Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2


Xo‘jalik yoki ob’ektning axborot resurslarini shakllantirish manbalari


Download 429.11 Kb.
bet5/12
Sana11.01.2023
Hajmi429.11 Kb.
#1089139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari

Xo‘jalik yoki ob’ektning axborot resurslarini shakllantirish manbalari.

Yuzaga kelish manbaiga bog‘liq holda iqtisodiy ob’ekt doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar mavjud.


Ichki muhit axboroti odatda aniq bo‘lib, xo‘jalikning moliyaviy holatini to‘liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko‘pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi muhit – iqtisodiy ob’ektdan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy sub’ektlardir. Bu ob’ektning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va xakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Tashqi muhit xaqidagi axborot ko‘pincha taxminiy, noaniq, to‘liqsiz, ziddiyatli, ehtimolli bo‘ladi.
Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.
Iqtisodiy ob’ekt turli manbalardan quyidagi tashqi axborotlarni olishi mumkin:

  1. Iqtisodiyotning ahvoli xaqida umumiy axborot. Manbalar: axborot – tahliliy materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari.

  2. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo‘yicha.

  3. Tovarlar narxlari bo‘yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi.

  4. O‘ziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet manbalari. Uni axtarishda izlab topish tizimlaridan foydalaniladi.

  5. Davlat boshqarish organlarining axborotlari (qonunlar, qarorlar, soliq organlari xabarlari va hokazo).

Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish mumkin, lekin ularni miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, ularga bo‘lgan ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, Shunga qaramay iqtisodiy ob’ekt darajasida axborot ehtiyojlarini o‘rganish, axborot resurslarini rejalashtirish va boshqarish mumkin. Axborot resurslarini boshqarish deganda:

  • har bir darajada va boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash;

  • iqtisodiy ob’ektning hujjat aylanishini o‘rganish, uni optimallashtirish, hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumotlarni to‘plash;

  • ma’lumotlar turlari nomunosibligini engib o‘tish;

  • ma’lumotlarni boshqarish tizimini yaratish anglaniladi.




Download 429.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling