Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Milliy xavfsizlik namoyon bo‘lish shakllariga


Download 135.39 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

Milliy xavfsizlik namoyon bo‘lish shakllariga: siyosiy xavfsizlik; iqtisodiy xavfsizlik; harbiy-mudofaa xavfsizligi; ijtimoiy xavfsizlik; axborot-informatsion xavfsizlik; shaxs va jamiyat xavfsizligi; intellektual xavfsizlik; ekologik xavfsizlik; g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik; milliy-ma’naviy xavfsizlik va boshqalar kiradi.
YUqorida keltirilgan fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, milliy xavfsizlik tushunchasi ko‘p qirrali va xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, milliy xavfsizlik tushunchasi quyidagi xususiyatlarga ega:
Birinchidan, milliy xavfsizlik aniq tarixiy mazmunga ega, ya’ni jamiyatga qaysi sohalarda va qanday darajada taxdidlarning vujudga ketayotganligini aniqlashga qaratilgan aniq holatlardagi aniq taxlillarni talab qiladi.
Ikkinchidan, milliy xavfsizlik bir-biriga zid o‘lchamlar, jamiyatga xavf soladigan tahdidlar va ularni bartaraf etishni tavsiflaydigan ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Uchinchidan, milliy xavfsizlik muammosining ahamiyati va keskinligi jahon hamjamiyati hamda ayrim mamlakat, xudud taraqqiyotining burilish davrlarida g‘oyat o‘sib ketadi.
To‘rtinchidan, milliy xavfsizlik tomoyillari va parametrlari, ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchan hamda turli mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Ammo shunga qaramasdan har bir mamlakatning milliy xavfsizligi insoniyatning ijtimoiy va iqtisod iy taraqqiyotining umumiy ten-densiyalari bilan bog‘liqdir. SHuningdek, umumbashariy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar milliy xavfsizikka ta’sir o‘tkazib turadi.
Beshinchidan, milliy xavfsizlik tushunchasiga milliy davlat manfaatlari va milliy g‘oya, milliy mafkura ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
3.2. Mafkuraviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish holatlari. Milliy ma’naviyatga, g‘oya va mafkuraga qarshi bo‘lgan xavf-xatarlarning yuzaga kelishi nimalar bilan bog‘liqligini, uning sabablarini aniqlay bilish lozim bo‘ladi. Qanday sabablar, omillar va vositalar milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga qarshi xavf-xatarlarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin? Bu savolga javob berishdan oldin "xavf-xatar" va "tahdid" tushunchalari ustida qisqa to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
"Taxdid" turg‘unlik holatidagi xavf-xatardir. Xavf-xatar esa "taxdid"ning amaliyotga aylanishi, "ishlashi" nimagadir ta’sir o‘tkazishining boshlanishidir. "Taxdid"ning xavf-xatarga aylanishi milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan qo‘llanilganda unda ichki va tashqi emirilish jarayoni kechayotganini tushunish mumkin. Zero, "taxdid" xatarli kuch bo‘lishiga qaramasdan, agar amaliyot darajasiga aylanmasa, uning ta’sir o‘tkazish maqomini anglab etish murakkabligicha qoladi. Xavf-xatar doim harakatda bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. U "tahdid"ning yuzaga kelishi oqibatida sodir bo‘ladi. Xavf-xatarning boshida "taxdid" turadi. "Taxdidda turg‘unlik mavjud bo‘lsa, xavf-xatar har doim harakatdagi jarayondir. Bugun milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga qaysi biri kuchli ta’sir o‘tkazmoqda, degan savolga javob izlaydigan bo‘lsak, aytish mumkinki, ularning har ikkalasi ham kuchaygandan kuchayib bormoqda. Buning ma’nosi shuki, taxdid kuchayib borgani sari unga mos ravishda milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan xavf-xatar ortmoqda hamda ularni ichkaridan va tashqaridan emi-rishga harakat qilish avj olmoqda. Ayni paytda, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yagona kuch sifatida amal qilmoqda.
Milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuraga nisbatan xavf-xatar quyidagi holatlarda: millatning o‘zgalarga qaramlik holatiga tushib qolishida; milliy birlikning susayishida; millat vakillarining o‘z milliy ma’naviyatidan begonalashuvida; ta’limning tarbiyadan uzilib qolishida; mamlakatda qonun ustuvorligining etarli darajada amal qilmasligi va korrupsiyaning kuchayishida; demokratik qadriyatlar rivojlanishining milliy taraqqiyot ehtiyojlaridai orqada qolishi sharoitida yuzaga keladi.
Milliy ma’naviyat, g‘oya va mafkuramizga qaratilgan har qanday tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash alohida o‘rin egallaydi. Bunda, milliy-ma’naviy xavfsizlik - milliy ma’naviyatning barqaror taraqqiy qilishi uchun shart-sharoit, vaziyat, imkoniyatlarning mavjudl igi, uning o‘ziga xosligiga zid bo‘l gan turli ma’naviy, ruhiy, axloqiy va estetik taxdidlardan himoyalanganligi va milliy ma’naviyatning umummilliy taraqqiyotning tabiiy ehtiyoji va amaliyotiga aylanganlik salohiyatini, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizl ik esa shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi.

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling