Reja: Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari


Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish


Download 1.3 Mb.
bet18/39
Sana03.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1743864
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
5-1

Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish
Ta’lim tizimlarini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim.
Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin:
O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qituvchi ta’limning me’yoriy hujjatlari o‘quv dasturlariga, dars jarayonlariga qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi pedagogik mahorati nuqtai nazaridan yondashiladi.
Bu jarayonda aksari hollarda o‘qituvchining axboroti bilim olishning yagona manbai sifatida qaraladi, talabalar shu o‘quv moduli davomida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir xususiy kompetensiyalarni qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning qiziqishlari, extiyojlari, fikrlari ko‘p ham e’tiborga olinmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ekt-ob’ekt munosabatlar asosida boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi. Talabalarning o‘quv-bilish faoliyati passiv tinglovchi shaklida tashkil etiladi. Bu jarayonda talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati cheklanadi.
Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabaning qiziqishi, o‘quv moduli asoslarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji, temperamenti va motivatsiyasini e’tiborga olgan tavofutlab yondashishni amalga oshirish;
2. O‘quv modulining mazmuni e’tiborga olingan holda o‘quv modulilar integratsiyasi va kasbiy yo‘naltirish orqali talabalarning barkamolligi va raqobatbardoshligini ta’minlash;
3. Talabalarning mustaqil bilim olish kompetensiyalarini tarkib toptirish maqsadida mustaqil ta’lim topshiriqlarini induktiv va deduktiv mantiqiy (bottom up keng miqyosda) yo‘nalishda amalga oshirish yo‘llarini belgilash;
4. O‘quv modulining mazmuni va DTS me’yorlarini nazarda tutgan holda elektron-axborot resurslarni tayyorlash;
5. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabaning o‘quv moduli davomida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir xususiy kompetensiyalarni nazorat qilish va baholashning zamonaviy vositalari, jumladan, sun’iy intellektni aniqlash maqsadida adaptiv test va o‘quv topshiriqlardan foydalanish orqali talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholashiga imkon yaratish;
6. O‘qituvchi bu jarayonda muvofiqlashtiruvchi, maslahatchi, tashkilotchi, nazorat qilish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiradi.
Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini amalga oshirishda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan akademik kredit va akademik modul tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglash zarur. Bu yerda professor-o‘qituvchi o‘z o‘quv moduliidan talaba to‘plashi zarur bo‘lgan kredit soni va uning topshiriqlarini shakllantirish, muntazam holda ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni muvofiqlashtirishi zarur.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling