Reja: Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi


Download 27.11 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi27.11 Kb.
#1045560
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish


Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish

Reja:


  1. Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi

  2. Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni o‘rganish metodikasi

  3. Bibliografik kartotekalarni tuzish

  4. O‘lkashunoslik kartotekalari

  5. Kartotekalarning boshqa turlari



Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi
Yirik axborot-kutubxona markazlari tomonidan bibliografik qo‘llanmalar nashr etishning va tarqatishning keskin darajada kamayib ketganligi, aniq kitobxonlar guruhiga mo‘ljallangan qo‘llanmalarning kamligi, tor mavzuga oid maxsus bibliografik qo‘llanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar sababli ko‘pgina kutubxonalar tayyor bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga o‘zlari ham bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlar tuzadilar. Kichik kutubxonalar, asosan, tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlarni tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil bilim olishda yordam berish, axborotga bo‘lgan talabini qondirish, kitobxonlarga professional bilim olishda, uni oshirib borishda, qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini bilishlari zarur.
Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda o‘rganiladi: uning dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga muvofiqligi. Tuzuvchilar masalaning mohiyatini to‘la anglab olishlari uchun kitoblarga, jurnal va gazetalarga, mavzuga oid turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu sohaga oid olimlarning, mutaxassislarning asarlarini o‘rganib borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga, har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi.
Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng qo‘llanmaning rejasi ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiðlari, yordamchi apparatlar, ularning tartibi, foydalanish uchun manbalar ko‘rsatiladi.
Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish bosqichining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning) kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Tuzuvchi mavzuga oid ma’lumot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar, kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar, ko‘rsatkichlar, sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘yxatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi, o‘quv qo‘llanmalaridagi, ko‘p tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bibliografik ko‘rsatkichlardagi, «Kitob dunyosi» gazetasidagi ro‘yxatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab qo‘shiladi.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling