Reja: Bibliografik qo‘llanmalarni tuzishning umumiy metodikasi
Bibliografik kartotekalarni tuzish
Download 27.11 Kb.
|
Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lkashunoslik kartotekalari
Bibliografik kartotekalarni tuzishKartotekalar MBAning tarkibiy qismi bo‘lib, aniq bir tizimga ega holda tashkil etiladi. Umumiy (universal) bibliografik kartotekalar maqolalarning sistemali kartotekasi bo‘lib, vaqtli matbuot nashrlari, davomli nashrlar va to‘plamlardan olingan materiallarni, hujjatlarni bibliografiyalashning tanlangan qoidasiga amal qilgan holda aks ettirilgan bibliografik kartotekadir. Bu kartotekalar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, iqtisodi, madaniyati va san’ati, kashfiyotlar, ixtirolar, buyuk olimlari va mashhur kishilari, davlat va jamoat arboblari va kitobxonlarni qiziqtiruvchi mavzularga oid tashkil etiladi. Ularda badiiy asarlar haqidagi tanqidiy materiallar va taqrizlar ham bo‘ladi, agar ularda nishonlanadigan bayramlar, sanalar, unutilmas voqealar haqidagi materiallar, turli xil tadbirlarni tayyorlash, kinofilmlar va telepostanovkalar, teatr tomoshalari haqidagi materiallar berib borilsa, yana ham unumli bo‘ladi. Kartoteka bir necha yillik davrni o‘z ichiga oladi. Yozuvlar sistemali va ichki alifbo tartibida beriladi. Kartoteka bilan muntazam va rejali ish olib boriladi.Uni tahrir qilib borish zarur. Buni bosh bibliograf bajaradi. Yangi bo‘limchalar kiritish, o‘zgarishlar berish, mavzular nomini o‘zgartirish, nokeraklarini olib tashlash mumkin. Ammo bu haqda eslatma yoki pasport yozib boriladi. Bu rubrikator deb ataladi. Ayrim kutubxonalarda umumiy kartoteka vazifasini Bosh axborot kartotekasi bajaradi. U kitobxonlar asosiy guruhlarining axborotga bo‘lgan talablari asosida tashkil etiladi. U predmet-mavzuli kartoteka bo‘lib, bo‘limlar alifbo tartibida joylashtiriladi. Bu kartoteka muntazam tahlil qilib boriladi va keyingi 10 yil davomidagi materiallar kiritiladi. Avval rasmiy hujjatlar, to‘plamlardagi materiallar, vaqtli matbuot nashrlaridan olingan maqolalar teskari xronologik tartibda joylashtiriladi. O‘lkashunoslik kartotekalariBu mazmunan aniq olingan bir hudud (viloyat, tuman, shahar va b.)ga oid bo‘lgan materiallarning bibliografik kartotekasidir. Unga shu joyning iqtisodi, ekologiyasi, madaniyati, san’ati, adabiyoti, tarixi, tabiiy boyliklari, milliy qadriyatlari, adabiy hayoti va boshqa masalalarga oid materiallar kiritiladi. Buning uchun barcha manbalar o‘rganiladi va hujjatlar yig‘iladi. Kartoteka tashkil etishning muhim jarayoni uning sxemasini ishlab chiqishdir (rubrikator). Bunda asosiy bo‘limlar quyidagicha tashkil etilishi mumkin: umuman, o‘lka haqida, o‘lka tarixi, tabiati, tabiiy boyliklari, iqtisodi, ekologiyasi, sog‘liqni saqlash, tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniy va ilmiy hayoti, maorif va boshqalar. Har bir bo‘lim umumiydan xususiyga qarab joylashtiriladi. Bibliografik yozuvlar annotatsiyalar, qisqa sharhlar bilan to‘ldiriladi. Kichik tuman va shahar kutubxonalarida «O‘lkamiz hayotidan», «Chirchiqlik ijodkorlar», «Bizning qahramonlarimiz», «Shahrimiz shoirlari» kabi mavzularda kartoteka tashkil etadilar. Download 27.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling