Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2


Download 429.11 Kb.
bet3/12
Sana11.01.2023
Hajmi429.11 Kb.
#1089139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari

Sintaktik adekvantlik- axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajada axborotni ifodalash usulida axborot eltuvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o‘lchamlari, bu kodlarni o‘zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sababli, bunday axborot ma’lumot deb ataladi.
Pragmatik adekvantlik 4axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob’ekt), foydalanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo‘ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foydalanish bilan bevosita bog‘langan, Shuning uchun ham foydalanuvchanlik xususiyatlari tahlil etiladi.

6 - rasm. Adekvatlik.

Qishloq xo‘jaligi ob’ektning axborot resurslari. Resurs - biror narsaning zahirasini, manbasini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.

Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan, xom-ashyo materiallar, yoqilg‘i-moylash materiallari, energiya, mineral o‘g‘itlar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va xakozo.





Tabiiy resurslar – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan ob’ektlar, jarayonlar, er, suv, tabiat sharoitlari, jarayonlari, ob’ektlaridir.




Download 429.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling