Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash 
yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. 
Masalan, «Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida 
uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad 
etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda 
biz mulohazalarga duch kelamiz. 
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar 
mavjud bo‘lgan va ular birbiri bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur 
jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning hayoti faqat nutqda, gapdagina 
haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda 
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan 
ajratib olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa 
chiqarish demak. Bunda biz mulohaza ko‘rinishida ifodalay olmaydigan 
tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi. 


Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha
tushunchaning o‘zi esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish 
mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami yoki mulohaza, degan masala 
atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.Fikrning bevosita, 
moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani,ifodalashning og‘zaki 
shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan 
narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda 
ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt, predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol 
tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu – 
mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, kuyishni ham 
sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning 
o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong 
otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: 
«Nyuton tortilish qonunini kashf etgan» 
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada 
yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa 
chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim 
fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson narsalarning, 
xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon 
chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan 
narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan 
voqealarni bashorat qilishi mumkin. Bashorat qilish 
«murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil 
etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa 
chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat 
qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat 
qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. 
Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat 
qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, 
D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviyelementlarning mavjudligini 


bashorat qilgan edi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling