Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun 
bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy 
faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan 
belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi. 
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq 
faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi 
kabilar. Maqsad sub’ektga yoki odamlar guruhiga xos. Maqsad – erishish 
mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. Pirovard maqsad muqarrar tarzda 
muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara 
bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad 
haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini 
ko‘zlovchi odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat 
hisoblanadi. Bu faoliyatning o‘zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda 
sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni tan oladigan tabiat 
bilan to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi. 
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot 
vositasi deb ataladi. Bu nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning 
bilimlari va hayot tajribasi hamdir. Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb 
ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga 
chiqqan maqsad maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy harakat 
bajariladi. Amaliy harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini 
tashkil etadi. Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining 
samaradorligini, ularga yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni 
baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot haqiqat mezoniga aylanadi. 
Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni baholashning 
bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, 


uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har 
xil ahamiyatga ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy 
ta’limotlar mazmunida o‘z aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda 
sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar amaliyot vositalarini 
birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda 
hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va 
ular 
o‘rtasida 
subordinatsiya 
o‘rnatish 
doim 
ham 
o‘rinli 
bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va hodisalar kabi amaliyot ham u yoki 
bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy ishlab 
chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, 
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va 
muhandis, balki siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy 
jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga 
kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish lozimligi 
to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin. 
Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. 
Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki 
amaliyotni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. 
Samarali ish ko‘radigan sub’ekt va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot 
shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha ko‘p. 
Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan 
amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni 
amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan 
yondashadi. 
5. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling