Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi. Banklar xodimlarning ish haqi, mukofot va boshqa koʻrinishdagi daromadlaridan quyidagi shkala asosida daromad soligʻi toʻlaydi hamda har oyda davlat byudjetining tegishli hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP3454-sonli Qarori, 8-ilovasi).
Soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdorining yil davomida oʻzgarishiga qaramasdan qayta koʻrib chiqilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi. Tijorat banklari yagona ijtimoiy toʻlovni, yaʼni, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (PJ), Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya (FSHJBP) hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan toʻlovlar, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga (KUFK) toʻlovlarni amalga oshiradi. Bank xodimlari ish haqidan daromad soligʻi va boshqa ajratmalarni amalga oshirish tartibini quyida koʻrib chiqamiz (yanvar oyi uchun). 2017 yil 1 dekabrdan 172240 soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu summa (JSHDS) summasini hisoblash 2018 yil uchun amal qilinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-5249, 20.11.2017y). Fuqarolarning shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya (FSHJBP) 2,0 foiz miqdorida belgilangan (O zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 6-punkti). B yudjetdan tashqari nafaqa fondiga majburiy sugurta badali stavkasi xodimning hisoblangan ish haqi summasidan 8,0 foiz miqdorida belgilangan (Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 3-punkt 19-bandi). Yagona ijtimoiy to lov stavkasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun-15%, jumladan: -buydjetdan tashqari Pensiya fondiga -14,8%; -ish bilan ta’minlash davlat fondiga -0,1%; -O zbekiston kasaba uyushmasi federasiyasiga -0,1%. B oshqalar uchun -25 foizdan, jumladan: -buydjetdan tashqari Pensiya fondiga -24,8%; -ish bilan ta’minlash davlat fondiga -0,1%; -Ozbekiston kasaba uyushmasi federasiyasiga -0,1% (Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 23-ilovasi). M isol. Bank xodimi A.A.Alimovga yanvar oyi uchun ish haqi hisoblandi va undan quyidagi soliq hamda ushlanmalar ushlab qolindi: (Ming somda)
A.A.Alimovga hisoblangan ish haqi va mukofot pulining jami -2000,0 ming so m bo lib, qo lga olinadigan summa 1558,0 ming so mni tashkil etdi. Bunda, hisoblangan jami summaga, Debet 56102 –“Ish haqi” - 2000,0 ming som, Kredit 29803 –“Bank xodimlari bilan hisob - kitoblardagi tolanishi lozim bolgan mablaglar” -1571,0 ming som, Kredit 22506–“To lash uchun ushlab qolingan mablag lar” -249,0 ming so m, Kredit 22510–“Nafaqa fondi (pensiya) bilan hisob-kitoblar” - 160,0 ming so m, K redit 22512–“Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob-kitoblar” (1 foiz kasaba uyushmasi) -20,0 ming som. Yagona ijtimoiy to lov stavkasi 25 foizdan iborat bo lib, u bo yicha 500000,0 =(2000000,0 x 25,0 / 100) so m hisoblandi, Debet 56114 –“Ijtimoiy sugurta boyicha badallar” - 500.0 ming som, K redit 22510 –“Nafaqa fondi (pensiya) bilan hisob-kitoblar” - 500,0 ming som. Bank xodimining ish haqi boyicha hisoblangan soliq tolovlari va yagona ijtimoiy to lov summalari belgilangan tartibda to landi. a). Bank xodimiga ish haqi to landi, Debet 29803 –“Bank xodimlari bilan hisob- kitoblardagi tolanishi lozim bolgan mablaglar” -1571,0 ming som, K redit 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar –“Aylanma kassadagi naqd pullar” -785,5 ming som, Kredit 29896–“Boshqa majburiyatlar” (plastik kartochkaga) – 785,5 ming soʻm. b). Bank xodimining ish haqidan hisoblangan daromad soligʻi va FSHJBP toʻlab berildi. Debet 22506–“Toʻlash uchun ushlab qolingan mablagʻlar” - 249,0 ming soʻm, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” -209,0 ming soʻm, Kredit 22628–“Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarma pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlar” - 40,0 ming soʻm. v). Ish haqi hisobidan pensiya fondiga (8%) hisoblangan summa va yagona ijtimoiy toʻlov (25%) summasi toʻlab berildi. Debet 22510–“Nafaqa fondi bilan hisob-kitoblar” - 160,0 ming soʻm, Debet 22510–“Nafaqa fondi bilan hisob-kitoblar” – 500,0 ming soʻm, Kredit 20205 –“Byudjetdan tashqapri fondlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” – 660,0 ming soʻm. g). Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha hisoblangan summa toʻlab berildi. Debet 22512–“Bandlik va boshqa fondlar bilan hisob- kitoblar” (1 foiz kasaba uyushmasi) - 20,0 ming soʻm, Kredit 20296 –“Boshqa tashkilotlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” – 20,0 ming soʻm. Tijorat banklari ushbu soliqlar boʻyicha davlat soliq inspektsiyalariga har chorakda hisobot beradi. Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya (FSHJBP) hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan toʻlovlar. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan 2% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. FSHJBPni toʻlash boʻyicha buxgalteriya yozuvini amalga oshirish tartibi yuqorida keltirilgan. Banklarning davlat maqsadli fondlariga ajratmalarning hisobi. Tijorat banklari byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarʻmasiga ajratmalar miqdori -3,2 foiz qilib belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 24-ilovasi). Uni taqsimlash quyidagica tartibda belgilab qoʻyilgan: byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratma - 46,88%; byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratma - 43,75%; taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarʻmasiga ajratma -9,37% tashkil etadi. Tijorat banklari ushbu soliqlar boʻyicha davlat soliq inspektsiyalariga har chorakda hisobot beradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling