil (qumli-qumoq) tuproqlarning ko‘pligi;
er osti suvlarining pasayishi;
 shamol va suv eroziyasi;
2) antropogen omillar va sabablar:
 daraxtlarning kamayishi (daraxt va butalarni kesish);
 yaylovlarga ortiq darajada ta’sir ko‘rsatish (chorvani ortiqcha o‘tlatish, boqish);
 erlarni me’yoridan ortiq haydash (shudgor qilish), deflyasiya va tuproq sho‘rlanishining tezlashuvi;
 suvdan noto‘g‘ri foydalanish, er osti suvlarining pasayishi;
 o‘tgan yilgi quruq o‘tlarni yoqish.
Afrikadagi Sahroi Kabirda joylashgan Senegal, Nigeriya, Mali davlatlari, Rossiya Federatsiyasida Astraxan viloyati, Qozog‘istonda Balxashbo‘yi va SHimoliy Orolbo‘yi, O‘zbekistonda Janubiy Orolbo‘yi hududlarida u yoki bu darajada cho‘lga aylanish jarayoni kuzatilmoqda.
Janubiy Orolbo‘yi hududidagi cho‘lga aylanish jarayoni dolzarb masalalardan biri bo‘lib, Quyi Amudaryo mintaqasidagi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi muammosining bir qismi hisoblanadi.
Quyi Amudaryo mintaqasida cho‘lga aylanish jarayoniga Orol dengizining qurishi, Quyi Amudaryoda suv taqchilligi, mahalliy tabiiy resurslardan (suv, tuproq, o‘simliklar dunyosi va sh.k.) noto‘g‘ri foydalanish va erlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Mintaqada aholisi sonining uzluksiz o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi va tabiiy resurslardan yuqori sur’atda samarasiz foydalanish landshaftlarga odam xo‘jalik faoliyatining ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkin.

Download 50.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling