Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Download 0.57 Mb.
bet56/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

Mol-mulk soligʻi hisobi. Tijorat banklari barcha yuridik shaxslar kabi molmulk soligʻi toʻlaydilar, hozirgi paytda ushbu soliq stavkasi mol-mulkning umumiy summasiga nisbatan 5 foizni tashkil etadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 17-ilovasi). Mol-mulk soligʻi uchun soliq davri qilib kalendar yil belgilangan. Banklarda mol-mulk soligʻi uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda 16509+16535+16529+16541, 16549- hisobvaraqlarida mavjud qoldiq summalari olinadi, (16549 hisobvaraqda hisobga olingan ijradagi teminallar uchun soliqdan imtiyoz mavjud va ular soliq bazasidan chegiriladi). 16601- hisobvaraqda aks ettirilgan nomoddiy qimmatliklar boʻyicha ham imtiyoz mavjud va ular ham soliq bazasiga kiritilmaydi. Banklar yilning barcha choraklari uchun avans hisobotini soliq organlariga taqdim etadi. Bank tomonidan oylik toʻlanadigan mol-mulk soligʻi hisoblanib, 22504-hisobvaragʻida jamlanib boriladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”,
Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi.
Hisobot davri tugagach, haqiqatda hisoblangan bir yillik mol-mulk soligʻi toʻlab beriladi va yanvar oyining 25-sanasigacha toʻlangan soliq summasi boʻyicha hisobot topshiriladi. Mol-mulk soligʻi toʻlanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Mol-mulk soligʻi toʻlangandan soʻng yanvar oyining 25-sanasigacha toʻlangan soliq summasi boʻyicha hisobot topshiriladi.
Yer soligʻi hisobi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan banklar yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 19-ilovasi). Koʻchmas mulk bank tomonidan ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi, yaʼni bank yer soligʻini toʻlovchi boʻladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun yer soligʻini toʻlaydi. Yer soligʻi har bir soliq davrining 1 yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Yer soligʻini toʻlash, banklar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Banklar amaliyotda yer soligʻini davlat soliq inspektsiyalari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda zonalar boʻyicha 1 kv.m.ga oʻrnatilgan soliq stavka haqida taqdim etgan tartiblar asosida toʻlaydilar (1ga uchun: 1-zona -131175469 soʻm, 5-zona -26235094 soʻm.) Bank binosi joylashgan joy qaysi zonaga taalluqli ekanligi kadastr hujjatlari asosida aniqlanadi. Soliq baza aniq boʻlgandan keyin bank binolari joylashgan hududning maydoni hajmi aniqlanadi va belgilangan stavkalar asosida soliq summasi aniqlanadi. Aniqlangan yer soligʻi summasi belgilangan tartib va muddalarda davlat byudjetining tegishli hisobvaraqlariga toʻlab beriladi. Hisoblangan yer soligʻi summasiga,
Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari)va litsenziyalar”,
Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi.
Yer soligʻi toʻlanganda,
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”,
Kredit 23402 –Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Soliq solinadigan bazada soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda banklar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling