Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Bank kafolatlari va ularning hisobi


Download 0.57 Mb.
bet61/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

2.Bank kafolatlari va ularning hisobi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug’urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo’ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi.
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan puli munosabatlarda pul shakillaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulsiz aylanishga va nakd puli aylanishga bulinadi. Chakana savdo va axoliga pullik xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshriladi. Bundan tashqari, naqd puli aylanishga komunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi xizmatchilarga ish xaqi va shunga tenglashtirgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga baddalar to’lash, uy-joy qurulishi va boshqa maqsadlar uchun axolii tomonidan olingan kreditni naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq, to’lovlarning to’lanishi kiradi.
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pulsiz aylanishi tashkil etadi. Naqd pulsiz aylanishi naqd pulsiz hisob- kitob shakllari asosida olib boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan mikroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va uni tartibga solish nuqtai-nazaridan davlatlarning qiziqishi, mulkchilik shakillarining ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo’ladi.
Avvalombor to’lovlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning balansdan tashqari operatsiyalarni o’rganishda naqd pullar, ya’ni banknota va tangalar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ko’rib chiqsak.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo’lib, ularning muomalada bo’lish qoidalarini belgilaydi. Shu sababli tegishli tartib-qoidalarni ishlab chiqadi va joriy qiladi.
Xozirgi kunda naqd pul bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” 1831-sonli yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.
Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni nazorat qilishlari shart. Pul va metall tangalarni qabul qilish hamda ular bilan ishlashda eskirgan, shikastlangan, shuningdek nuqsonli metall tangalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul va metall tangalarning to’lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash Qoidalariga binoan muomaladan chiqariladi.
Kassirlar, pul sanash mashinalarida qayta sanalgan pul va tangalarni, shuningdek bevosita pul tushumini topshiruvchilar tomonidan saralangan pul va tangalarning haqiqiyligi, to’lovga yaroqliligi va eskirganligini aniqlash mas’uliyatidan ozod etilmaydi.
To’lov yoki almashtirib berish uchun qabul qilingan qalbaki yoki to’lovga yaroqsiz pullarni qabul qilib olgan bank kassirlari, o’zlari qabul qilgan qalbaki yoki to’lovga yaroqsiz pul va metall tangalarning umumiy summasi bo’yicha moddiy javobgar hisoblanadi.
To’lov qobiliyatini yo’qotgan pullar almashtirib berilmaydi.
Banklar va ularning filiallari yong’inlar yoki boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida yaroqsiz holga kelgan pullarni (Davlat yong’in nazorati organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilganda), ularning haqiqiyligiga ishonch hosil qilgach, bank (filial) rahbari ruxsati bilan almashtirib berish huquqiga egadirlar.
Shikastlangan pullarni almashtirib berish, mijozlar ularni bank kassasiga taqdim etganlaridan so’ng, buxgalteriya o’tkazmalarisiz amalga oshiriladi. Shikastlangan pullarga "Almashtirilgan" degan to’rtburchak muhr bosiladi va unda bank nomi, sanasi, pulning haqiqiyligini ko’zdan kechirgan shaxsning lavozimi ko’rsatilib, uning imzosi qo’yiladi. Ko’rsatib o’tilgan pullar eskirgan pullar toifasiga o’tkaziladi.
Kelgusida pullarning butligini vaqtincha saqlash maqsadida, kassirlarga shikastlangan pullarni butun holda kalkaga yoki yupqa qog’ozga yopishtirish, tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida o’rab bog’lash tavsiya etiladi.
Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch, tsellofan va hokazolar) bilan elimlash qat’iyan man etiladi.
Agarda kassir uchun pul va tangalarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda qiyinchilik tug’ilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari bo’limining boshlig’i (kassa mudiri), zarur hollarda esa - bank rahbari qabul qiladi.
Almashtirib berishga ruxsat etilmagan pullarga "Almashtirib berish rad etildi" degan to’rtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan xodimning lavozimi ko’rsatiladi va imzosi qo’yiladi.
Agar bank xodimlari pullarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar, ushbu pullar mijozning xohishiga binoan ariza shakliga muvofiq, ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi kvitantsiya beriladi.
Ekspertizaga qabul qilingan pullar ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari orderlari asosida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar" hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda ularning to’lovga yaroqliligiga shubha tug’diradigan pul va tangalar ham aynan shu hisobvaraqqa kirim qilinadi.
Debet 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha kontr-hisobvaraq
Keyinchalik ekspertizaga olingan pullar bank mijozlarining arizalari bilan birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda joylardagi Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazlari (HKKM)ga ro’yxat asosida inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali jo’natiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan to’lovga yaroqsiz va ularning to’lovga yaroqliligini aniqlashda shubha tug’diruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Bank filiallari tomonidan jo’natilayotgan pullar 90143 "Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’ining alohida ochilgan shaxsiy hisobvarag’ida o’z nominal qiymatida hisobga olinadi.
Debet 90143 - Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha kontr-hisobvaraq
Pul joylangan jo’natmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudirining surg’uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim qilinib, kirim qilinganligi haqidagi yozma tasdiqnomani bank filiali olganidan so’ng, ushbu pullar ekspertizadan o’tkaziladi. To’lovga yaroqsiz deb topilgan summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi to’g’risida olingan tasdiqnomadan so’ng, amalga oshiriladi.
To’lovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga o’tkaziladi hamda bir vaqtning o’zida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar" hisobvarag’idan chiqim qilinadi.
Debet 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha kontr-hisobvaraq
Kredit 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Ekspertizaga yuborilgan pul va tangalarni almashtirib berish rad etilgan taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda ma’lum qiladi.
Shikastlangan pul va tangalarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha ularni ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir.
Qalbaki pullar 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar" hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi va bu haqda bank rahbariga xabar qilinadi va u O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko’rsatmalariga binoan belgilangan tartibda Ichki ishlarning tuman (shahar) organlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya va raqamini ko’rsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan chiqim kassa orderi bo’yicha tilxat asosida huquqni muhofaza qilish organiga, uning yozma so’rovnomasiga asosan beriladi. Qo’shimcha axborot Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga ma’lumot uchun yuboriladi.
Qayta sanash vaqtida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda tangalar uchun o’sha xaltaga tegishli bo’lgan ilova qaydnomasi va xaltadagi yuk xatiga dalolatnoma tuzilib, unda har bir pulning seriya va raqamlari, qiymati hamda tangalar summasi ko’rsatiladi. To’lovga yaroqsiz pullarga "Almashtirib berish rad etildi" degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul qilgan shaxsning imzosi ko’rsatiladi.
Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektning xaltalarida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning raqami yoki tangalar summasi bo’yicha qabul qilinganligi yuzasidan ma’lumotnoma tuzadi. Ma’lumotnoma 003-shakldagi kirim orderlarini tuzish va ko’rsatib o’tilgan pullarning 90145 "To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar" hisobvarag’iga kirim qilinishi uchun bankning bosh buxgalteriga yuboriladi.
Debet 90145 - To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha kontr-hisobvaraq
Kirim orderlari uch nusxada tuzilib - birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchisi - buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning uchinchi nusxasi - to’lovga yaroqsiz (qalbaki) pullar bilan birga saqlanadi. Shundan so’ng, orderlar, to’lovga yaroqsiz pul va tangalar kassa mudiriga topshiriladi.
To’lovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida mijozning talabiga ko’ra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti bilan, unga ko’rsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu to’lovga yaroqsiz pullar inkassotorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisobkitob-kassa markaziga ro’yxatlarbilan birga 90143 "Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha yuboriladi. Ushbu to’lovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinganidan so’ng, belgilangan tartibda yo’q qilinadi yoki almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling