Reja: Avloniyning hayot yo’li. Avloniyning darsliklari haqida. Avloniy ma`rifatparvar Shoir
Download 63.44 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoirning ijodi haqida. Tayanch tushunchalar
- Turon e
- Turonlig... («Uyonmaz ersa millat» She`ridan) Yosh-qari qadrini bil, Turon e
- Turkiston
- Movarounnahrdur
Mavzu: ABDULLA AVLONIY, TAVALLO, SIDQIY-XONDAYLIQIY VA SO`FIZODA IJODI. ning hayoti va ijodi. Reja: Avloniyning hayot yo’li. Avloniyning darsliklari haqida. Avloniy ma`rifatparvar Shoir. Tavalloning hayot yo’li. Shoirning ijodi haqida. Tayanch tushunchalar: jadidchilik,”Usulijadid” maktablari, madrasa, islohot, Sharq va G’arb ma`rifatchiligi, darslik, tarjima, o`quv qo`llanma, ma`rifat, inqilob, nashriyot, gazeta, jurnal. Tavallo, Sidqiy-Xondayliqiy, So`fizoda, ijodi, hayoti, merosi, qarashlari, badiiy mahorati. Abdulla Avloniy 1878 yilning 12 iYulida Toshkentda Mergancha mahallasida dunyoga keldi. Bobosi Mirne`matboy asli o`qchi-yoychilardan edi. Otasi Miravlon aka mayda hunarmandlik — tukuvchilik bilan shug`ullangan. Piyonbozorda (hozirgi Navoiy teatri maydoni), Yarmarka bozorda (hozirgi San`at mo`zeyi atrofi) bo`z va chit bilan savdo qilardi. «Onamning oti Fotimadir», deb yozadi adib o`z tarjimai holida. Abdulla 7 yoahdan O`qchidagi eski maktabda Akramxon domlada savod chiqardi. 1890 yilda shu mahalladagi madrasaga o`tdi. Song Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxundda tahsil ko`rdi. Ammo tirikchilikning og`irlashuvi o`qishga imkon bermaydi. «1891 yildan boshlab, faqat qish kunlarida o`qub, boshqa fasllarda mardikor ishladim» — deb yozadi Avloniy. Ko`p o`tmay, bu ham barham topdi. U butunlay ishga sho`ng`ib ketdi. O`zi aytganidek «binokor»likni o`rgandi, «G`isht qo`yish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ishlari» bilan mashg`ul bo`ldi. Adabiyotga havas unda shu yillari uyg`ondi. 1900 yilda Avloniy Toshkentlik savdogar bir xonadonning Salomatxon degan qiziga uylanadi. Shu yili otasi vafot etadi. Hozirgi Mirobod mahallasi o`rnida Mirne`matboyning bor hovlisi bo`lgan. Toshkent bosib olinib, Turkiston general gubernatorligining markaziga aylantirilgach, Mirobod shaharning yangi — «rus» qismiga qo`shib olinadi va turli imoratlar, korxonalar qurish uchun bo`lib beriladi. Sapyorniy, Gospital’niy ko`chalari paydo bo`ladi. Miravlonboyning ikki o`g`li — Abdulla va Mirsiddiq ham shu erda hovli-joy qiladilar. Sapyorlar kuchasida 70, 72, 74-uylar qad ko`taradi. Abdulla Avloniyning o`z qo`li bilan ko`rilgan, juda ko`plab voqealarga guvoh bo`lgan 74-uy keyingi yillarda shaharni qayta qurish davrida buzilib ketdi. 1904 yilda Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi. 1907 yilda o`z hovlisida «Shuhrat» gazetasini chiqara boshlaydi. Gazetaning yo`li ayon bo`lishi bilan do`stidan dushmani ko`paydi. Natijada 10-soni chiqib bekildi. So`nggi 14 fevral’ 10-sonida «Danusi namima» (chaqma-chaqarlik) sarlavhasi bilan idoraning bir xabari bosilgan. Unda shunday gaplar bor: «Eshitilmish xabarlarga qaragonda o`z musulmonlarimizdan ba`zi «danuschi» hammomlar paydo bo`lib, gazetamizdan «nachal’stvo»ga «danus» qolmak fikrida elka qilgon emishlar... Gazetamizning maslaki mishiy, betaraf siyosiy o`lub, «umerenno-progressivnaya politicheskaya» gazetadur. Yozgon maqolalarimiz ham ushbu maslakimiz o`lg`on e`tidod va haqqoniyat doirasida o`lub, nozir va senzurlar tarafidan hadik o`zra tarjima qilinub, tegishli mahkamalarda ko`rilub turilibdur. Shul sababli «nachal’stvo»ning sizni(ng) «danus»larga hech bir ehtiyoji yo`qdur». Gazetaning yopilishiga qaraganda, bu «danus»larga «ehtiyoj» bo`lgan ko`rinadi. Va, ehtimolki, ular gazetaning taqdirini hal qilganlar. Avloniy gazetaning yopilishini o`z tarjimai holida «yashirin tashkilotlar» bilan aloqaga, «Rafiq Sobirov» deganning xiyonatiga bog`laydi. Xullas, gazeta yopildi. Redaksiya asbob-ashyolari, qog`ozlar va materiallar hammasi musodara qilindi. Lekin Avloniy bo`sh kelmadi. A.Bektemirov nomiga ruxsat olib «Osiyo»ni chiqara boshladi. Shoir ta`kidlaganidek buning idorasi ham uning uyida (Sapyornaya, 26)' joylashgan edi. Bu gazetalar o’zbek milliy matbuotining dastlabki namunalari bo`lishi bilan ham muhim edi. 1914—15 yillarda advokat Ubaydulla Xo`jaev bilan «Sadoyi Turkiston» gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi She`r va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub. Bu hol uning tahririyatdagi mavqe`-e`tiborining ancha baland bo`lganligini ko`rsatadi. Lekin gazeta o`zoq davom etmadi. 66 soni chiqib, moddiy ahvolning tangligidan yotib qoldi. Umuman, Avloniy 1904-1905 yillardan ham ijodiy, ham amaliy ish bilan qizg`in shug`ullandi. O`z She`rlarini «Hijron» taxallusi bilan e`lon qildi. Maqolalarini esa «Mulla Abdulla», «Avloniy», «Abdulla Avloniy» nomlari bilan bostirdi. So`ngroq uning ko`p ishlatgan laqablaridan biri «Indamas» bo`lgan edi. 1909 yilda «Jamiyati xayriya» ochdi va mahalliy xalq bolalarining o`qib bilim olishi uchun pul yig`ib, maktablarga tarqatdi. Bu haqda hatto Orenburgdagi «Vaqt» gazetasi yozib chiqdi. 1913 yilning oxirida Toshkentlik mashhur jadidlar-taraqqiyparvarlarning taShabbusi bilan «Turon» jamiyati maydonga keldi. Uning muassislaridan biri Avloniy edi. Jamiyat qoshida teatr truppasi to`zildi. Avloniy truppasi sahnalaShtirgan birinchi asar Bexbudiyning «Padarkush»i bo`ldi. 1914 yil 27 fevral Toshkentning 2000 kishilik muhtaSham «Kolizey» teatri tomoShabinlar bilan to`la. Galereya va yo`laklarda ham odam qaynaydi... Sahna ochiladi. O`rta bo`y, miqti, evropacha kiyingan kishi paydo bo`ladi. - «Muhtaram jamoat! - gap boshlaydi u. - Bugun toshkand xalqi hayotida tarixiy kundir...» Notiq teatr va uning jamiyat hayotidagi o`rni haqida so`zlaydi. Tomoshabinlar uning har bir gapini berilib tinglaydilar. Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?!», «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki sevgi», «Partugaliya inqilobi» kabi dramalar yozdi, «Kotili Karima», «Uy tarbiyachisining bir Shakli» «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Xur-xur», «Jaholat», «O`liklar» kabi saxna asarlarini tatarcha, ozarboyjonchadan tarjima qildi. Afsuski, bo`larning hech biri o`z davrida bosilgan emas. To`gri, ularning ko`pchiligi badiiy zaif. Qoralamaga o`xshaydi. Hatto shunday taassurot tug`iladi-ki, muallif biror mavzuga zarurat sezganu, oyok ustida yozib kuyashgan. Bir nafasda, bir o`tirishda yozgan. Bu asarlarning o`z davrida ahamiyati katta bo`lgan. Undan ayrimlari 1979-1998 yilda nashr qilindi. 1916 yilda Toshkentda bo`lgan taniqli Sharq tpunasi A. Samoylovich «Kolizey»da Avloniy tarjima qilib sahnalashtirgan «O`liklar» (Jalil Mamadqulizoda asari)ni ko`rib, o`z taassurotlarini shunday yozgan edi: «Toshkentning ulkan «Kolizey» teatrida ozarboyjonchadan sart tiliga tarjima qilingan «O`liklar» p’esasi qo`yildi. Ijro juda yaxshi edi...». To`g`ri, Tavallo yozganidek teatr «taraqqiyning xabari», «millatning hayot asari» edi. Lekin, umuman olganda, teatrchilik ishlari oson kechgan emas. «Kimiki sahnada ko`rsang, ani jasorati bu!» deganda Tavallo mutlaq haq edi. «1915 yidda mahalla xalqi domlamiz «teatrchi» bo`ldi», «masxaraboz bo`ldi», — deb meni maktabdan qo`vib, Mirobod mahallasidagi boshlang`ich maktabni yopdilar», - deb yozadi Avloniy o`z tarjimai holida. Ikkinchi tomovdan hukumat siqardi. Teatrchiliknigina emas, yangi maktabni ham. «Usuli jadid», «usuli savtiya» nomi bilan tarixga kirgan bu maktablar aslida chinakam fidoyilik namunalari edi. Shularga qaramay, Avloniy ijtimoiy faoliyatda qizg`in davom etdi. Jumladan, uning Shu yillari «Nashriyot», «Maktab» kabi shirkatlar tuzishda bosh-qosh bo`lganini eslash kifoya. Adib bo`larni keyinroq o`z tarjimai holida shunday izohlaydi: «Bu vaqtlarda bizning maqsadimiz zohirda teatru bo`lsa ham botinda Turkiston yoshlarin siyosiy jihatdan birlashtiruv va inqilobga hozirlov edi». Ushbu jamiyatlarning ishtirokchilari, xususan, Munavvarqori, Shoir Tavallo, Nizomiddin Xo`jaev, Ubaydullo Xo`ja, aka-uka Saidazimboevlar Turkistonning ma`lum va mashhur kishilari edilar. Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin «Yashasin xalq jumhuriyati!» shiori ostida «Turon» gazetasini chiqardi. Gazeta o`z maslak-maqsadini «Musulmonlar orasida ko`p yillardan beri davom ulan umumga zo`rlik bid`at odatlarni bitirmak kelajakda bo`ladurg`on jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq» deb e`lon qildi. Biroq gazeta juda katta qiyinchiliklar bilan dunyo yo`zini ko`radi; 2-sonidayoq Mirmuhsinning bir maqolasi atrofida janjal chiqadi. Muharrirni vazifasidan chetlatadilar, eskiparast ulamolar matbaa egalarining uylariga vakillar Yuborib, «agarda siz Avloniy gazetasin matbaangizga bossangiz, o`lsangiz sizga janoza o`qugmasmiz» deb qo`rqiitib, gazetani yakkalab qo`yadilar. Avloniy Tiflisdan «Mulla Nasriddin» matbaasidan harf va harf teruvchi olib keladi. Baribir yo`l bermaydilar. Avloniy gazetadan ketishga majbur bo`ladi. Gazeta boykot qilindi. Bu hodisa katta shov-shuvga sabab bo`ldi. «Ulug` Turkiston» gazetasida Andijon tatar musulmon «Jamiyati xayriya»si nomidan Hofiz Yamgulatov, o’zbek (turk) yoshlari nomidan Abdulhamid Sulaymoniy (Cho’lpon)lar imzo chekkan «Turkiston Protopopovlari» (Aleksandr Dmitrievich Protopopov, 1917 yillardagi Rusiya ichki ishlar ministri - B. K) degan keskin «protest» bosildi. Orenburg va Ufada chiqib turgan gazeta va jurnallar ham bu sharmandali voqeani butun tafsilotlari bilan yoritgan va Mirmuhsin bilan Avloniyni himoya qilib chiqqan edilar. 1917 yilning aprel-may oylarida Turkistonning juda ko`p shaharlarida mahalliy mehnatkashlarning kasaba uYushmalari va tashkilotlari maydonga keldi. Masalan, Toshkentdagi mingga yaqin o’zbek ishchisini jipslaShtirgan binokorlar (Ustalar jamiyati, taShabbuskorlari: olmazorlik Ochil Bobojonov, merganchalik Sultonxo`ja Qosimxo`jaev), qora ishchilar (oxungo`zarlik A. AbduraShidov), metallistlar soyo`zi (Qulmat Xolmuhamedov) shundaylardan edi. Avloniy «1917 yilda Toshkentda erli xalqlar orasida boshliq bo`lib, «O`qituvchilar soyo`zi» va boshqa bir necha rabochiy soyo`zlar tashkil qildim», - deb yozadi o`z tarjimai holida. May oyidan urush orqasidagi qora xizmatga olingan mardikorlar qaytib kela boshladilar. Ularning uYushmalari paydo bo`ldi. Avloniy ularda ishtirok etdi. 6 iYunda Toshkent ishchi va soldat deputatlari Sovetiga saylanib, eski shahar oziq-ovqat komissiyasi a`zosi qilib tasdiqlandi. Shu yilning 30 sentyabridan 10 oktyabrigacha bo`lib o`tgan ishchi s`ezdiga vakil saylandi. Bu tashkilotlarda eserlarning ta`siri kuchli edi. eserlarning o`zida ham kelishmovchiliklar yo`z berib, «sud» guruhi ajralib chiqdi. Avloniyning inqilob bilan bog`lik jushqin she`r va makrlari, ayniqsa «Ikki sevgi» nomli dramasi uning eserlar harakatiga unchalik befarq bo`lmaganini ko`rsatadi. Lekin eserlarning ayni shu paytlari Ettisuvda qazoq va qirg`izlarning hosildor erlarini tortib olib joylashayotgan rus muhojirlarini qo`llab-quvvatlashlari mahalliy ziyolilarni ulardan sovutdi. Bol’sheviklar esa bundam ustalik bilan foydalandilar. Ularni o`zlariga qo`shib olib, vaziyatga hokim bo`ldilar va pirovard-oqibatda hokimiyatni qo`lga kiritdilar. Avloniy davrning mana shu shiddatli oqimi izmida borar edi. Maktab ishi, xalq orasida ma`rifat tarqatish Avloniyning 1917 yilgacha bo`lgan faoliyatining bosh yo`nalishini tashkil qildi. U bu yo`lda katta fidoyilik ko`rsatdi. Shoirning Mirobodda katta qiyinchiliklar bilan ochgan maktabi butun Toshkentda dovruq qozondi. Lekin ish og`ir kechdi. Chor mustamlakachilik siyosatini og`ishmay amalga oshirib borayotgan o`lka ma`muriyati maktab masalasida qattiq turdi. Har bir yangi usuldagi maktabning o`qituvchilarigina emas (ularning uy adreslarigacha talab etilgan), o`quvchilarning ham kimligi, ayniqsa, dastur va darsliklar hamda ularning mualliflari qat`iy nazorat qilindi. Avloniy shaxsiy arxivida saqlanib qolgan Sirdaryo viloyat xalq maktablari nozirining 1914 yil 19 fevral’ 538 hamda 24 maydagi 1118 raqamli talabnomalari (chamasi, bunday hujjatlar har yili to`ldirib borilgan) shundan darak beradi. 1908 yilda Avloniyning Miroboddagi maktabi yopildi. Buning sabablari ko`p bo`lishi kerak Avloniy, nazarimizda, o`z tarjimai holida Shulardan bittasini tilga oladi: «Maktabimda er, odamlar, tog-toShlar, daryo, osmon haqinda suhbatlar o`tkazmoqda harakat qilganimni Mirobod johil kishilari bilishib, meni kofir bo`lding deb, maktabimni yopdilar...» Adib 1909 yilda Degrez mahallasida yana maktab ochadi. Avloniy dars berish jarayonida ochilayotgan yangi usuldagi maktablar uchun har jihatdan qulay bo`lgan ko`plab darsliklar yaratish zaruriyatini his qiladi. U yozadi: «Bizim Turkiston makotibi islomiyasinda avvaldan oxira qadar ta`lim ulinajak kitoblar: «Sabotul-ojizin», «Fo`zuliy», «Navoiy», «Xo`ja Xofiz», «Bedil», «Maslakul-muttakiyn»lar kabi she`r kitoblari uldigi jumlaning malumidir. Bu kitoblarning ba`zilari e`tiqod va amaliyoti islomga taalluq mushkul masalalardan iborat o`lg`onlaridin homda aksarlari forsiy tilda yozilg`onlari uchun yosh bolalarning onlardan istifodalari, bir narsa anglamoqdari imkon xorijinda edi». Shuning uchun ham adibning 1909-17 yillar davomida maxsus maktab bolalari uchun yozilgan o`ndan ortiq kitobi maydonga keldi. Uning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq», «Maktab gulistoni» singari darsliklari, «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» to`plami 10-yillarda bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko`p yangi usul maktablari uchun qo`llanma bo`lib xizmat etdi. «Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochizonalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur muallimlari dars jadvalina kiritub, maydoni ta`lima qo`ydilar»,-deb yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan. Ma`lum sabablarga ko`ra, bosilmay qolgan «Uchinchi muallim», «Maktab jug`rofiyasi», «Hisob masalalari» singari darslik kitoblari haqida ham adibning zamondoshlari juda iliq fikrlarni aytadilar. Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun to`zilgan alifbelar anchagina bor. Agar uning ro`yxatiga nazar solinsa, boshida, shubhasiz, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval»i bilan Munavvarqorining «Adibi avval»i turadi. Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o`zining ma`lum o`rniga ega. «Birinchi muallim» 1917 yilga qadar 4 marta nashr etilgan. «Ikkinchi muallim» Yuqoridagi kitobning bevosita davomi, «Alifbodan so`ng o`qutmak uchun» yozilgan, «axloqiy hikoyalar, adabiy she`rlar ila ziynatlangan». Binobarin, u darslik-majmua. Kitob dastlab 1912 yilda Toshkentda G`ulom Hasan Orifjonov litografiyasida bosilib chiqdi. 1913 yilda Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asari bosildi. 1917 yilda ikkinchi marta nashr qilindi. Kitob maktablarning Yuqori sinf o`quvchilariga darslik sifatida yozilgan. Lekin asrimiz boshlaridagi o’zbek jadid ma`rifatchiligining noyob hodisalaridan bo`lgan bu asarning ahamiyati faqat maktab doirasi bilan cheklanmadi. U adabiyot va axloq havaskorlari uchun ham qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm» - axloq haqida fikr Yuritiladi. Axloq bu - xulqlar majmui. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo`lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va olijanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan kishida xulqning u yoki bu ko`rinishi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma`lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug`ilishda yomon bo`lib tug`ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog`liq Tarbiya «yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidur». Tarbiya tug`ilgan kundan boshlanadi va umrning oxiriga qadar davom etadi. U ikki bosqichdan - uy va maktab tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo`ymaydi. «Sog` tanda sog` aql» degan hikmatning bejiz emasligini yaxshi biladi. Gapni, birinchi navbatda, bolaning sog`ligi haqida qayg`urish lozimligidan boshlaydi. «Badanning salomat, quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o`qumoq o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchlik kasalsiz jasad lozimdur». Avloniy masalaning falsafiy asosiga kuchadi. Jism bilan ruhning o`zviy birligi haqida gap ochadi: «Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o`ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqardan saqlanmasa, choponni ustini kiYub, astarini Yuvib, ovora bo`lmoq kabidurki, har vakt ustidagi kiri ichiga uradur». Yana bir o`rinda esa «badan elak kabi ko`zlukdur» degan gap uchraydi. Jism bilan ruh, shakl bilan mazmunning o`zviy birligi va ularning o`zaro bir-biriga ta`siri masalasi juda muhim va murakkab bo`lib, Avloniy uni asosan to`gri tushunadi va to`gri talqin qiladi. Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilish, fikr tarbiyasi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yo`qilangan» bo`lib, ularning «yordamiga so`ng darajada muxtoj». Negaki, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi» muallimga ko`p jihatdan bog`liq. Bolalarning fikrlashi tarbiyachining o`zini fikrlash va intilish doirasi, saviyasi bilan ham aloqador. Bu xususda adibning keskin mulohazalari bor. XVIII asr franso`z ma`rifatchilari aql va ongning roliga juda yo`qisak baho bergan edilar. Jahon adabiyotidagi ma`rifatchilik bosqichi bilan shug`ullangan tadqiqotchilar bu davr Evropa madaniyatining umuman hamma jabhalarida uning ma`lum darajada ilohiylashtirilganligini e`tirof etadilar. Bu, tabiiyki, Evropa mamlakatlarida kapitalizmning rivoji, feodal-patriarxal munosabatlarning taraqqiyotga to`g`anoq bo`lib qolishi, jamiyat hayotida ilm-fan rolining birdan kuchayib ketishi kabi qator omillarga bog`lik edi. XX asr boshlaridagi Turkistonda ham shunga yaqin sharoit maydonga keldi. Nazarimizda, o`lkamizda 1905 yildan keyin yaqqol ko`zga tashlangan fikriy uyg`onish va madaniy ko`tarilish o`z mohiyati bilan XVIII asr fransuz ma`rifatchiligiga ko`p jihatdan o`xshash edi. Avloniy ma`rifatchiligining iddizi ham Shunga borib taqaladi. «Turkiy guliston...»da aql va ilmning, ma`naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug`lanishi adib ma`rifatchiligining bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Mana u nima deb yozadi: «Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir...» Muallif o`z fikrini yanada aniqroq va ravshanroq anglatish uchun shunday muqoyasa keltiradi: «Hayvonlar o`zlariga bo`laklar tarafidin keladurg`on zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq va tirnoklari ila qaytarurlar. Lekin inson... aql va idroki soyasida o`ziga keladurg`on zarar va zulmlardan saqlanur. Er yo`zidagi hayvonlarni asir qilub, bo`ynidan boylab, iplarining uchini qo`llariga bergan insonlarning aqlidur». Hukamolardan biri: «Har narsa ko`paysa, arzon bo`lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko`paysa, shuncha qimmatbaho bo`lur», — demish. Adibning qarashlarida Navoiyning inson haqidagi mashhur «inson — xilqat toji» nuqtai nazari (konseptsiyasi)ning ta`siri yaqqol sezilib turadi. Uning fikricha ham aql faqat insongagina nasib etgan sifatdir, jahrnning ziynati oqil insonlardir. Yuqorida Avloniy aqlning ilm va tajriba soyasida kamol topishiga ishora qilgan edi. Darhaqiqat, bo`lar o`zviy tushunchalardir. Ilm ham «insonlarning madori hayoti, rahbari najoti», boringki, «dunyoning izzati». U — «inson uchun goyat oliy va muqaddas bir fazilat». Muallif bu fazilatlarni shunchaki qayd etmaydi, uning aniq hayotiy, amaliy ahamiyati ustida ham to`xtab o`tadi. Uning insonni kamolotga etkazishda bosh omil ekanligini atroflicha dalillashga harakat qiladi. Ilm egallash esa o`z-o`zidan bo`lmaydi, albatta. U har bir kishidan muayyan layoqat va qobiliyatni talab qiladi. Chunonchi, sinchkovlik har bir narsaga ibrat nazari bilan qaray olish, sa`y-g`ayrat, shijoat kabilar shunday sifatlar jumlasiga kiradi. «Inson ibrat nazari ila boqub, dunyo kitobidan o`z hissasini bilib olmagi lozimdur, — deb yozadi Avloniy. Shuning uchun aql sohiblari, fatonat egalari o`zlariga foydasi bo`lsa-bo`lmasa, sinchiklab qaragon narsalaridan bir hissa olmay qo`ymaslar». Ziyraklik ochiq fikrli bo`lishga intilishning ham ahamiyati katta. Bo`lar hammasi yoshlikdan boshlanadi. Umr — g`animat. Uni behuda ishlar bilan o`tkazib Yuborish jinoyatdir. Adib zehn va idrokni quvvatlantirish uchun o`qish-yozishni o`rganishga ulgurgan har bir bolani har xil kitoblar, gazeta va jurnallar o`qishga va shu orqali dunyoning bordi-keldisini anglash, u haqda fikr Yurita olish darajasiga erishishga chorlaydi. Ilm olish riyozat chekishni, sa`y-g`ayratni talab etadi. Adibning obrazli ifodasiga ko`ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag`iz. Uni qo`lga kiritish uchun mehnat qilish, chaqib puchog`idan ajratib olish kerak Avloniyning vijdon xaqidagi fikr-mulohazalari ham diqqatga sazovor. Uningcha, vijdon - aql va tafakkur mezoni. Umuman olganda, bunday yondoshish vijdonning ahamiyatini va mohiyatini to`g`ri tushunishga yordam beradi. Lekin unda bir oz aniqlik etishmaydi. Vijdon tarozisining «aql va hikmatga muvofiq» ishlarga «muhabbat» qo`ydirib, «qabohat va yomon» ishlardan «nafrat» ettirishi aslida to`g`ri tushuntirish. Biroq uning to`g`rilik darajasi yaxshi yoki yomon deb nomlanadigan muayyan hodisaga nisbatan qo`llanilgandagina aniqlashadi. Adibning «yaxshi» va «yomon» tushunchalarini anglashida esa ma`lum mavhumlik yo`q emas. U bo`larni talqin qilganda, ko`pincha, aqlga muvofiq keladigan, muvofiq kelmaydigan degan prinsipdan kelib chiqdi. «Agar axmoq odam bo`lsa, o`z tug`ishgan birodaringni ham sevmasliging mumkin, lekin Vatanni, u qanday bo`lmasin, sevmaslik mumkin emas. Ammo bu muhabbat uning mavjud ahvolidan bir umr mamnunlik bo`lib qolmasligi, balki uni mukammallashtirishga chanqoq intilishdan iborat bo`lmog`i lozim», - degan edi donishmandlardan biri. Vatan tuyg`usi eng insoniy, eng mo`tabar tuyg`ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yashamoq uning baxtidan quvonmoq u bilan faxrlanmoq kerak Vatan Onadek muqaddas. Uni qadrlash, e`zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo`lish, g`am-hasratini baham ko`rish farzandning burchi. Avloniy Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushunadi. Farzandlar ham har xil bo`ladi. Onaning baxtiga sherik bo`lib, baxtsizligida yolg`iz tashlab ketuvchi farzandlar ham topiladi. Vatanning ham fusunkor tabiatini, bog`-rog`larini xush ko`radigan, lekin tashvish va g`amlarini o`ylamaydigan farzandlari yo`q emas. Vatanni, u qanday bo`lmasin, sevish kerak «Biz turkistonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik issiq cho`llarini, eskimu(s)lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o`z vatanlarini tashlab, hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz «Kishi Yurtida sulton bo`lguncha, o`z Yurtingda cho`pon bo`l», - demishlar». Muallif o`z fikrini xilma-xil misollar bilan asoslashga harakat qiladi. Masalan, u Shunday tamsilni keltiradi. Ayrim kishilar o`z hovli-joylarini, mol-mulklarini sotib, Makkaga ziyoratga borishadi. Hatto shularning ham aksari yana o`z vatanlariga qaytib keladilar. «Buning sababi, ya`ni bularni tortub keturgon quvvat o`z vatanlari tuproqlarining mehru muhabbatidur...», deydi. Shoirning «Maktab gulistoni» (T., 1916) ga kirgan she`rlarida bu fikrlar davom ettirilgan. Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas - aqli pastdur, - deb boshlanar edi. Undagi «Vatan» she`ri. «Hijron so`zi»da esa ona-Yurtning ko`rkam, boy va ulug`vor manzarasi chiziladi. Bas, shunday ekan, uning uchun jonlarni fido etmoq kerak: Vatan, vatan deya jonim tanimdan o lsa ravon, Bango na g`am kelur, avlodima uYu vatanim. Rubor(g)a dunsa tanim, yo`q vujudi zeri vahm, Charoki, o`z vatanim xokidur guru kafanim. Tilga, madaniyatga muhabbat esa har bir kishining xalqiga bo`lgan muhabbatidir. «Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oynai hayoti til va adabiyotidir», - yozadi adib. Xo`sh, Avloniyning mana shunday inqilobga murojaat qilishining sababi nimada? Avvalo, shuni aytish kerakki, u yosh turklar inqilobining mazmun-mohiyatini anglab etgan emas. Bu inqilob Turkiyada dastlabki paytlarda xalqning barcha qatlamlari tomonidan umumxalq inqilobi sifatida kutib olingan va olqishlangan edi. Masalan, Tavfiq Fikrat «Millat sharqiyasi»ni yozib, uni: Millat yo`lidur, haq yo`lidur tutdigimiz, yo`l, Ey haq yasha! ey sevgili millat, yasha, vor ul! - deb kuyladi. «Dugoy gunaSha», «Ferdo» she`rlarini ezdi. Deyarli hamma Shoirlar va adiblar unga bag`ishlab asarlar yozdilar. Uning benihoya tor, cheklangan, keng xalq manfaatlariga zid mohiyati so`ngroq ayon bo`ldi. Turk adabiyotidan yaxshigina xabardor Avloniy o`sha ilk taassurotlar ta`sirida unga xayrixox, bo`lgan bo`lishi mumkin. Lekin bizningcha, «Ikki sevgi»ga qo`l urilishida yosh turklar inqilobining mazmun-mohiyati u qadar muhim rol o`ynagan emas. Avloniy uchun eng muhimi inqilobiy mavzu bo`lgan. Ommani ijtimoiy-siyosiy uyg`otish, inqilobiy kayfiyatni tayyorlash, maslak va uning yo`lidagi fidoyilik bo`lgan. Ikkinchidan, til, urf-udum, e`tiqod va turmush tarzidagi yaqinlik mavzu va masalaning keng ommaga etib borishini engillashtirardi. Muallif shuni ham hisobga olgan. Bu ham Avloniyning yo`qirrida aytilgan, «maqsadimiz zohirda teatru bo`lsa ham botinda Turkiston yoshlarini siyosiy jihatdan birlashtiruv va inqiiobga hozirlov edi», degan gaplariga yana bir dalil bo`lib xizmat qiladi va uning inqilobiy faoliyatiga mos keladi. Shoirning inqilobiy to`ntarishlar davridagi faoliyati qanchalar tahlikali kechgan bo`lsa, ijodi ham shu qadar murakkab, ziddiyatli bo`ldi. U, bir tomondan inqilobga katta umid bilan qaradi, o`z iste`dodini uning xizmatiga qo`ydi. Ikkinchi tomondan, uning o`zgarishlaridan qanoatlanmadi. To`g`rirog`i, Yurtning iqtisodiy talon qilinayotganligini, mahalliy xalqda hech qanqay huquq berilmaganligi, asriy tartib-udumlar, milliy an`analar oyoqosti bo`layotganini, din-diyonat yemirilayotganini ko`rib iztirobga tushdi. Mana bu satrlarga razm solaylik: Har soniyada o`zga alam, o`zga jafodur ko`raman, Har soat ichinda necha ming dard-alamdur ko`raman. Har kecha tilarsan kelajak ertasi ravshan, Ul kunduzi kechunda batar toza fanodur ko`raman. Har kun boshinga turfa balo toshi yog`ilgay, Har go`shada bo`lsang-da, kuduratla kazodur ko`raman. Derlarki oying yar(i)si qaro, yarmisi ravShan, O`ttuz kuni ham bizga bukun ko`p-qarodur ko`raman. Derlarki qiyomat o`lajak jum`a kunida, Bayram kunimiz maxshari vahm ro`zi jazodur ko`raman. Xijron o`tadur hasrat ila oYu yilimiz, Har asr biza bir to`da g`am oh-navodur ko`raman1. Inqilob baxt, farog`at olib kelmog`i, zulmning ildizi qirqilib, adolat gullari barq urishi lozim edi-ku! Nega bunday bo`ldi? Nahotki, «Inqilobni daholar tayyorlaydilar, mutaassiblar amalga oshiradilar, muttahamlar rohatini ko`radilar» degan Bismark yana haq bo`lib chiqsa?! «Shonli inqilob»ning millatlar boshiga, birinchi navbatda, rusning o`ziga qancha ofat keltirganiga oid yangi-yangi hujjatlar, materiallar chiqmoqda. Mashhur Dostoevskiy bundan Yuz yilcha oldin sotsializm degan g`oya yo`z million rusning boshiga etishi mumkinligini aytgan ekan. Soljenitsin bir intervYusida 1917 yildan 1959 yilgacha bo`lgan qatag`onlar misolida buni hisoblab chiqarib bergan edi . Lekin «Shonli inqilob» yillari uning fojiali oqibatlari juda kam kishining xayoliga keldi. Deyarli hamma inqiiobning tantanavor ohanglariga maftun mustagrik edi, ixtiyorsiz u bilan baravar qadam tashlardi. Avloniy ko`plab Sharqiya mashqlar ham yozdi. Sharqiyachilik inqilob yillarida juda keng tus olgan. Sabablari ma`lum. Ommaga ruh berish lozim edi. Avloniy o`sha yillari «Hurriyat marshi», «Qizil tayoqchilar marshi», «Tolibi ilm marshi» kabi bir necha marshlar yaratgan. Shoir «Hurriyat marshi» she`rida Turkistonni hurriyat bilan tabrik etadi, uni «hur bo`lib yashashga», «bir bo`lib yashash»ga undaydi: Hur bo`lib yasha, bir bo`lib yasha! Hamla javobni emdi sen tasha! Shonli xurriyat - Turkistonniki, Shonli Turkiston - ishlagonniki! Barcha ishchilar hurriyat - sizing, Jahdu zulmdan barchangiz bezing! Shonli xurriyat - Turkistonniki, Shonli Turkiston - ishlagonniki! Ushbu «Hurriyat»ning «Shonli» emasligi va Turkistonniki bo`lmaganligi unga hali ma`lum emas. Bu sharqiyalar, jumladan, «Hurriyat marshi» uning zamondoshlarida katta taassurot qoldirgan. Masalan, Sadriddin Ayniy she`rdan goyat ta`sirlangan va o`zining mashhur «Maktab marshi» («IshtirokiYun» gazetasi, 1920 yil, 48-son) she`rini yozgan. Ayniy o`z she`riga Hijronning «Hurriyat sharqiya»siga o`xshatma deb izoh bergan. Avloniy 17-yildan keyin yana 17 yil yashagan bo`lsa-da, ijodda ham, faoliyatda ham inqilobdan ilgarigidek serharakat bo`lgan emas. Hatto birorta ham adabiy-badiiy kitob yoxud to`plami bosilmagani buni ko`rsatib turibdi. To`g`ri, «Nabil», «Indamas», «Shuhrat», «Tangriquli», «Surayyo», «Chol», «Ab», «Chegaboy», «Abdulhaq» kabi imzolar bilan gazeta-jurnallarda, ayniqsa, «Mushtum»da ko`plab hajviy she`rlar, kulgi hikoyalar bostirib turdi. Lekin katta, jiddiy ishlar qilmadi. Ammo she`rlarida qochiriqlar, taggaplar ko`payib bordi. Masalan, «Mushtum»ning 1923 yil 15-sonida bosilgan «Bir munofiq tilidan» she`rida bu yaqqol ko`rinadi. Muallif she`rda bir kishini emas, butun ziyolini buqalamunga aylantirib qo`ygan inqilobni, shuro xukumatini nishonga oladi. Abdulla Avloniy Oktyabrdan keyin bir oz kamnamo bo`lgandek ko`rinsa-da, adabiyotdan chiqib ketmadi. Uning 20-yillardagi adabiy harakatchilikda, yosh qalam ahllarini voyaga etkazishda, ularga ijod sirlarini o`rgatishda faol ishtirok etgani ko`pchilikka ma`lum. Adabiyotga o`sha yillari kirib kelgan atoqli Shoirimiz Mirtemir «yosh leninchi» gazetasi qoshidagi mashg`ulotlarda Abdulla Avloniy tez-tez ishtirok etib turganini xotirlagan edi. Adib iste`dodli yosh hamkasabalariga yo`l-yo`riq ko`rsatdi. «She`rida zo`r mahorat ko`rsatgan» Hamid Olimjon, «iqtidorli Shoir ham yozuvchi» G`afur G`ulom, «taniqli Shoir» Uyg`un haqida matbuotda fikrlar bildirdi. Fors, rus, ozarboyjon, arab tillarini durustgina bilgan, Sharq va G`arb madaniyati klassiklari bilan yaxshigina tanish Avloniy 20-yillarda samarali ilmiy ishlar ham olib bordi. 1930 yidda SAGU pedagogika fakultetining til bilimi kafedrasi buyicha professor, so`ng mudir bo`lib tasdiqlangani bejiz emas. Ilmiy xodimlar seksiyasida, O`zdavnashrda, Respublika terminologiya komitetida, Davlat ilmiy sovetida mas`ul vazifalarda ishladi. 1933 yil VII sinf uchun xrestomatiya to`zib, nashr ettirdi. Unga 20—30-yillardagi o`nlab o’zbek adiblari hamda rus, Evropa adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma`lumotlar kiritilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi. 1934 yil 25 avgustda vafot etdi. Shoir Tavalloning ismi sharifi To`lagan Xo`jamyorov bo`lib, XX asr boshida Toshkentda etishgan, xalq o`rtasida katta shuhrat qozongan iste`dodlardan. Mashhur Oybek «Bolalik»da shunday yozgan edi: «Ayvonda muk tushib, Tavalloning she`rlarini o`qishga kirishaman. O`qiyman, diqdat bilan berilib o`zoqiyman... she`rlar rangdor, jonli, tili o`ziga xos, ravon...» Bo`lajak Shoir 1883 yilda Ko`kcha dahasida Obi Nazir mahallasida o`ziga to`k Xo`jamyor Jiyanboev oilasida dunyoga keldi. Eski maktabda savod chiqardi. «Beklarbegi» madrasasida, rus-tuzem maktabida o`qidi. Mol savdosi bilan shug`ullanadigan Xo`jamyor akaning Avliyoota; Prjevalsk shaharlari bilan yaqin aloqalari bor edi. 17 yoslik To`lagan 1900 yilda otasining maslahati bilan Prjevalsk shahriga borib, Usmonbek Solihjonboev degan kishining qo`lida ish Yurituvchi (prikazchik) bo`lib ishlay boshladi... 1909 yilda Xo`jamyor aka vafot etadi. Ko`p o`tmay, To`lagan Toshkentga qaytadi. Shahar savdo shirkatlaridan birida ish Yurituvchilik qila boshlaydi. Zuxra ismli qizga uylanadi. Rahbar, Sanobar degan ikki qiz, Maqsud, Mahmud nomli ikki o`g`il ko`radi. 10-yillardan vaqtli matbuotda «Tavallo» taxallusi bilan she`r va maqolalari bosila boshlaydi. 1914 yil 30 avgustda Munavvarqori, Avloniy, M. Podshoxo`jaev, Xusanxo`ja Dadaxo`ja o`g`li (yozuvchi Said Axmadning otasi), Saidabdullo Saidkarim o`g`li Saidazimboev, Komilbek Norbekov (jami 12 kishi)lar bilan birgalikda Toshkentda «Nashriyot» shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yo`lga qo`yadilar. 1915 yilda esa Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan «Turon» jamiyatida faoliyat ko`rsata boshlaydi. Lekin asl kasbi savdo ishlaridan uzilib ketmaydi. 1917 yil voqealariga qadar mazkur sohada muntazam ishlaydi. Adibning «Jinoiy ishi»da saqlangan «Mehnat daftarchasi»dan shu narsa ma`lum bo`ladiki, u shu yillari ijodiy sohadan boshqa hamma ish bilan shug`ullangan. Ichki ishlardan ma`muriy-xo`jalik qurilishgacha bor. Chunonchi, 1918-19 yillarda Toshkentning dastlab eski shahar, so`ng yangi shahar ijroiya qo`mitalarida a`zolik qilgan. 1919 yilda partiyaga kirgan. Chekaga xizmatga olingan va 1922 yilgacha Respublika kollegiya a`zosi bo`lgan. 1922— 23 yillarda ushbu tashkilotning eski shahar ijroiya qo`mitasi a`zosi, shikoyatlar bYurosi a`zosi, Farg`ona revtribunal a`zosi vazifalarini bajargan. 1924 yildan ichki ishlar va davlat muhofazasi tizimidan uzoqlashadi, kasaba uYuShmasiga o`tadi. TashsoYuz boshqarmasi a`zosi, 1925—26 yillarda esa Toshkent sanoat birlashmasi Kustpromsoyo`z (Hunarmandchilik sanoati kasaba uYushmasi) raisi bo`lib ishlaydi. 1927 yil 23 oktyabrda moliyaviy kamomad aybi bilan partiyadan o`chirilib, 5 yil qamoqqa hukm qilinadi, biroq 1928 yilning 11 yanvarida, chamasi aybi isbotlanmaganligi sababli, ozod etiladi. Shu yil quruq mevalar omborida tarjimon bo`lib ham ishlagan ekan. Yil oxiridan 1930 yilning apreligacha KOOPstraxsoYuz (shirkatlar sug`urta uYushmasi)da instruktor, Nonmarkaz instruktori (1930), shirkatlar uYushmasi noziri (1930) vazifalarini bajaradi. 1931 yilning 15 dekabrida arizasiga ko`ra ishdan bo`shatilgan. Xomashyo va savdo sektori noziri qilib o`tkazilgan. 1933 yil 1 yanvardan SoYuzza-gotxlopok (Ittifok paxta tayyorlash) idorasi ixtiyoriga Yuborilgan. 1933 yil 22 noyabr — O`zpromstroy (O’zbekistan sanoat qurilishi) trestida nazoratchi-instruktor; 1934 yil 15 aprel arizasiga ko`ra ishdan bo`shatilgan. 1935 yil 29 yanvar — «Krasniy utilipik» («Qizil foydamand») artelida instruktor; 1935 yil 29 may arizasiga ko`ra bo`shatilgan. Sud-tergov qoidalariga ko`ra ayblanuvchining qilmishlarigina emas, ularning taShqi ko`rinishi, ajratib turadigan xususiyatlari haqida ham ma`lumotlar keltirilar edi. Tavalloning «Jinoiy ishi»da ham shu xil ma`lumotlar uchraydi. Chunonchi, «Anketa ma`lumotlari»da quyidagi gaplarga duch kelamiz: «Tashqi ko`rinishi: o`rta bo`y, bo`yi 1 metru 56 sm, ko`zi – qo`y ko`z, sochi -qora. Darvoqe, «Jinoiy ish» materiallarida «ayblanuvchi»ning yana bir jihati maxsus ta`kidlangan: keragicha notiq. 1937 yil 14 avgustda Tavallo «aksilinqilobiy», «Turon», «Sho`royi islom», «Ittihodi taraqqiy», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol» tashkilotlarining a`zosi, «millionerning o`g`li», «She`rlarida millatchilik goyalarini ilgari surgan»likda ayblanib, qamoqqa olinadi, qamoqqa olinganda oilada besh kishi bo`lgan: o`zi — 54 yoshda, xotini Zuxra Miyorova — 40 yoshda, o`g`li Maqsud Miyorov — 16 yoshda, qizi Sanobar Miyorova - 11 yoshda. 1913 yilda tug`ilgan Rahbar ismli qizi 1936 yilda turmushga chiqqan bo`lib, Buxoroda yashar edi. Agentura materiallaridan: «T. X. milliy respublikani mustamlaka» deb aytdi. Ko`pchilik orasida «O’zbek xalqi o`zaro nifoq va qo`rqoqlik orqasidan xor-zor, qizillarga tutqun bo`ldi. Sabr kosasi bir kun to`ladi va xalq sovet hukumatiga qarshi ko`zg`alishga majbur bo`ladi. Agar men inqilobni shunday kunlarga olib kelishini bilsam edi, butun vujudim bilan unga qarshi kurashar edim», dedi. To`lagan Xo`jamyorovning tergov ishlari tezlashib ketdi. O’zbekiston ichki ishlar xalq komissari muovini Leonov imzolagan «Ayblov xulosasi» 1937 yil 9 sentyabrda 25 kunda tayyor bo`ldi. Unda Tavalloning 1919 yilda Osipov ko`zgoloniga «qatnashgani»gacha «tasdiqlatib» olindi va bir qator «ayb»lar bilan uchlik hukmiga havola etildi. Shu yilning 19 oktyabrida NKVD qoShidagi uchlik majlisida Tavallo otib o`ldirishga hukm qilinadi. Hukm shu yil 10 noyabrda ijro etiladi. Adabiyotshunosrlik fanida esa, uning vafot yilini 1939 deb ko`rsatib kelardik Adib 1968 yil 18 oktyabrda oqlandi. Tavalloning 1968 yilda Buxorodagi qizi Rasulova Raxbarning DXK idoralariga yozgan xatlari mazmunidan anglashilishicha, bu yilga kelib, Shoir oilasidan undan boshqa hech kim qolmagan. Tavallo asarlarining qayta nashri va u haqdagi ma`lumotlarning berilishi ham 1968 yilga tug`ri keladi. Marhum M. Zokiriy va atoqli adabiyotshunosr — tanqidchi O. Sharafiddinovlarning g`ayrat va tashabbusi bilan dunyoga kelgan va zararli kitob sifatida darhol yig`ishtirib olingan «Tirik satrlar»dagi Shoir ijodidan namunalar bu boradagi dastlabki qadamlardan edi. Uning yagona she`riy to`plami «Ravnaqul-islom» alohida holda 1993 yildagina nashr qilindi. Bugun bu nomni faqat bizda emas, chetda ham biladilar. Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta bo`ldi. Unga sayramlik Shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qildi. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan. Tavalloning she`r va maqolalari 10-yillardan matbuotda ko`rinadi. Shoirning 1916 yilda «Ravnaqul-islom» nomi bilan chop etilgan she`riy to`plami uning hayotlik davrida bosilgan bitta-Yu bitta kitobidir. Maqolalari to`plangan emas. 20-yillarda «Mushtum» hajviy jurnalining faollaridan edi. Mazkur jurnal sahifalarida «Mag`zava» imzosi bilan o`nlab hajviy she`rlari chop etilgan, ular ham yig`ilgan, o`rganilgan emas. Shoir ijodini baholashda asosiy manba «Ravnaqul-islom» bo`lib turibdi. To`plam hajman uncha katta emas, 70 tacha she`r kiritilgan. Nomi o`sha yillar uchun keng rasm bo`lgan nomlardan. Turkchilik islomchilik ruhida. Vazn va ohang an`anaviy - aruzda. Biroq mazmun tamom yangi. Turkistonni qoplagan jaholat va nodonlik tutqunlik va turg`unlik haqida. Uning ham boshqa rivojlangan, taraqqiy topgan millatlar qatorvda farovon va baxtli yaShaShga bo`lgan haqqi-huquqi to`grisida. Shoir, birinchi navbatda, zamon hodisalaridan ilhom va ta`sir oladi. Ko`pgina she`rlari hayotdagi aniq yangiliklar, o`zgarishlar haqida. Shuningdek uning so`nggi davr turk, tatar, ozarboyjon shoirlarining she`rlari bilan ham yaxshi tanish ekanligi bilinadi. Chunonchi, 1913 yilda Abdulla To`qay vafotidan qattiq qayg`uradi. Matbuotda chiqadi. «She`rlaridan ko`p bahralar olg`onligi»ni, turmushi ham To`qayning «tarjimai holiga nihoyatda o`xshab ketganligi»ni (u ham etim o`sgan edi) yozadi. «Totor qardoshlarimizning mashxur Shoiri marhum Abdulla afandi To`qaevning she`rina tazmin» nomi bilan uning «Jumla fikrim kecha-kunduz Sizga oid millatim», deb boshlanadigan she`riga nazirasini e`lon qiladi. Marhum Shoirning maslaku muddaosini, jumladan millat yo`lida jonini fido etmoqni o`zi uchun muqaddas burch hisoblaydi. «Millat», «Milliyat» tushunchalariga Avloniy va Tavallolarga qadar she`riyatimizda bunchalik ko`p e`tibor berilgan emas edi. Xususan, Tavalloda har bir she`r millat, uning shu kundagi ahvoli, jahon hamjamiyatida tutgan o`rni, tarixi va taqdiriga kelib boglanadi. Shoir jahonning, chunonchi Evropa va Amerika xalqlarining taraqqiyot asridagi hayot iga nazar tashlaydi. Bir tomonda ilm-fan, texnika yangiliklarini turmushga joriy etib, ogirini engil, hayotini farovon qilayotgan millatlar, ikkinchi tomonda, Odam Atodan kelayotgan, allaqachon eskirib ishdan chiqqan ishlab chikarish usuli va vositalariga mahkam yopishib, dunyoda shuni so`nggi mu`jizadek ushlab olgan Turkiston. Shoir har ikkisini muqoyasa qiladi. Bu muqoyasa, hajviy mazmun tashiydi, albatta. Masalan, shunday she`rlaridan biri «ovrupolilar hunari birlan bizlarni(ng) hunarlarimizning farqi» deb sarlavhalangan. She`r boshdan-oxirigacha kesatiq-qochiriqlar, istehzo asosiga qurilgan. Shoir she`rni hatto o`z millatiga emas, «Ovrupo ahliga» murojaat bilan boshlaydi. «Ovrupo ahli»ni bahsga, mubohasaga chorlaydi. Shu asnoda «zanburak» — «sopqon», «aftomobil» — «Quqand aroba», «ayripilon» - «varvarak», «zobut», «tovar» — «buyra-bordon» muqoyasalari oddiy mazax-kulgidan vaziyatga fojeiy mazmun beruvchi zaharli istehzoga aylanadi. Yoki «Ibrat bog`ida» she`rini olaylik Shoir istirohat bog`ida sayr etarkan, ikki xil manzarani ko`radi. Shu ma`noda ushbu «tomosha bor» aslida ibrat bog`idir. Ana, bir guruh «chaman bulbullari» bog`da «tovus» kabi «xirom» qilmoqdalar, «yoz fasli oq badanlariga» «oq kiyimlar» kiygan, «iskameyka»larda «rohat qilib» dam olmoqdalar. Bu insonning o`z insoniy sha`nini qadrlamog`idir. endi, ikkinchi manzaraga ko`z tashlang. Yo`l ustida to`planib, qarg`alardek kunkayib olgan kishilar. Ana, birovi «kafshi»ning «loyi bilan» «iskameyka»ga cho`zilgan. Yo bo`lmasa, «yoz fasli» bo`lishiga qaramay, «paxtalik»ni tashlamasdan «elkaga yog`ini chiqarib» qo`yib Yurgan, «uch qabat kamzulni ustidan» «sakkiz quloch belbog» boglab olgan millatdoshlarimizni aytmaysizmi?! Nega birovlar ozoda kiyinib, chiroyli bo`lib, huzur-halovat bilan Yurganda biz «paypog`imiz sudrab» ko`cha changitib Yuramiz. Ana, yana biri kelyapti, «ishtonni tizidan yo`qori» ko`tarib olgan, «ko`krak ochiq». Semiz qorni, jundor ko`kragini ko`z-ko`z qilib kelyapti. Uning uchun dunyoda shundan buyo`qi martaba yo`ki Bog`bon («sadovnik») yo`qol («ubrays!») deb to`g`ri bo`lsa (tomohaboqqa mahaliy xalq kirib o`ris to`ralarning halovatini buzishi mumkin emas-da), «gaspodin»dan boshqa so`z ayta olmay chuldirab kulamiz. O`zoqda birorta «mundir kiygan soldat» ko`rinsa, qo`yavering, boqqa kirmasdan quyonni uramiz. Qorovul-porovul ko`rsak-ku, xudo urdi, ko`chama-ko`cha oshamiz. Uyga kelganda esa Yuragi togmiz. Mantiqan shunday xulosa chiqadi: nahotki bu o`sha dovrug`i jahon Turkiston? Nahotki bu sho`ring qurg`urlar dunyoga qanchadan-qancha daholarni etkazib bergan. Amir Temurday jahoniy zotlari bilan yarim jahonga egalik qilgan, insoniyatga insonlarcha yashashni o`rgatgan, asrlar davomida kuch-qudrat, aql-shijoat timsoli bo`lib kelgan Yurtning farzandlaridirlar. Aslida, Shoir demoqchi bo`lgan gap ham shu. Tavallo Vatan mavzuiga alohida e`tibor beradi. She`rlaridan biri hatto «SuYukli Vatan haqinda» deb atalgan. Uning she`rlarida «Turon», «Turkiston» atamalari, tabiiyki ko`p uchraydi. Masalan, Turkiyaning Qars viloyatida Yuz bergan bir zilzila munosabati bilan yozgan she`ri bor. She`r «Qars mamlakatida falokatzada musulmon qardoshlar haqida» deb nomlangan. She`r shunday boshlanadi: Ko`rasiz, Turon eli, Qarsda musulmonlardir, Rahm eting holina sizlar, qardoshlardir... Nariroqda borib, Shoir bu fikrni yana ta`kidlaydi: Yordam etmak kuni etti siza, Turon ahli, Bu falokatzadalar, tuhmata qurbonlardir. «Turon» turkistonlilarga qadim sha`n-shavkatni eslatib turardi, dunyoni o`z mulkiday idora etgan buyo`qi bobolarning «urxo»sini eshittirganday bo`lardi. Bu ham bir — usul. Ikkinchidan, Shoir ularning «qardosh»ligiga urg`u bermoqda. Bu qardoshlik shunchaki din qardoshligi emas, til qardoshligiga ham shama bor. U erda turklar yashaydilar. Ular 10-asrlarda Sirdaryo bo`yidan ketib, Kichik Osiyoda vatan qilib qolgan qarindoshlarimizdirlar. Bu ham o`z-o`zidan turkiy qavmlarning jahoniy miqyoslarga yoyilganiga ishora qiladi. Rusiya esa, Turkistonni turk dunyosidan imkon qadar uzoqda tutishdan, qardoshlarini tanitmaslik hech bo`lmasa yomonotlik qilishdan juda manfaatdor edi. Uni yetim qo`ziday ko`rsatishni istar va olijanob chuponlik da`vosini qilar edi. Nihoyat, she`rning yana bir jihati bor. Rusiya urushga kirgan edi. Birinchi Jahon urushi avjida edi. Turkiya Rusiyaga qarshi urushga qo`shilgan va uning bevosita «dushman»iga aylangan edi. Ko`rinayaptiki, Shoirning Vatan mavzuidagi she`rlarida miqyos ham, mazmun ham juda keng. «Turon» haqidagi fikrni davom ettiramiz. Bu atama birgina shu she`rda emas, boshqalarida ham uchraydi. Mana ayrim namunalar: DeYur astagfurullo, daf`atan shundogmu Turonlig... («Uyonmaz ersa millat» She`ridan) Yosh-qari qadrini bil, Turon elin mehmonidur... («Muxammasi Tavallo bar g`azal i Mavlaviy Yusuf Saryomiy» she`ridan). Ayni paytda, Vatanni «Turkiston» shaklida anglash ham tabiiyki, ko`p uchraydi: Baxora dundi Turkiston, ochildi g`unchalar xandon, Yo`rin g bog`larda, ey yoron, bu davronlar g`animatdur. («Navro`zlik haqinda» she`ridan) Shuncha Turkiston elinda nodon ahli ko`b vale, Nosix o`lmaz ersalar, aqli rasolardin nasud?! («Xalqga foydasi tegmaganlar haqinda» she`ridan); Desam, dunyoda bizdek ortda qolgon bormu millatdan, Bu Turkiston elidin tobmadim iqror, Yuh, Yux, Yux («Jahon ayvonida...» she`ridan). Shoir tarix haqida so`z ochganda, yana bir kalimani tilga oladi. Bu — Movarounnahr. Jumladan, shorida nomi tilga olingan «SuYukli Vatan haqinda» she`ri shunday satrlar bilan boshlanadi: Movarounnahrdur tarixda bizlarga Vatan, Arzigay bizlar sanga xizmatda bo`lsak jonu tan. Ey Vatan, ezgu Vatan, avf aila, qadring bilmaduk Emdi bilduk bosh ko`tarduk kurki, bizlar uy`udan. Bu jug`rofiy atamalar bir-biriga u qadar zid emas. Biri xiyol kengroq biri torroq farqi shunda xolos. Ikkinchidan, dastlabki baytning o`zidanoq uning qadr-qimmati haqidagi gap o`rtaga tushadi. «Arzigay bizlar sanga xizmatda bo`lsak jonu tan», deb yozadi Shoir va «Vatan»ga «jonu tan»ni qofiya qiladi. Vatan qadri haqidagi bu ta`rifiy fikr, misrama-misra, baytma-bayt taraqqiy topib boradi va g`azal maqtaida: Kech gunohini Tavalloni, Vatan, ezgu Vatan. Bildi asling, qildi vasfing, bu vatandandur badan, - deb tugallanadi. Boshqacha aytganda, Vatan va uning sarhadlari bizning badanimiz kabi tanu jonimizga tutashdir. Vatanga daxl tanga daxldir, jonga daxldir. U-shu qadar tan bilan jonga qo`shilib ketgan. Uchinchidan, Vatan o`lik jism emas, jonlik tandir. Va u ushbu tuproqda yashovchi har bir vatandosh tanu joniga payvasta bo`lmog`i lozim. Nima uchun Shoir makta`da Vatandan gunohini kechmoqni so`ramoqda?! Matla`da har bir Vatan farzandining uning oddidagi burchini belgilab bergan edi. So`nggida o`zr so`rayapti. Chunki Shoir o`zini unga munosib xizmat qlla olmadim, deb hisoblaydi. Uningcha, birinchi vazifa millatni uyg`otmoq edi, - u, inshoollo, uyg`ondi («uyqudan bosh ko`tardi»). Navbatdagi ish millatni tarbiyalamoq va uni Vatan bog`ining bulbuli maqomiga ko`tarmoq uni barkamol qilib tarbiyalamoq va Yurtning chinakam egasi maqomini olib bermoq edi. «Zag`on» («qarg`alar»)ni xijolatga solib, bog`dan «junatish» — mustamlakachilardan xalos bo`lmoq edi. Afsuski, bularni amalga oshirib bo`lmayotir. Shoir uzrining sababi shunda. Lekin u mutlaq ishonadi: «Bundoqcha kunlar bor ekan» deydigan kunlar, albatta keladi. Bu Shoir tasallisining bosh sababidir. Zamonasining juda ko`p Shoirlari kabi Tavallo she`rlarida ham keng o`rinni Millat va Vatanga xizmat hissi va shu munosabat bilan o`z-o`ziga hisob egallaydi. U bir she`rvda «Xavolansin, gi`zolansin, biling, bu bir humo, millat!..» deb yozadi. Undagi mantiq shunday: millatning ravnaqi uchun, birinchi navbatda, aql va g`ayrat kerak. G`ayrat esa ishtiyoqdan, mehr-muhabbatdan tug`iladi. Aql va g`ayrat ishonchni, ishonch harakatni yo`zaga keltiradi. Millat unga mansub har bir kishining joni-jahoni, baxti-saodati. Binobarin, humo qushi. U ko`klarga parvoz etmog`i lozim. Buning uchun unga ruh kerak, madad kerak Shoir she`rlaridan biri «O`z vijdon-vujudima xitob» deb nomlangan. Muxammas shaklida yozilgan ushbu she`rning har bandi «Chiq ichimdan, jonim ey, san manga hamdamlashmasang» satri bilan yakunlanadi. Jonga xitob har bandning yakunlovchisi bo`lganligidan ungacha Shoir o`z vujudining har bir a`zosiga shart qo`yib chiqadi. Bu shartlar Vatan va Millat manfaati yo`lidagi xizmatlarga qaratilgandir. Chunonchi, millatga yordamlashmagan, uning og`irini engil qilmagan qo`lning «pul tut»ishga haqqi yo`q millat g`amini emagan dil «xushnud» bo`lmasligi kerak. Bu g`amdan yosh to`kmagan ko`zning ochilmagani yaxshi. Millatga suyanchiq bo`la olmagan aql va fikrning boridan yo`g`i. Millat g`amidan boshqa so`zni so`zlaydigan til lol bo`lgani maqulroq va hokazo. Sakkiz bandlik ushbu muxammasning birinchi va so`nggi bandlarini keltiramiz: Ey qo`lum, pul tutma hech, millatga yordamlashmasang, Bo`lma xushnud, ey dilim, millat g`amin g`amlashmasang, Ravshan o`lma, ey ko`zum, yoshing to`ko`b namlashmasang, Fikrim, ochilma, agar she`ring yozib, hamlashmasang, Chiq ichimdan, jonim, ey, san manga hamdamlashmasang... Deydilar, basqil, Tavallo, she`rlar manzur emas, Millating maxv o`lsa, parvo qilmaYurlar, g`am emas, Bunlaring shurbo-palov, norin ebon, choy ichsa, bas, So`ngra ikki elkasiga tepsalar ham indamas, Chiq ichimdan, jonim, ey, san manga hamdamlashmasang. She`r bir qadar maxzun ohangda yakunlanmoqda. Bu — umidsizlik najotsizlik ohangi. Asorat va zalolat o`z ishini qilgan. Millat allaqachon, Avloniy aytganidek tirik murda («madfun zinda»)ga aylangan. Uning qorin qayg`usidan boshqa qayg`usi yo`q sha`n-shukuh, or-nomus, o`zlikdan nishon qolgan emas. Shoir millatining ochiq ko`zli farzandi sifatida buvday fojiaga chiday olmaydi. She`rni she`r qilgan dard — shu. Tavallo xalq hayotini ro`y-rost ko`rsatishda she`r, Shoir zimmasiga katta mas`uliyat Yuklaydi. Chunonchi, «Qalamga xitob» sherida uning «hasratu anduh»dan, «mehnat»dan «yozishini», «to`g`ri yoz»ishini talab qiladi. Uningcha, qalamning vazifasi vijdonni uyg`otmoqdir. Shoirlik bir umr uyg`oq vijdon bilan yashamoqdir. Sham misoli o`zi yonib, atrofni yoritmoqdir. Yo`q-yo`q, xalq vatan hayotidagi har bir tashvishu quvonchdan chaqmoqdek chaqilmoq momaqaldiroqdek borlikni larzaga solmoqdir... Uning birgina quroli bor. U ham bo`lsa haq so`z. Undan chekinish qalamga ham, vijdonga ham xiyonatdir. She`riyat - bu ko`ra sh. O`zining omonat farog`ati emas, ko`pning nafi, manfaati uchun adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi ko`ra sh. Bas, shunday ekan: Kel Tavallo, bo`l musavvir, ol qalamni qo`lga san, Chek frontlar suvratin, ko`rsun hama naqqoshlar. Shoir «haqiqat so`z»ni, dilband diyori dardlarini aytish bilan kifoyalanmaydi. Uni tuzatishga diqqatni qaratadi: Kamchilikni nazmu tahriri Tavallo qilmasang, Kel bu kun manzur emas, yozma bo`lak ash`or hech! («Hech» radifli she`ridan) Ikkinchi bir she`rida esa, o`zini millatning «otxonasvda xizmat et»ishga «millatning shaltog`i»ni tozalashga safarbar qidadi («Tomoshabon xususida»). Bunday hol adabiyotimizda ilgari ko`rilmagan edi. Shoirning sevimli mavzularidan biri hurriyat edi. U inson erkini har narsadan ustun qo`ydi. Uning talqinidagi erkning ma`nosi g`oyat keng. Bu erk siyosiy, iqtisodiy mustaqillikdan tortib nafs qutqularidan, qullikdan ozod bo`lishgacha o`z ichiga qamrab oldi. U xotin-qizlar hurriyatiga keng e`tibor berdi. Masalan, «Qarindosh va hamshiralarimiz mazluma qizlar tilindan» she`rida qizlar otalariga murojaat qilishib, ularni ham o`qitishni, ularga ham insoniy munosabatda bo`lishni so`raydilar. Bugina emas, she`rda teng nikoh haqida so`z ochiladi: O`qug`on so`ngra bergonda, kuyov tengdoshimiz o`lsun, Ikov ham ilmlik yoshlikda birdek yoshimiz o`lsun, Jahonda shod ulub hamohirat qardoshimiz o`lsun, Agar chollarga tushsak zahr ichg`on oshimiz o`lsun, Iloho, saqla, bizni dunyoda mundoq falokatdan. Shoirning bir qator she`rlari davr yangiliklari, kundalik voqealar haqida. Masalan, «Oyna» (muharriri Bexbudiy) jurnalining (1913), «Sadoyi Turkiston» (muharriri Ubaydullaxon Asatillaxo`jaev) gazetasining (1914) chiqishlari, Ismoilbek vafoti (1914), Qars (Turkiya)dagi zilzila (1914), ayniqsa, Birinchi Jahon urushi va u bilan bog`liq hodisalar Tavallo diqqatidan chetda qolgan emas. O’zbek teatrining maydonga kelish voqealariga bag`ishlangan bir emas to`rt she`ri bor. Shulardan biri bevosita ilk O’zbek teatri tomoshasi 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatrida Avloniy truppasi tomonidan Behbudiyning «Padarkush» dramasi qo`yilishiga bag`ishlangan. Shunda mashhur ma`rifatchi Munavvarqori Abdurashidxonov teatr haqida nutq so`zlagan edi. She`r ham shu voqeani hikoya qilishdan, «Cho`q munavvar etdi olamni Munavvarqorimiz» deb boshlanar edi. Ikkinchisi esa bu voqeani, ya`ni teatr paydo bo`lishining ahamiyatini ta`kidlab ko`rsatdi. Shoir fikricha, yoshlarning teatr o`ynashi, millatning hayot asari ko`ringanidan - tirikligidan nishonadir, «taraqqiyning xabari»dir. Tavalloning «Ravnaqul-islom»dagi she`rlari eski she`r tizimimiz — aruzda yozilgan. Lekin undagi ruh va mazmun, ko`rganimizdek yangi. Shoir barmoqda 20-yillarda hajviyalarida murojaat qildi va 20-yillar o’zbek hajviy she`riyatining esda qoladigan namunalarini yaratdi. Biroq sovet davrida yozilgan she`rlarini na g`oyaviy, na badiiy jihatdan 10-yillardagi she`rlariga qiyoslab bo`lmaydi. Ular yengil-yelpi yozilgandek ko`ngli to`lib turgan kishining istehzosidek taassurot qoldiradi. Buning sababi, bizningcha ikkita: Ijtimoiy. Shoir kambag`alparvarlik shiorlari bilan o`ziga og`dirib olgan bolsheviklar siyosatining gayriaxloqiy va gayriinsoniy mohiyatini tobora anglab boradi. Millat va Vatanning tubsiz girdobga ketayotganidan, halokatning muqarrarligidan, najotning yo`qligidan iztirob chekadi. Sho`ro idoralarida, hatto uning huquq muhofazasida ishlayotganidan qiynaladi. Ko`nglini borligicha ocha olmaydi. Shaxsiy. Guvoh M. X. Xusanboev ma`lumotiga ko`ra, taxminan 1931 yilda o`g`li Maxmud vafot etadi. Bu narsa Shoirga qattiq ta`sir qiladi, ichkilikka beriladi. Xullas, Tavallo hayotining so`nggi 20 yili juda ko`p zamondoshlariniki kabi iztirobli, lekin deyarli samarasiz kechdi. Lekin u ko`proq adabiyotimiz tarixida 10-yillardagi millatni erk va adolatga uyg`otgan jushqin, ehtirosli she`rlari bilan qoldi. Bu she`rlar yangi o’zbek she`riyatining maydonga kelishida muhim bir bosqich bo`lib tarixga kirdi. Xususan, Cho’lpon she`riyatining Yuzaga chiqishida ma`naviy omillardan bo`ldi. Oybekning Shoir she`rlarini alohida bir samimiyat bilan esga olishi sababi shunda. Download 63.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling