Reja: Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi


Download 20.91 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi20.91 Kb.
#1502903
Bog'liq
5 mt referat


Mavzu: 7-sinfdа аtоm mоlеkulyar tа’limоt vа kimyoning аsоsiy tushunchа qоnunlаrini o‘qitish mеtоdikаsi.
Reja:
1. Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi
2. Olimlarning atom tuzilishi haqidagi fikrlari
3. Atom va uning tuzilishi
4. Kimyoviy element. Kimyoviy belgi
5. Kimyoning asosiy qonunlari

Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi


Atom atamasi qadimgi yunon tilida “atomos” – “bo‘linmas” ma’nosidagi so‘z dan olingan bo‘lib, kelib chiqishi qadimgi yunon faylasuflarining moddaning eng kichik bo‘linmas zarrasi haqidagi fikrlariga borib taqaladi.
Levkipp (miloddan avvalgi 500–200-yillar) dunyo eng kichik zarralar va bo‘shliqdan iborat, deb ta’kidlagan. Demokrit (Aflotun) (mil.av. 460–370-yillar) moddalar mayda bo‘linmas zarrachalardan iborat deb hisoblagan. Agar mis bo‘lagi mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linaversa, u oxiri bo‘lib bo‘lmaydigan nuqtaga yetadi. Demokrit shu zarralarni atomlar deb atagan. Uning fikricha, materiya diskretdir Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384–322) materiya uzluksiz ekanini ta’kidlagan
Ar-Roziy Aristotelning to‘rt unsur haqidagi nazariyasini alkimyoning bosh nazariyasi – atomistik g‘oyalar bilan birlashtirgan. Ar-Roziyning “Sirlar kitobi” asari olam va uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlar bilan boshlanadi. Ar-Roziy moddalar abadiy va o‘zgarmas zarrachalar (ya’ni atomlar) va ular orasidagi bo‘shliqlardan iborat, bu zarrachalar, albatta, o‘z o‘lchamlariga ega, deya ta’kidlaydi.
M.V.Lomonosovning atom tuzilishi haqida
Rus olimi М. V. Lomonosov ko‘pgina asarlarida (1741) atom tuzilishi haqida yozadi. Lomonosov ta’limotining mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish mumkin:
1. Barcha moddalar “korpuskula” lardan iborat bo’lib, ular bir- biridan oraliq – fazo bilan ajralgan. (Lomonosovning “korpuskula” termini xozirgi “molekula” ma’nosini beradi);
2. “korpuskula” lar “element” lardan tashkil topgan (Lomonosovning “element” tushunchasi xozirgi “atom” ma`nosiga ega.);
3. “korpuskulalar” va “elementlar”to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
4. “elementlar” aniq massa va o’lchamga ega;
5. Oddiy moddalarning “korpuskulalari” bir xil elementlardan, murakkab moddalarning “korpuskulalari” turli elementlardan tuzilgan.
1808 yilda Atom-molekulyar ta`limotni yanada rivojlantirdi.
moddalar nihoyatda mayda zarrachalar – atomlardan tuzilgan, atom yanada kichik zarrachalarga bo’lina olmaydi;
har qanday kimyoviy element faqat o’ziga xos “oddiy” atomlardan tuzilgan bo’lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o’ziga xos massa va o’lchamga ega;
kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning “oddiy” atomlari o’zaro aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, “murakkab” atomlarni xosil qiladi;
faqat boshqa–boshqa xossalarga ega bo’lgan atomlar o’zaro birika oladi, bir elementning atomlari xech qachon o’zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular faqat bir biridan itariladi.
Muhokama qiling
1. Ko‘rsatilgan model vodorod va kislorod atomlaridan suv hosil bo‘lishini ifodalaydi.
2. Suv hosil qilishi uchun kislorod atomiga qancha vodorod atomi kerak?
3. Siz buni Dalton atom nazariyasining qaysi bayonotiga bog‘laysiz?


Kimyoviy element. Kimyoviy belgi.
1813-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berseliusning taklifi ga ko‘ra, kimyoviy belgi – elementning lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi ga keyingi harfl ardan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi. Alkimyogarlar tabiatda o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan sayyoralar soniga ko‘ra bor-yo‘g‘i yettita metall borligiga ishonishgan va bu yetti metall insonning muhiti, uning ruhiy holati, haftaning kuni va makon bilan bog‘liq deb hisoblashgan. Shuning uchun metallarga tegishli sayyoralarning nomlari berilgan ega edi Koinotda eng ko‘p tarqalgan element vodorod (massa bo‘yicha 74%). U Katta portlashdan saqlanib qolgan. Vodorodning arzimas qismigina yulduzlarda og‘irroq elementlarga aylana oldi. Yerda eng keng tarqalgan element – kislorod (46–47%). Uning katta qismi oksidlar, birinchi navbatda kremniy oksidi (SiO2) shaklida bog‘langan
Kimyoning asosiy qonunlari.
1. Massaning saqlanish qonuni M.V. Lomonosov tomonidan kashf etilgan: “Rеaktsiyaga kirgan moddalarning massasi rеaktsiya natijasida xosil bo’lgan moddalarning massasiga xamma vaqt tеng”.
2. Tarkibning doimiylik qonuni: Xar qanday kimyoviy toza birikma qaysi еrda va qanday usulda olinmasin, uning tarkibi o'zgarmaydi. “Murakkab modda xosil bo'lishida elеmеntlar bir-biri bilan xamma vaqt ma'lum og`irlik nisbatda birikadi” Ms: H2O - 89% O2 va 11% H2. 1000C muzlaydi 1000C qaynaydi.
3. Ekvivalеntlar qonuni: Elеmеntning 8 og’irlik qism kislorod va 1 og’irlik qism vodorod bilan birikadigan yoki birikmalarda shuncha kislorod yoki vodorod o’rnini oladigan modda miqdori shu elеmеntning ekvivalеnti dеb ataladi. Rеaktsiyaga kirishuvchi moddalar massasi shu moddaning kimyoviy ekvivalеntiga proportsionaldir.
4. Avagadro qonuni. Bir xil sharoitda bir xil hajmdagi turli xil gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi.
Download 20.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling