Reja Banklar faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va huquqiy asoslari Tijorat banklari vazifalari va ularning mohiyati


Download 0.54 Mb.
bet5/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1719828
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
banklarining paydo bolishi va bank tizimi

Hisob - kitob operatsiya - banklar mijozlaming topshiriqlariga asosan rnrli maqsadlarga ulaming liisobvaraqlarini clebetlash orqali o'tkazadi. shuningdek. ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi.

Investitsitya operatsiya – bankning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog’ozlarida moliyaviy mablag’larni joylashtiradi.

Kassa operatsiyalari - orqali mijozlarga naqd pullami berish va ulardan naqd pullami qabul qilish bilan bog'liq lslilami amalga oshiradi.

Valyuta operatsiyalari - bevosita xorijiy mamlakatlar inilliy valyutasini oldi - sotdisi bilan bog'liq operatsiyalar hisoblamb. niilliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kiirsini o zgarishi hisobiga foyda voki zarar korishi mumkin


Bank aktivlarining tuzilishi kapital (bankka tegishli er, imorat) va joriy (bankning naqd pullari, hisobga olingan veksellar va boshqa qisqa muddatli majburiyatlar, ssudalar va investitsiyalar) qismlardan iborat. Likvidlik va foydalilik nuqtai nazaridan bank aktivlarini to‘rt guruhga ajratish mumkin:
1. Birlamchi rezervlar.
2. Ikkilamchi rezervlar
3. Bank ssudalarining portfeli.
4. qimmatbaho qog‘ozlar portfeli yoki bank investitsiya portfeli.
1. Birlamchi rezervlar. Olinayotgan qo‘yilmalar va kreditlarni to‘lash uchun tezda ishlatilishi mumkin bo‘lgan eng harakatchan aktivlar. Bu erga bankning naqd pullari (MB korrespondent schetida va banknot ko‘rinishidagi bank schetlarida kassa qoldig‘i), cheklar va inkassirlash jarayonidagi boshqa to‘lov dokumentlari kiradi. Bunday aktivlar daromad keltirmaydi, lekin bank likvidligining bosh manbai bo‘lib xizmat qiladi.
2. Ikkilamchi rezervlarbu katta daromad keltirmaydi, lekin minimal tutib turuvchi va yo‘qotish kam tavakkalchiligi bilan naqd pulga aylanishi mumkin bo‘lgan yuqori likvidli aktivlardir. Ularga veksellar va kichik qarz beruvchilarning boshqa qisqa muddatli ssudalari kiradi. Ushbu aktivlar guruhining asosiy mas’uliyati birlamchi rezervlarni to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qilish hisoblanadi.
3. Bank ssudalarining portfeli. Bu juda daromadli, lekin tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan aktivlardir, bu guruh bank foydasining bosh manbai sanaladi.
4. Qimmatbaho qog‘ozlar portfeli yoki bank investitsiya portfeli. Investitsiya portfelini shakllantirish ikki maqsadni ko‘zda tutadi: bankka daromad keltirish va uzoq muddatli qimmatbaho qog‘ozlarni to‘lash muddatlari yaqinlashuvi bilan ikkilamchi rezervlarning to‘ldirilgan bo‘lishini ta’minlash va ularni qisqa muddatga aylantirish.
Bank ssudalari blankalar bilan ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin.
Ta’minlangan ssudalar nimanidir garovi sifatida bo‘lishi kerak, bunga aksiya, obligatsiya, veksel, debitorlik scheti, avtoulovni garovga qo‘yish, mol-mulkni taqdim etish, shuningdek qarz beruvchining zarur bo‘lganda to‘lashi uchun bankka bergan birtomonlama yozma majburiyati kiradi.
To‘lash muddati bo‘yicha bank ssudalari: bank xohlagan vaqtda talab etishi mumkin bo‘lgan ssudalari va muddatli ssudalar.
Bank ssudalari ikki usul bilan to‘lanadi:
1. Ssuda bo‘yicha asosiy ulushning hammasi (foizni hisobga olmaganda) bir vaqtda badallar yo‘li bilan oxirgi sanada to‘lanishi shart - to‘g‘ri ssudalar.
2. Kredit bitim harakati davomida ssuda summasi qismlarga ajratilgan holda qisqartiriladi — uzaytirilgan muddatda.
Ssuda bo‘yicha foizlar qarzni to‘lash bo‘yicha birdan to‘lanishi ham mumkin yoki qarzlarning harakati davomida teng kuchli badallarni to‘lash mumkin.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling