Reja: Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari


Kredit-modul tizimida o‘qish yuklamasi


Download 1.3 Mb.
bet17/39
Sana03.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1743864
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
5-1

Kredit-modul tizimida o‘qish yuklamasi YeCTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatlik o‘qish yuklamasiga teng. Professor-o‘qituvchi o‘quv rejada o‘quv modulini o‘qitishga rejalashtirilgan soatlarni e’tiborga olgan holda tegishli kredit miqdorini belgilaydi. Talaba qo‘lga kiritishi uchun ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini (“learning workloads”) bajarishi zarur. Professor-o‘qituvchi talabalarning o‘quv yuklamasini ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlari, shuningdek, mustaqil ta’lim orqali bajaradigan o‘quv va test topshiriqlari, mustaqil ishlarning rejasiga muvofiq shakllantiradi.
Talabaning o‘qish yuklamasi bu muayyan o‘quv moduli bo‘yicha B. Blum taksonomiyasiga asoslanib belgilangan o‘quv maqsadlariga erishish uchun o‘qituvchi tomonidan shakllantirilgan barcha tizimli topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqt. Modul bo‘yicha 1 kredit o‘qish yuklamasi 25-30 soat oralig‘ida belgilangan. Odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Agar Siz o‘qiydigan modulga 3 kredit ajratilgan bo‘lsa, talaba ushbu o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 75-90 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*3=75; 30*3= 90). Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir o‘quv moduli uchun belgilangan kreditlar miqdori belgilanib, o‘quv yilining boshida har bir o‘quv moduli uchun talabalar o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflash kerakligini, o‘quv topshiriqlarini silabus ko‘rinishida yoki talabaning shu modul bo‘yicha mustaqil ish daftari shaklida shaffoflikning bir ko‘rinishi sifatida tavsiya etishi zarur.
Kredit-modul tizimi prinsiplari va ularni amalga oshirish yo‘llari.
Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini amalga oshirish prinsiplari sifatida quyidagilar:
1. Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan texnologiya asosida o‘quv moduli mazmunidan kelib chiqqan holda kredit - modul tizimining didaktik va metodik ta’minotini ishlab chiqishi lozim (student-centered yeducation);
2. Ta’lim-tarbiya jarayoni davomida tizimli, muntazam va shaffoflikka asoslangan talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimi topshiriqlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish (transparent yeducation) (shaffoflikni ta’minlash);
3. Kredit-modul tizimi talabalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonining moslanuvchanligini kuchaytirish, ya’ni talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimi topshiriqlarini murakkablik darajasi (reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ) ni e’tiborga olgan holda talabalarning muayyan kredit to‘plashiga imkon yaratish (improving flexiblity) (gibkost);
4. Ta’lim-tarbiya jarayoni davomida talabalar mobilligini kuchaytirish, ya’ni talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimi topshiriqlarini DTS (minimal- reproduktiv, produktiv daraja) va malaka (maksimal- qisman-izlanishli, kreativ) talablar asosida shakllantirgan holda talabalarning qiziqishi, ehtiyoji va hohishiga ko‘ra muayyan kredit to‘plashiga imkon yaratish (improving student mobility) belgilangan. Quyida har bir tamoyil tafsiflanadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling