Reja: Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi


Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni o‘rganish metodikasi


Download 27.11 Kb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi27.11 Kb.
#1045560
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish

Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni o‘rganish metodikasi
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, matbuot asarini mukammal bilmasdan turib, kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik qilish, yakka va ommaviy ishlarni olib borish, bunda yordam beradigan bibliografik mahsulotlarni tayyorlash juda qiyin. Bizning kutubxona xodimlarida matbuot asarini tushunish, bilish, tahlil qilish, mustaqil baho berish, bibliografik qo‘llanmalardan mustaqil foydalanish ko‘nikmasi yetarli emas. Shuning uchun, avvalo, kutubxona xodimining o‘qish doirasini kengaytirish muhim vazifa hisoblanadi. N. A. Rubakin o‘zi va begonalar o‘qishi uchun kitob tanlash ham san’atdir, deb ta’kidlagan edi. Demak, har bir kutubxona xodimi bu san’atni egallagan, adabiyotni yaxshi biladigan, kitobxon bilan ishlash jarayonida nafaqat bibliografik qo‘llanmadagi, balki mavjud kitobni, uning ichidagi bobni, tavsiya eta oladigan darajada bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu esa kundalik ish jarayonida amalga oshadi. Kutubxonachi qo‘liga kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi, bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu nashr haqidagi taqrizlar yordamida kitob haqidagi bilimini oshirib borishi zarur. Zamonaviy kutubxona xodimining o‘qish doirasiga ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, kasbiga oid yangi adabiyotlar, badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli matbuot nashrlarini ham ko‘zdan kechirib borishi zarur. Ish jarayonida kitobxonlar uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan asarlarni tanlab boradi, u haqda biror-bir tadbir o‘tkazishga, tavsiya ro‘yxatlariga kiritishga, ko‘rsatkichlarini tuzishga tayyorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng doirasi bilan tanishish imkonini beradi. Tezlik bilan kitobning qiymatini aniqlash, uning kitobxonlar qiziqishi va so‘rog‘iga mosligini belgilab olish muhim ahamiyatga ega, shu maqsadda nashrning sarvaraqlari, uning orqa tomoni, ularda berilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Keyin nashriyot tomonidan berilgan annotatsiya o‘rganiladi, asar matni tezda ko‘zdan kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani aniqlanadi.
Ilmiy ma’lumot apparatida kitob haqidagi zarur ma’lumotlar beriladi. Mundarija faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina qolmaydi, balki asar tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi, zarur boblarni, mavzularni, bo‘limlarni, paragraflarni qaysi sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi. Yordamchi ko‘rsatkichlarkitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi. So‘zboshi kitobxonni asarda yoritilgan masalalar, muammolar bilan tanishtiradi, asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan farqi, qayta nashr bo‘lsa, avvalgi nashridan farqi, yangiligi haqida ma’lumot beradi. Kirish qismi esa muallifning hayoti, ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi, mazmunni tushunishga yordam beradi. So‘nggi so‘z muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan bilgan, uning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan tanqidchi, mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning asosiga olingan voqea va hodisalar, asar qahramonlarining prototiðlari, ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi. Ba’zan nashrlarda izohlar ham beriladi. Ular kitobxonga asar mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam beradi, yana asarning yaratilish tarixi, asar haqida zamondoshlarning fikrlari, asarda yoritilgan voqea va hodisalar haqida ma’lumot beriladi. Eslatmalar asarning ayrim joylariga taalluqli aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi, fikrlar, asarda nomi keltirilgan shaxs haqida qisqa ma’lumot, muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Asar mazmunini yoritishda unda berilgan illustrativ materiallar muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga mazmunan mos, asar g‘oyasini, maqsadini kengroq tushunib olishga yordam beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini kuchaytiradi, kitobxonni jalb qiladi, iste’molchida qiziqish uyg‘otadi, asarning qiymatini oshiradi. Kutubxonachi o‘rganib chiqqan asari haqida alohida daftarda yoki kartochkada mulohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur. Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga yordam beradi, bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasi bilan tanishtiradi va o‘rgatadi, kitobxonga adabiyotni to‘g‘ri tavsiya qilishga yordam beradi, kutubxonachilik-bibliografik xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik qo‘llanmani o‘rganish sarvaraqvaso‘zboshi bilan tanishuvdan boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi boshqa ma’lumotlar, tashkilot nomi, uni nashr etuvchi ayrim shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi. Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar maqsadini va tiðini yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichlarning sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi ko‘rsatiladi.
So‘zboshida qo‘llanmaning dasturi yoritiladi. Bunda mavzu asoslanadi, matbuot mahsulotining turi, xarakteri, kitobxonlik guruhi, maqsadi, asosiy bo‘limlari va yordamchi ma’lumotlar beriladi. Kitobxonlik guruhi haqida berilgan ma’lumot muhim. Ba’zida qo‘llanmada kitobxonlik guruhi aniq ko‘rsatilmaydi. Bunda kutubxonachi o‘zi qo‘llanma bilan tanishib, qaysi kitobxonga tavsiya etish kerakligini aniqlab oladi. So‘zboshida yana materiallarni yig‘ish qay davrda tugaganligi haqida ma’lumot beradi. Bu yangi adabiyotlarni tavsiya etish uchun zarur. Mundarija qo‘llanmaning tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Asosan, qo‘llanmalar ikki qismdan iborat bo‘ladi: asosiy va yordamchi. Asosiy qismi matbuot asarlarining bibliografik yozuvlaridan tashkil topadi. Ularning joylashtirilishi qo‘llanmaning xarakteriga, maqsadiga, tanlangan adabiyotlarning yo‘nalishiga, kitobxonlar guruhi va mavzuning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Mavzuli ko‘rsatkichlarda adabiyotlar bir-biriga bog‘liq masalalar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Shaxslarga oid ko‘rsatkichlarda shaxslar familiyasining alifbosi tartibida yoki hayoti va ijodining xronologiyasi tartibida joylashtiriladi. Mamlakatshunoslik masalalariga oid ko‘rsatkichlarda adabiyotlar mamlakatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha joylashtiriladi. Tavsiya ko‘rsatkichlarida bibliografik yozuvlarning mantiqan joylashishini e’tiborga olish kerak.
Bibliografik nashrning yordamchi qismi so‘zboshidan, kutubxonachi yoki kitobxonga murojaat qismidan va yordamchi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Qo‘llanmaning maqsadi va matbuot asarlarining mazmuniga ko‘ra mualliflar, ismlar, geografik, mavzuli, predmet yoki xronologik va badiiy asarlar nomlarining alifboli yordamchi ko‘rsatkichlari beriladi. Ular o‘ziga yarasha yo‘l ko‘rsatkichi bo‘lib, qo‘llanmaning biror qismiga yo‘naltiradi. Masalan, agar qo‘llanmadagi yozuvlar sistemali tartibda joylashtirilgan bo‘lsa, predmet ko‘rsatkichi beriladi. Mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalarda geografik nomlar ko‘rsatkichi beriladi. Ayrim shaxslarga bag‘ishlangan yoki mavzuli qo‘llanmalarda ismlar, mavzuli asarlar nomlarining alifboli yordamchi ko‘rsatkichi beriladi.
Bibliografik guruhlashtirish vazifasi qo‘llanmaning tuzilishini tanlash, asosiy bo‘lim va bo‘limchalarini aniqlash, ularning ketmaketligini belgilashdan iborat. Bu kitobxonga bibliografik axborotni mantiqan asoslangan holda yetkazishga olib keladi. Matbuot asarlarini o‘rganish jarayonida asosiy mavzuni, masalani ajratib olish, mazmuniga ko‘ra kitoblarni va maqolalarni guruhlashtirish, har bir bo‘lim va bo‘limchani nomlash, mantiqan ketma-ketlikni aniqlash uchun zamin yaratilgan bo‘ladi. Bibliografik qayta ishlash yoki bibliografik ta’rif berishda har bir matbuot asari haqida uni o‘rganish jarayonida olingan mulohazalar birlashtiriladi. Har biriga bibliografik yozuv tayyorlanadi, annotatsiya yoziladi. So‘zboshi va boshqa yordamchi elementlarni tayyorlashning asosiy vazifasi kitobxonlarga tuzuvchining fikrini yetkazish, mustaqil ravishda qo‘llanmadan foydalanishga yo‘llashdir. Buning uchun mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, qo‘llanmaning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish lozim. Tahlil qilish va bibliografik qo‘llanmani rasmiylashtirish, yakunlovchi bosqichda barcha matn qaytadan ko‘rib, ilmiy, adabiy va bibliografik tahlil qilib chiqiladi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatiladi, kamchiliklar to‘ldiriladi, qo‘shimchalar kiritish, sarvarag‘ini bezash, boshqa yordamchi elementlarni kiritish, muqova ko‘rinishini tayyorlash, so‘zboshi, kirish so‘zi, xulosa kabi elementlarni joylashtirish, illustratsiyalar joyini belgilash mumkin.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling