Reja: Bank faoliyatini funksiyalari


Download 41.18 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi41.18 Kb.
#1757415
1   2
Bog'liq
Bank faoliyatini funksiyalari va nobank kredit tashkilotlarining iqtisodiy tizimidagi o`rni.

Investitsiya banki
Investitsiya banki korxonalarning qimmatli qogʻozlari va bondlarni chiqaradi, sarmoya boshqaruvi xizmatlari, kapital bozorda firmalarga maslahat berib boradi, birja bozorlarini yaratadi va yuritadi.
Islom banki
Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib boriladi. Bunday banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga moʻljallangan binolarni moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi.
Tashqi banklar[
Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshoreʼ banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy davlatlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat.
Mulk shakliga koʻra turlari
Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.
Tarixi[
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.
Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.
Oʻzbekistondagi bank tizimi
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari. Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo`lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas: 1.Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob –raqam ochish va yuritish 2.Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini depozit hisob-raqamlariga jalb etish 3.Mazkur pul mablag’larini o`z nomiga joylashtirish Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo`g’ini bo`lib tijorat banklari hisoblanadi. Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. SHu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo`ldi . Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi: 1.Kredit uyushmalari. Ular faqat o`z-o`zlariga depozit qabul qiladi va o`z- o`zlariga kredit beradi. 2.Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta`minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish huquqiga emas. 3.Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo`li bilan kredit beradi. 4.Lizing kompaniyalari 5. Faktoring kompaniyalari. Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to`la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi. a) Moliyaviy lizing b) Operativ lizing Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog’liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug’ullanadi. Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o`rtasida to`lov instirumentlari bo`yicha o`zaro hisob-kitioblarni amalga oshiradi. • Kredit koperativlari ma`lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan. • Pensiya fondi • Inkossatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to`lov hujjatlarini inkossatsiya qilish bilan shug’ullanadi. Lekin O`zbekistonda bunday tashkilotlar yo`q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya “Respublikamiz inkasatsiya birlashmalari” tomonidan amalga oshiradi. • Sug’urta kompaniyalari. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshirdi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo`ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta`minlash imkoniyatini beradi. CHunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy Bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi: a)Ustav kapitali b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam c)O`zining a`zolaridan jalb qilingan pul mablag’lari d)Tijorat banklarining kreditlari e)Sof foyda f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar g)O`tgan yillarning taqsimlanmagan goydasi Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo`nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o`zlariga a`zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. SHu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo`lsa kredit operatsiyasidir. Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag’al qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir. Faktoring kompaniyasi jo`natilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar bo`yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug’illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi . Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to`lovchi to`lovga noqobil bo`lib qolganda faktoring kompaniyasiga to`lovni mol etkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi. Agar tovar hujatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to`lov riski to`liq ya`ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmsida qoladi. CHunki to`lovchi to`lovga noqobil bo`lib qolganda factoring kompaniyasi to`lovni undirish bo`yicha mol etkazib beruvchiga murojat qila olmaydi. O`zbekiston Respublikasida faktoring kompanyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari, O`zbekiston bankalari faktoring operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan mamlakatlarda factoring kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham yuritadi Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o`rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bor , ya`ni lizing kompaniyalarida resurslar etishmaydi. Ular faoliyatini asosan o`z mablag’lari hisobidan moliyalashtirishga majbur.SHu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko`lamda jalb qiladilar. O`zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug’illanadi. Asosiy muommo shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi. Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog’ozlar bo`yicha o`zaro hisobkitoblarni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schyotlar ochadi. Bu schyotlar mazmuniga ko`ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya`ni bu schyotlar debitli qoldiqqa ham ega bo`lishi mumkin, kreditli qoldiqqa ham ega bo`lishi mumkin. Kliring palatasi bir ish kuni mbaynida barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ish kuni so`ngida har bir bankka uning hisob-raqamidan ko`chirma beradi. Agar bank ko`chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo`lsa , demak unga to`la berishadi. Ko`pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda nazorat funktsiyasiga ega emas. SHu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag’lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming evro ekvivalenti miqdorida pul mablag’lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o`z a`zolaridan depozitlar qabul qilish huquqiga ega. SHu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimi. Kredit uyushmasi a`zolarining mumiy yig’ilishi: ➢ ustavga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritadi, ustav fondini ko`paytirish yoki kamaytirishga doir o`zgartishlar bundan mustasno; ➢ daromadning bir qismini kredit uyushmasining a`zolariga to`lash tartibini tasdiqlaydi; ➢ kredit uyushmasi a`zolari orasidan kengash, kredit qo`mitasi, taftish komissiyasi a`zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi; ➢ yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo`mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi; ➢ auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi; ➢ kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to`g’risida qaror qabul qiladi. Hozirgi kunga kelib Resbulika hududida 30dan ortiq kredit uyushmalari faoliyat ko`rsatishmoqda, undan tashqari davlat va kredit uyushmalari orasidagi aloqani yanada yaqinroq va tezroq amalga oshirish maqsadida “O`zbekiston Respublikasi Kredit Uyumalari Assotsiatsiyasi” tashkil etilgan. Xavfsiz va moliyaviy barqaror institut bo`lishi uchun omonat kredit uyushmasi ishtirokchilarning jamg’armalarini himoya qilish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o`ylab ish tutishi kerak. Butun dunyoda faoliyat ko`rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta`minlaydigan moliyaviy boshqaruv hamda ichki nazorat tizimini barpo etish yo`li bilan amalga oshirilib, institutning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e`tiborni beradi. Kredit uyushmasi ishlab chiqarish, sug’urta, savdo-vositachilik hamda ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug’ullanishga haqli emas” deb aytilgan.
Download 41.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling