Reja: Baqtriya bronza davrida. Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning xronologiyasi. Jarqoʻton shahristoni


Download 1.13 Mb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1003755
1   2   3   4
Bog'liq
Eshpoʻlatov Shaxboz. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi

Jarqoʻton sopol buyumlari
5-tepada olib borilgan qazishmalar jarayonidan ma‘lum bo‘ldiki, ushbu
tepalik bir necha qurilish davrida shakllanib borgan. Mudofaa inshootining janubiy
va sharqiy yo‘nalishi xarobalari ustida Ko‘zali qurilish bosqichiga tegishli
jamoaviy ibodatxona topilgan. Ibodatxona otashgoh, ibodatxona zali va unga
tutash tosh yoʻlakchadan iborat bo‘lgan. Ibodatxonadan bir nechta doira shakldagi
altar qoldiqlari topilgan. Xususan, zal markazida diametri 1,5 m., chuqurligi 1
m.dan kam bo‘lmagan doira shaklidagi altar topilgan. Bu tadqiqotchining fikriga
ko‘ra, jamoaviy ibodatxonaning bosh obyekti bo‘lgan. Ibodatga kelgan jamoa
a‘zolari muqaddas tosh yoʻlakcha orqali zalga kirib, otashkada atrofida tegishli
rasm-rusmlarini o‘tkazishgan. Janubiy parallel devor orqasida yupqa plita
toshlardan qurilgan (uzunasi 4 m. Kengligi 0,70 sm) 2 ta tosh yashiklar topilgan.
Tosh yashiklar ichidan oppoq kul aralash kuygan suyak qoldiqlari va ikki dona
dashtliklarning sopol parchalari topildi. A.Asqarovning fikricha, bu devor moʻlali
yoki bo‘ston davriga tegishli bolishi mumkin. Chunki, devor loyi ichida Sopolli
madaniyatining so‘nggi bosqichlari sopol parchalari uchraydi. Tosh yashiklar,
ibodatxona kompleksi va tosh fundamentli devorlar ko‘zali davriga tegishli bo‘lib,
aynan shu davrda qadimgi dehqonchilik jamoalari qishloq va shaharlariga
shimolning dasht chorvadorlari kirib kelishgan va moddiy madaniyatga ta‘sir
ko‘rsatishgan.
Jarqoʻton ibodatxonasi. Yodgorlikning shahriston maydonining 6-tepasidan ilk zardushtiylik dinining monumental ibodatxonasi ochilgan. Ibodatxona Jarqoʻtonning eng baland qismida qad ko‘targan. Arki a‘loda joylashgan hukmdorning xosxona qasri-qarorgohi qadimgi shaharning kun botarida boshqa bir monumental bino-otashparastlar ibodatxonasi, uning kun chiqar tomonida,
shahar va atrof aholi punktlari jamoalarining muqaddas sajdagohi sifatida ko‘zga
tashlanib turgan. Xuddi shunday ibodatxona, diniy markaz va muqaddas sajdagoh
deb atalgan monumental xarakterdagi diniy-e‘tiqod inshootlari O‘rta Osiyoning
qator arxeologik yodgorliklarida ham ochilgan. Bular Oltintepada diniy markaz
majmuasi, Dashli-3 da ibodatxona, Sarazmda diniy sajdagoh markazi, Murg‘ob
vohasida Toʻgʻoloq va Gonur ibodatxonalari hisoblanadi. Jarqoʻton ibodatxonasi
esa ana shular qatoridagi eng mukammal quyosh ibodatxonasi bo‘lgan.
Eʼtiboringiz uchun rahmat !!!





Tuzuvchi: Eshpoʻlatov Shaxboz
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
  • N. Oʻ. Xolmatov. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi: tosh, eneolit va bronza davri. Samarqand 2021.
  • Ж.КАБИРОВ, А.САГДУЛЛАЕВ. ЎРТА ОСИЁ АРХЕОЛОГИЯСИ.
  • Тошкент 1990.
  • Н.А. Аванесова Археология Cредней Азии: Энеолит и бронзовый век. Учебник. Самарканд 2020 стр. 113-115




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling