Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Download 135.39 Kb.
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

Axborot xuruji tushunchasi. O‘zbek xalqining mustaqilligiga, uning mustaqil taraqqiyot yillarida erishayotgan yutuqlariga qarshi g‘animlarimiz tomonidan muntazam ravishda axborot xurujlari olib borilmoqda. Xo‘sh, axborot xuruji nima? Axborot xuruji bu o‘zbek xalqining ichki va tashqi g‘animlari tomonidan atayinutng ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy, ma’naviy madaniy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar natijasida .erishilganmarralar, ba’zida yo‘l ko‘yilgan xato va kamchiliklar haqida axborot kommunikatsiyalari, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ishonchsiz, yolg‘on, o‘ydirma, odamlarning ongini zaharlaydigan har xil ma’lumotlart tarqatishidan boshqa narsa emas. SHunday o‘ta bema’ni axborotlarning oldini olish uchun ham axborot xavfsizligini ta’minlash zarur. Demak, o‘zbek xalqining ko‘lga kiritgan mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning o‘rni beqiyosdir.
Axborot tushunchasi, uning tur va shakllari. Xo‘sh, axborot o‘zi nima? Axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib, "darak", "ma’lumot", "ovoza" degan ma’nolarni anglatadi5. SHu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali etkazish yoki ovoza qilish tushuniladi. Falsafiy jihatdan axborotlarni o‘zining aks ettirish ob’ektiga ko‘ra: birinchidan, tabiat (koinot, er-suv, tuproq, o‘simlik, xdyvonot va boshqalar); ikkinchidan, jamiyat (odamlar, jamoat birlashmalari, davlatlar, ularning tuzilishlari, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlari); uchinchidan, inson faoliyati (jismoiniy va aqliy salohiyati, salomatligi, ongi va tafakkuri, mentaliteti, moyilligi va boshqalar) haqida batafsil ma’lumotlarni etkazib beruvchi guruhlarga ajratish mumkin. Bu bilan ularni tasniflash muammosi tugamaydi. Darvoqe, mavjud olamda yuz berayotgan hodisa, voqea, jarayonlar qanchalik tez va izchil kechsa, ular haqidagi informatsiyalar oqimi ham shunchal ik ko‘p va xilma-xil bo‘ladi.
Bugungi kundagi axborotlarni o‘zining sub’ektiga ko‘ra uchta katta guruhga ajratish mumkin. Bunda: birinchi guruhga axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatli jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga asoslangan vositalar - oddiy aloqa tarmoqlaridan tortib bugungi kundagi murakkab texnologiya asosiga qurilgan ixcham va kulay xdr xil turdagi katta va kichik kurilmalargacha bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oluvchi; ikkinchi guruhga ularning ijodkori bo‘lgan intelektual aql soxiblarini; uchinchi guruhgaulardan foydalanuvchi shaxs, jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin.
O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlovchi va rivojlanishini ta’minlovchi axborotlarni mustaqillikning shakllari bo‘yicha kuyidagilarga ajratish mumkin:
1) iqtisodiy mustaqilligshi mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni mexnat jamoalarining sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari borasidagi;
2) siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni davlat hokimiyatining tuzilishi, ularda xizmat qiluvchilar soni, kasb-kori, funksional vazifalari, rejalashtirilayotgan ishlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qurolli kuchlarning tarkibi, qurol-sroqlari va boshqalar haqidagi;
3) ma’naviy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, ularni natanparvarlik ruhida tarbiyalash, g‘oyaviy-mafkuraviy kurash yo‘llari va vositalari, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ularning ishtirokchilari tugrisidagi ma’lumotlar kabilarni o‘z ichiga oluvchi ishllarga ajratgan holda tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Falsafa ilmining umumiylik, xususiylik, alohidalik kategoriyalarining metodologik ahamiyatidan kelyb chiqqan qolda mazkur axborotlarni ishlatilish o‘rniga qarab umumiy, xususiy va alohida axborotlar tizimiga ajratish kerak bo‘ladi. undagi:
a) umumiy axborotlarga O‘zbekistonning geografik lsoylashuvi, tabiati, davlat tuzilishi, pul birligi, tarixiy I n I nojlanish bosqichlari, qadriyatlari, ta’lim-tarbiya tizimi, ,|qolining salomatlik darajalari haqida butun jahon axli;
b) xususiy axborotlarga sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularni iste’mol qilish, taqsimlash, ayirboshlash, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar haqida alohida mehnat jamoalari, tuman, viloyat aholisi, ba’zi bir davlatlar;
v) alohida axborotlarga davlat va mehnat jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish faoliyati, mehnat qilish tartibi, xizmat vazifalarini bajarish borasidagi sir-asrorlarini tashkil etuvchi, oshkor qilinganligi uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanishi muqarrar bo‘lgan, shu tufayli alohida kishilar bilishiga mo‘ljallangan axborotlar kiradi.
XXIasrga kelib bu tushunchaning mazmuni o‘zgacha ma’no kasb eta boshladi. Uning bugungi kundagi o‘rni haqida I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Xavfsizlik - uzluksiz holatdir, hadsiz-xududsizdir... Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari, o‘z taxdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor6".

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling