Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Umumilmiy-tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning 
fundamental nazariymetodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq 
metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga 
ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», 
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar 
kiritiladi. 
Birinchidan, 
bir 
qancha 
xususiy 
fanlar 
hamda 
falsafiy 
kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy 


tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy 
kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq 
vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi 
umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar 
umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani 
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq umumiy 
mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida 
ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) 
echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning 
«falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir. 
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli 
metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus 
ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. 
Fanlararo tadqiqot metodlari asosan fan sohalari tutashgan joyda 
amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish 
natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. 
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng 
qo‘llaniladi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling