Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari
Axborot xavfsizligi tushunchasi va uni ta’minlash muammolari
Download 135.39 Kb.
|
10 мавзу 2 маруза лотин
Axborot xavfsizligi tushunchasi va uni ta’minlash muammolari. YUqorida keltirilgan "axborot" va "xavfsizlik" tushunchalarining qisqacha falsafiy taxlillaridan kelib chiqqan holda "axborotxavfsizligi" tushunchasiga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin.
Axborot xavfsizligi bu-muayyan shaxs, oila, ijtimoiy guruh, mehnat va xizmat jamoasi, davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy, ma’naviy-madaniy omillar asosida xavf-xatarsiz tarzda normal faoliyat olib borishlari uchun zarur bo‘lgan informatsiyalarni o‘rnatilgan tartibda saqlash va etkazib berish tizimidir. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborot xavfsizligini ta’minlash tizimiga: 1) O‘zbekistonning bevosita mustaqilligini saqlashga qaratilgan, ya’ni o‘zbeklarning tarixiy makon va zamondagi o‘rnini inkor qiluvchi yoki bu haqdagi tarixiy dalillarni soxtalashtirib, ularni buzib jahon afkor ommasiga etkazishga urinuvchi soxta informatsiyalar oqimidan himoyalanishni o‘z ichiga oluvchi haqqoniy ma’lumotlar tizimini muntazam ravishda ishga solish; 2) globallashuv sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiyot sohasidagi erishayotgan yutuqlariga rahna soluvchi har xil informatsion xurujlarning oldini olish va ularga ishonchlima’lumotlar orqali qaqshatqich zarba berish, ya’ni bugungi kundagijahon-moliyaviy inqirozi sharoitida mamlakatimida yuz berayotgan iqtisodiy barqarorlik, qolaversa, iqtisodiy o‘sishning sabablarini tushuntirib berishni ta’minlash, ularni soxtal ashtirib yoki eng rivojl angan mamlakatlar bilan qiyoslash orqali "o‘zbek modeli"ning obro‘sini tushirishga intilayotgan g‘animlarga qarshi informatsion hujumni uyushtirish; 3) O‘zbekistonning siyosiy tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga, ya’ni mamlakatimizning siyosiy - hukuqiy xayotini liberallashtirishga, O‘zbekistonda "demokratiya" yo‘q deb, butun dunyoga jar solayotgan "siyosatchi"larning g‘oyaviy xurujlari va amaliy xatti-harakatlarining oldini olish va ularni badnom etish; 4) O‘zbekistonda yashovchi aholining 64% ini tashkil etuvchi yoshlarnimustaqillikg‘oyasiruhidatarbiyalash,ularningongiga milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarini singdirishga qaratilgan, ya’ni yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, xdr xil mafkuraviy xurujlarga qarshi immunitetini shakllantirish, "ommaviy madaniyat" unsurlari orqali ko‘zga ko‘rinmas darajada o‘tkazilayotgan ta’sirlar doirasiga tushib qolmaslik uchun olib borilayotgan axborotlar xavfsizligini ta’minlash ishlarini kiritish mumkin. Axborot xavfsizligining yuqorida bayon qilingan tizimi fuqarolarning axborot erkinligini cheklamaydi, balki ularning bu sohadagi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi 1- chi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Fuqarolarning axborot sohasidagi xuquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni vao‘z shaxsiy fikrini tarqatish xu^uqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi"78. Axborot va in’ikos jarayonining dial ektik aloqadorligi masalasidagi yana bir jihat bu axborotlarda in’ikos ettirilgan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash muammosidir. Bu xususda I.A.Karimov: "Ayni paytda jahon miqyosida axborotlashtirish jarayonlari tobora globallashib, bu boradagi raqobat kuchayib borayotgan, axborot nainki tovar, balki kuchli mafkuraviy qurolga aylanayotgan hozirgi shiddatli zamonda hayotning o‘zi, O‘zbekiston milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, bu yo‘nalishda yangi-yangi vazifalarni oldimizga keskin qilib ko‘ymoqda"1198, -degan edi. Demak, axborot va uning xavfsizligini ta’minlash muammosini xal etishda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratilishi muhim. 1.Axborotlarnin gmikdoriy jihatdan xavfsizligini,ya’ni narsa, voqea, hodisalar haqida to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni statistik va nostatistik yo‘llar bilan to‘plash asosida noaniqliklarni yo‘q qilish va shu asosda to‘liq ishonchli bo‘lgan axborotlarga ega bo‘lish, ularni saqlash va uzatish ishlarini amalga oshirishni ta’minlash. Bu masaladagi har qanday miqdoriy noaniqlik axborot ob’ekti va sub’ektiga xavf tug‘dirishi tabiiydir. 2. Axborotlarning sifatiy jihatdan xavfsizligini ta’minlash. Ma’lumki, hozirgi kunda axborotlarni tasniflashning bir necha, masalan, gnoseologik belgisi bo‘yicha - ob’ektiv va sub’ektiv; pragmatik belgisi bo‘yicha - potensial va aktual; ob’ektivlik farqi bo‘yicha - tabiat (tirik va notirik), jamiyat va texnikaga oid turlari mavjuddir. Bular ichida biologik va ijtimoiy sohaga oid axborotlar sifatiy jihatdan o‘ta pishiq bo‘lishni talab etadi. Axborotlarning sifatiy jihatdan pishiqligi jamiyatda barqarorlikni ta’minlash garovi hisoblanadi. SHuning uchun ham bu sohada olingan har bir ma’lumot qayta-qayta tekshirib ko‘rishni talab etadi. SHunda ma’lumot pishadi va axborot pishiqlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Pishiqlik har bir narsaning sifatlixususiyati hisoblanadi. Uni inkor etish qiyin bo‘ladi. SHu iuqtai nazardan qaragandag‘oyaviy tarbiya sohasida ishlatayotgan axborotlarimiz o‘ta pishiq bo‘lishni talab etadi. "Pishmagan osh, qorinni og‘ritadi" deganlaridek, pishiqlikkaega bo‘lmagan har qanday axborot milliy xavfsizligimizga tahdid soladi. 3.Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining kelgusidagi istiqbollarini belgilashda axborotlar xavfsizlikni ta’minlash masal asi ham muhimdir. Bunda faqat axborotlarning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlari emas, balki, ularning hajmi va mazmuni, sabab va oqibatlari, mantiqiy xulosalar chiqarish usullari ham hisobga olinishi zarur. 4. Davlatni boshqarishda ijtimoiy, ya’ni aholi sonining o‘sish sur’atlari, ishlab chiqarish, ta’minot, iste’mol va taqsimot, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, jinoyatchilik, millatlar o‘rtasidagi munosabatlar, diniy e’tiqod masalalariga oid axborotlar xavfsizligini ta’minlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadigan masaladir. Mafkuraviy ong va immunitetni shakllantirishning tamal toshi ham ana shu haqidagi axborotlarning mag‘zida joylashgandir. CHunki, inson ijtimoiy mavjudot, uni ijtimoiylikdan begonalashtirish, undagi hayvoniy sifatlarning o‘sishiga yo‘l ko‘yib berish demakdir. Hayvoniy sifat esa buzg‘unchilik, vayrongarchilik qilishning manbaidir. SHu tariqa, axborot xavfsizligini ta’minlash bu g‘animlarimiz tomonidan mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlarining oldini olish hamda ularga nisbatan milliy axborot vositalarimiz orqali qarshi qaqshatqich zarba berish demakdir. Xulosa qilib aytganda, I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Xavfsiz dunyo - umuman, butun insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda ozmuncha nayzasi sinmagan har bir insonuchun ham oliy maqsaddir"9. Download 135.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling