Reja: Baqtriya bronza davrida. Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning xronologiyasi. Jarqoʻton shahristoni
Baqtriya bronza davri xaritasi (BMAK)
Download 1.13 Mb.
|
Eshpoʻlatov Shaxboz. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sopollitepa yodgorligi
Baqtriya bronza davri xaritasi (BMAK)
Sopollitepa. O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi protoshahar hisoblanadi. 1969-1974 yillar davomida Sopollitepada olib borilgan keng arxeologik qazishmalar vaqtida yodgorlik to‘liq ochildi, uning turar-joy komplekslari, qadimgi qishloqni o‘rab olgan mudofaa tizimi va qishloq doirasida joylashgan jamoa xilxonalari keng o‘rganildi. Sopollitepa yodgorligi Sherobod tumanidagi Ulanbuloqsoyda joylashgan (Termiz shahridan 70 kilometrlar chamasi shimoliy-gʻarbda) . Sopollitepa yodgorligidan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo‘lingan uy-joy qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari ochilgan. Yodgorlikning qal‘a qismi kvadrat shaklida bo‘lib, maydoni 82x82 m, atrofi uch qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlarning qalinligi 2 metrdan ortiq. Devorlar murakkab me‘moriy reja asosida qurilgan. Qadimgi muhandislarning g‘oyasiga ko‘ra, dastlab mudofaa tizimi tuzoq usulida ishlangan bo‘lib, aniq o‘lchamdagi dahlizsimon bloklarga bo‘lingan. Tashqi bloklar dahliz tipidagi xonalar orqali qal‘a ichidagi uy-joy komplekslari bilan birlashtirilgan. Ichki bloklar mudofaa tizimida qalqon rolini o‘ynagan. Tashqaridan qaraganda go‘yo ular qal‘a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Ular kvadrat shakldagi qal‘aning har tomonida bittadan joylashgan. Aslida qal‘aga kirish darvozasi bitta, uning janubiy tomonida joylashgan. Qal‘a maydoni to‘liq ochilgach, uning rejasi ma‘lum bo‘ldi. Sopollitepa yodgorligi Qazishmalar davomida olib borilgan stratigrafik kuzatuvlarga ko‘ra, uy-joy komplekslari uchta xronologik qurilish bosqichlaridan iborat ekanligi aniqlandi. Mudofaa tizimini tashkil etgan ichki va tashqi bloklar aslida maxsus mudofaa maqsadida qurilgan boʻlsada, ammo mintaqada hech bir tashqi havfning yo‘qligi ulardan keyinchalik har xil maqsadlarda (urugʻ xilxonasi, uy-joy xonalari, kulolchilik ustaxonalari) foydalanishga olib kelgan. Rejaga ko‘ra, qal‘aning ichki maydoni bir-birlaridan tor ko‘chalar bilan ajratilgan 8 ta kvartallardan iborat bo‘lgan. Dastlab uy-joy komlekslari qal‘a ichki devoriga yopishtirib qurilib, kuzatilgan uchta qurilish davomida ular qal‘a markaziy maydoni bilan bog‘langan tor ko‘chalar bo‘ylab kengayib borgan. Qazishmalar jarayonida ma‘lum bo‘ldiki, mudofaa devorlari, dastlabki uy-joy komplekslari materik (ona yer) ustiga qurilgan, keyingi bosqichga tegishlilari esa, hech bir fundamentsiz, madaniy qatlam ustiga qurilgan. Bu manzara qalinligi 2,5 metrgacha bo‘lgan madaniy qatlamlar stratigrafiyasida yaxshi kuzatiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling