Reja: Azot birikmalarining ahamiyati. Azot sanoati xom ash’yolari. Azotning aylanishi. Azotning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Elementar azotning bog‘lash usullari. Kalsiy sianamidi olishning Toshkti usuli haqida. Tayanch iboralar


Download 68 Kb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi68 Kb.
#1788772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bog\'langan azot birikmalari

AZOTNING AYLANISHI.
Insoniyat elementar azotni o‘zlashtira olmaydi, chunki azot inertdir. Shuning uchun tabiatda har xil usullar bilan elementar azot bog‘langan azot holatga aylantiriladi. Ularni o‘simlik dunyosi iste’mol qiladi, ularni esa hayvonat dunyosi iste’mol qiladi, natijada insonlar uchun kerak bo‘lgan oqsil paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, inson kuniga 100 g cha oqsil iste’mol qilmog‘i kerak. Uning tarkibida 16 g azot bo‘ladi.
Tabiatda bu oqsil moddalar ham vaqti kelganda chirib, yana elementar azotga o‘tishi mumkin ekan. Shunday qilib, azot tabiatda yo‘qolmay doimo aylanib yurar ekan.


AZOTNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI.

Azot D. I. Mendeleyev jadvalida 5-guruh, 2-qatorda, 7-o‘rinda joylashgan bo‘lib, N2 ning molekulyar massasi 28,013 u.b. ga tengdir. Azot atomi 7 elektrondan iborat bo‘lib, undan 5 tasi tashqi qobiqdadir.


Elektron bulutlar tuzilishi: 1S2 2S2 3
Azot atomi ikkita izotopdan iborat.
147N - 99,63 %
157N - 0,37%
157N da 1 neytroni ko‘p.
Oddiy sharoitda inert holatdagi azot faqat litiy bilan birikishi mumkin. Azotning О2 bilan quyidagi birikmalari bor:
N2Q1O-N(1) oksid, NQ20, N2Q3O3, N2Q4O4, N2Q5O5.
HNO2 - nitrit kislotasi.
HNO3 - nitrat kislotasi.
Azotning vodorod bilan ham bir qator birikmalari bordir:
3 - ammiak, NH2-NH2 gidrozin (reaktiv yoqilg‘i sifatida ishlatiladi), N3H azot vodorodli kislota, NH = NH diimid, NH2ОН gidroksilamin va boshqalar. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, NQ5 dan N-3 gacha valentligi o‘zgarishi mumkin ekan. NQ5 dan N-3 gacha 8 elektron qabul qilyapti va N qaytarilayapti. Elementar azotning kritik temperaturasi minus 147,16 0С. Qattiq azot ikki xil - kubik va geksagonal shaklda bo‘lishi mumkin. Kritik bosimi 33,5 atmosferaga teng, uch xil holatdagisi bir muvozanat holatdagi holidir. Atmosfera bosimida suyuq azotning qaynash temperaturasi minus 195,8 0С. Qattiq holatdagi azotni erish temperaturasi minus 209,9 0С. Tabiatda eng past harorat minus 273,16 0С. Azotning radioaktiv izotoplari 137N va 167N ham bordir. Normal sharoitda 1 gғmol azot gazi 22,404 l hajmni egallaydi. Ma’lumki, normal sharoitda esa 1 atm. va 0 0С.



Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling