Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

«Metafizika» (yunon. «fizikadan keyin») – dialektika kabi universal 
metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga eramizdan avvalgi I asrda Aristotelning 
shogirdi, uning she’rlari sharhlovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. 
Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy 
masalalarni fizikadan so‘ng «birinchi falsafa»ning (mohiyat, sabab va boshqa) 
ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida 
talqin qilgan. Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan 
metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda, ularning muayyan vaqt 
davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq 
qaratadigan usuldir. Bu usul qo‘llanganida, olamning namoyon bo‘lish shakllari 
hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga 
asosiy e’tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida 
o‘rganish nihoyatda qiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan 
mutaxassislari uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, 
tadqiq etadilar. 
Aslini olganda, olam garchand dialektik o‘zgarish va harakatda bo‘lsada, 
bu jarayon doim ham nihoyatda tez sodir bo‘lavermaydi. Biz esa, dunyodagi 
narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda o‘rganib qolganmizki, 
go‘yo kechadan bugunning farqi yo‘qdek, kecha ko‘rgan kishiga bugun duch 
kelganimizda, unda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganday tuyuladi. SHu 
ma’noda, hayotda ko‘p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir 
ana shunday munosabatda bo‘lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o‘zgarishlar 


jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda 
o‘ylab ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab 
oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib boramiz, 
ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. SHu tariqa 
maktabni tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini 
go‘yoki bilmay qolamiz...Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning 
hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda 
haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy 
mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. Qolaversa, uni 
dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat 
darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday 
yondashuv sobiq Ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa 
quruq va o‘lik ta’limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan 
foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi. 
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega: 
1. 
Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi 
Aristotel bo‘lib, u 
«narsaning birinchi turi» haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda, «metafizika» 
tushunchasini XX acpning yirik nemis faylasufi M.Xaydegger ham o‘rganadi. 
Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va sub’ektini bir vaqtda ifodalovchi 
tushunchadirham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va 
sub’ektini bir ifodalovchi tushunchadir. 
2. 
Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot 
bo‘lib, nazariya bilish mantig‘i va uning xususiy ko‘rinishlaridan mustasnodir. 
Shu ma’noda, bu tushuncha G‘arb falsafasida o‘tmishda ham (Dekart, Leybnits, 
Spinoza va h.k.), hozirda ham keng qo‘llaniladi. 
3. 
U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida 
dialektikaga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni 
antidialektika haqida so‘z boradi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir 
tomonlamalik bilish jarayonining faqat bir qismini mutlaqlashtirishdir. Falsafa 


tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon o‘zgarmasdan qolmagan. U 
turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan. 
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm
ratsionalizm, empirizm, dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon 
bo‘lib,bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo 
bo‘ladi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling