Reja: Asosiy qism edafik omillar haqida tushuncha. Tuproqning eng muhim ekologik omillari


Tuproqning eng muhim ekologik omillari


Download 50.37 Kb.
bet2/6
Sana18.10.2023
Hajmi50.37 Kb.
#1708315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdiyeva S. Edafik omillar

2. Tuproqning eng muhim ekologik omillari
Tuproqning fizik va kimyoviy omillari uning eng muhim ekologik omillari hisoblanadi.
Tuproqning namligi, harorati, tuzilishi va g‘ovakligiga tuproq-ning fizik omillari deyiladi.
Tuproq namligi suvning fizik holati va o‘simliklar ildiz tizimi-ning suvni so‘rish kuchiga bog‘liq. O‘simliklar ildizi asosan erkin suvni o‘zlashtiradi, biroq ular g‘ovaklar orqali chuqur sathlarga tezda o‘tib ketadi. YUpqa parda hosil qilib, tuproq zarrachalari yuzasi bi-lan mahkam bog‘langan suvning bir qismidan o‘simlik ildizi amalda foydalanmaydi. Namning foydali bo‘lishi tuproq­ning suvni tutib qolish xususiyatiga bog‘liqdir. Tuproqning suvni tutib qolish kuchiga, sathlari tuzilishi va g‘ovakligiga bog‘liq holda loyli va quruq tuproq-lar farqlanadi. Tuproqda namlik juda kam bo‘lsa, o‘simliklar nobud bo‘ladi, gigrofill organizmlar (masalan, yomg‘ir chuvalchangi) namli chuqur sathlarga ko‘chib o‘tadi. 
Tuproq harorati tashqi haroratga bog‘liq, ammo uning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati pastligi tufayli harorat rejimi etarli darajada barqaror bo‘ladi va 33-35 santimetr chuqurlikda 2°C dan kam bo‘lmagan haro­rat saqlanadi. Bu harorat tuproqda yashovchi jonivorlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuproqning tuzilishi hamda g‘ovakligi uning havoga to‘yinishini ta’minlaydi. Tuproqda turli chuvalchanglar faol harakat qilib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, uning g‘ovakligini oshiradi. Zich­lashgan tuproqlar havoga etarli to‘yina olmaydi va bunda kis­lorod cheklovchi omilga aylanishi mumkin.
Tuproq muhiti reaksiyasi va uning sho‘rlanishi tuproqning kimyo-viy omillariga taalluqlidir.
Muhit reaksiyasi – aksariyat o‘simliklar va hayvonlar uchun muhim omil. Quruq iqlim sharoitida neytral va ishqorli tuproqlar, sernam mintaqalarda nordon tuproqlar ko‘p uchraydi. Aksariyat boshoqli o‘simliklar neytral (pH = 7) va kuchsiz ishqorli (pH = 7-8) tuproqlar-da yaxshi hosil beradi (masalan, bug‘doy, arpa va sh.k.).
Tuproqning sho‘rlanishi – tuproqda er osti suvlarining bug‘lanishi va tub jinslar sho‘rligi natijasida erigan tuzlarning to‘planishini (sho‘rxoklanishni) keltirib chiqaruvchi tabiiy jarayon. Tabiiy sho‘r-lanish asosan er osti suvlarining bug‘­lanishi tufayli sodir bo‘ladi. 
Tuproqning sho‘rlanishi suvda eriydigan tuzlar (xloridlar, sul­fatlar, karbonatlar) salmog‘ining ortiqchaligi bilan tavsiflanadi. SHo‘rlangan tuproqlar ishqorli (pH > 8) bo‘lib, tarkibida tez eruvchi tuzlar, karbonatlar va gips miqdori me’yoridan ortiq bo‘ladi.
Tuproqdagi tuzlarning tarkibiga qarab sho‘rlanish turlari ham har xil bo‘ladi. SHo‘rlanish turlari xlor ionining sulfat ioniga nisbati orqali farqlanadi. Agar bu nisbat ko‘rsatkichi: 2 dan katta bo‘lsa, xlorli sho‘rlanish; 1-2 bo‘lsa, sulfatli-xlorli sho‘rlanish; 0,2-1 bo‘lsa, xlorli-sulfatli sho‘rlanish; 0,2 dan kichik bo‘lsa, sulfatli sho‘rlanish deyiladi. SHo‘rlanish turlariga muvofiq holda sho‘rlanish darajalari (sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli sho‘rlangan, ya’ni sho‘rxok) aniqlanadi.
SHo‘rlangan tuproqlarning florasi hamda faunasi o‘ziga xos bo‘lib, o‘simliklari tuproqdagi tuzlar tarkibi va miqdoriga chidamli bo‘la-di. Biroq turli o‘simliklar tuproqdagi tuzlarga turlicha mos­lashadi. Tuzga chidamli o‘simliklar galofitlar deb ata­ladi. Galofitlarning ayrim turlari 20 % dan ortiq tuzga to‘yinganlik darajasiga chidaydi. Ayni paytda, yomg‘ir chuvalchangi sho‘r­lanishning eng kam darajasiga ham chiday olmaydi. Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari (masalan, g‘o‘za, kartoshka, pomi­dor va sh.k.) hosildorligiga salbiy ta’-sir ko‘rsatadi.
Tuproq unumdorligi pasayishiga olib keluvchi tabiiy jarayonlar yoki tuproqdan nooqilona foydalanish tufayli tuproq tarkibidagi ozuqa moddalari kamayib ketishi oqibatida tuproqning kuchsizlani-shi sodir bo‘ladi. Tuproqning yuza qismida uning rangi o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi suvo‘tlar va boshqa ayrim mikroorganizmlarning yalpi rivojlanishi tufayli tuproqning «gullashi» kuzatilishi mumkin. Bu hodisa tuproqda suv rejimi buzilishidan, uning biologik xususiyat-lari o‘zgarishidan va kimyoviy ifloslanishidan darak beradi.

Download 50.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling