Reja: Baqtriya bronza davrida. Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning xronologiyasi. Jarqoʻton shahristoni


Sopollitepa yodgorligidan topilgan bronza buyumlar


Download 1.13 Mb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1003755
1   2   3   4
Bog'liq
Eshpoʻlatov Shaxboz. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi

Sopollitepa yodgorligidan topilgan bronza buyumlar
Xullas, Sopollitepaning tarixiy topografiyasi, u yerdan topilgan ashyoviy
dalillar, qala maydonida joylashgan oddiy uy-joylar qoldiqlariga tayangan holda
A.Asqarov, B. Abdullayev, T.Shirinovlar Sopollitepa hali shahar darajasiga o‘sib
chiqmagan protoshahar degan xulosaga kelishgan. Sababi, yodgorlikning hududiy
doirasida hukmdor qarorgohi joylashgan Arki A‘lo hali shakllanmagan bo‘lgan.
Sopolli madaniyati tadqiqotida Jarqoʻton, Bo‘ston, Kultepa, Molali , Ko‘zali
yodgorliklari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular Sherobod, Sho‘rchi
tumanlarida joylashgan. Xususan, Jarqo„ton yodgorligi Sherobod daryosining
quyi irmogʻi-Boʻstonsoyda joylashgan. Yodgorlikda asosan A.A. Asqarov, B. 1
Abdullayevlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan, B. Abdullayev 1974-
1977 yillarda qazilma ishlarini o‘tkazgan. 3 ta arxeologik kompleksga ega bo‘lgan
719 ta mozor ochib o‘rganilgan. Bu yodgorliklar materiallari asosida ularning
quyidagicha xronologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan: Sopolli, Jarqoʻton,
Ko‘zali, Mullali, Bo‘ston.
Bronzadan yasalgan xanjar
Jarqoʻton shahristoni. Jarqoʻtonning shahriston deb atalgan qismi arki
a‘lodan janubga tomon cho‘zilib ketgan 15 gektar yaqin tepaliklardan iborat.
Shulardan 6 tasida katta va kichik hajmdagi qazishmalar o‘tkazilgan. Ayniqsa, №5
va №6 tepalar qazilmalarining natijalari sermahsul bo‘lgan.
Tepa №5 tub ma‘nodagi turor-joy massivi bo‘lib chiqdi. 50 gektar yaqin
xonalar va ularning poli ostidan, xonalarga kirish eshiklari ostonasi ostidan, ayrim
xonalarning devorlari ostidan qabrlar ochildi. Ochilgan qabrlar Sopolli
madaniyatining jarqoʻton bosqichiga tegishli bo‘lib, dastlab Jarqoʻton shahrining
shimoliy-gʻarbiy qismi o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Bu joyda ochilgan uylar 1,5
metr qalinlikdagi platforma ustiga qurilgan bo‘lib, ular ko‘p xonali hovlilardan
iborat bo‘lgan. Har bir hovlida o‘choqlarni joylashishiga qaraganda, kamida ikki- uch juft oila yashagan koʻrinadi. Platforma ustiga qurilgan hovlilar dastlab
mudofaa devori bilan o‘rab olingan. G‘arbiy devori ostidan ayvonli lahat
tuzilishidagi qabila oqsoqolining qabri topildi (qabr №31). Qabr topilgan xonadon
4 xonali uy bo‘lib (maydoni 39 kvadrat metr), kirish-quduqli xona, mo‘rili o‘choqli
yotoqxona, altarxona va oziq-ovqat omborxonadan iborat.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling