Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Download 0.57 Mb.
bet57/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarning hisobi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yil boshida oʻtgan yilda toʻlangan summaga nisbatan bashorat qilinib joriy yil uchun yillik avans toʻlovi haqida maʼlumotnoma taqdim etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qaroriga muvofiq, 13-ilovasi).
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq bank joriy soliq davrining 25 yanvarigacha bankda suvda foydalanish boʻyicha yangidan joriy etilganlari esa - davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechikreditirmay, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar. Maʼlumotnomaga asosan hisoblangan avans summasi oldindan toʻlanadi,
Debet 19931–“Muddati uzaytirlgan soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash joriy toʻlovlar hisobga olingan holda soliq toʻlovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechikreditirmay amalga oshiriladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. Bunda yer usti va yer osti suv resurslaridan foydalanilganligi uchun foiz nisbati olinadi, yaʼni haqiqatda ishlatilgan suv hajmi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga asosan uni 74,6% - yer osti suvi (1 m/kub -98.2 soʻm), 26,4% yer usti (1 m/kub124,8 soʻm) suviga ajratiladi. Ushbu nisbatlar boʻyicha oldindan amalga oshirilgan toʻlov summasiga,
Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”,
Kredit –19931-“Muddati uzaytirlgan soliqlar(alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvaragʻi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun oldindan toʻlangan soliq summasi haqiqatda toʻlangan summadan kam boʻlsa, kam toʻlangan qismi bankning 22504-hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga oʻtkazib beriladi.
-kam toʻlangan summasiga,
Debet 56714–“Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” hisobvaragʻi.
-kam toʻlangan summa davlat byudjeti hisobvaragʻiga oʻtkazilganda,
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”,
Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Agar oldindan toʻlangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi haqiqatda toʻlash lozim boʻlgan summadan koʻp boʻlsa, ushbu farq keyingi oylarda oʻzaro hisob-kitob qilish asosida tartibga solinadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobi. Ushbu soliq turi 20 foizdan iborat (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PP-3454-sonli Qarori, 3-punkt 7-bandi). Tijorat banklari “Boshqa daromadlar” hisobvaraqlarida aks ettirilgan daromadlar hisobidan, xususan “Paynet” xizmati boʻyicha olingan daromadlar, asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar va qonunchilikda belgilangan boshqa daromadlardan toʻlaydi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanadigan operatsiyalar boʻyicha har oyning yakuni boʻyicha toʻlov miqdori aniqlanib, keyin toʻlov amalga oshiriladi.
Masalan, bank asosiy vositasini (yuk mashinasi) mijozga 120 kunga ijaraga berish hisobidan 500 ming soʻm daromad oldi. Olingan daromaddan quyidagi tartibda QQS hisoblanganda,
a). Mijoz yuk mashinasidan foydalangani uchun ijara toʻlovi bankka
oʻtkazilganda,

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling