Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


BANKLARDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBI


Download 0.57 Mb.
bet55/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

BANKLARDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBI

Reja
1.Bankning byudjet va byudjetdan tashqari to‘lovlari turlari va ularni hisoblash.
2.Banklarda daromad solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i, ekologiya solig‘i, mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobini yuritish tartibi.
3.Byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalarni bank buxgalteriya hisobida aks ettirilishi.



Tijorat banklari yuridik shaxs sifatida davlat byudjetiga quyidagi soliqlar tolaydi va ajratmalarni amalga oshiradi (Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yilda O zbekiston Respublikasi davlat buydjeti parametrlari va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi haqida”gi 29.12.2017 yildagi PP-3454sonli Qarori):

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;

  • mol-mulk soligʻi;

  • yer soligʻi;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi;

  • soliq solish manbasidan toʻlanadigan soliq;

  • jismoniy shaxslarning daromad soligʻi;

  • fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari

(Xalq bankining tegishli boʻlimlariga oʻtkaziladi);

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisobi. Banklarda foyda soligʻi stavkasi 22% qilib belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 7-ilovasi).
Ushbu qarorga muvofiq, obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi foyda soligʻi bilan qoʻshib yuborildi . Ushbu soliqni toʻlashda banklar kelgusi chorakning boshida chorak davomida olinadigan foyda miqdorini oylar kesimida bashorat qilib, davlat soliq inspektsiyalariga maʼlumot taqdim etiladi. Bashorat qilingan soliq summasi oyning boshida davlat byudjetining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va bunda,
Debet 19931 – “Muddati uzaytirlgan soliqlar”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Oy davomida toʻlangan foyda soliq summasi har chorakning oxirida bankning tegishli xarajatlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
a). Agar chorak uchun bashorat qilingan foyda soliq summasi haqiqatga
toʻgʻri kelsa,
Debet 56902 –“Daromad soligʻini baholash”,
Kredit –19931-“Muddati uzaytirlgan soliqlar” hisobvaragʻi.
b). Agar choraklik uchun oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi bankning haqiqatdagi foyda soligʻi summasidan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22502- hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi.

  • kam toʻlangan summaga,

Debet 56902 –“Daromad soligʻini baholash”,
Kredit 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari” hisobvaragʻi.

  • kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda,

Debet 22502 –“Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Agar oldindan toʻlangan foyda soligʻi summasi haqiqatda aniqlangan foyda soliq summasida koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisobkitob qilish asosida tartibga solinadi. Chorak boshida bashorat qilingan foyda soligʻi summasi haqiqatda kam yoki koʻp toʻlanganligi chorakning oxirida soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan 22% miqdorida hisoblab aniqlanadi. Banklarda foyda soligʻi soliq bazasi bankning hisobvaraqlar rejasining 4 boʻlimidagi daromadlar hisobvaraqlaridagi qoldiqlar asosida aniqlanadi. Soliq bazasini hisoblashda 4 boʻlimdagi hisobvaraqlardagi daromad summasida Soliq kodeksida belgilangan imtiyozlari mavjud boʻlgan daromad turlari va boshqa chegirmalar ayirib tashlanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling